Molekulyar fizika va termodinamika asoslari

Molekulyar fizika va termodinamika asoslari

O'quvchilarga / Fizika
Molekulyar fizika va termodinamika asoslari - rasmi

Material tavsifi

Molekulyar fizika va тermodinamika asoslari Reja: 1.Molekulyar kinetik (statistik) va termodinamik usul. 2.Muvozanatli jarayonlar va ularni termodinamik diagrammada tasvirlash. 3.Molekulyar -kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi. Тayanch so'z va iboralar: tadqiqotlar, molekula, energiya, termodinamik parametr, holat tenglamasi, izotermik, izobarik, izoxorik, ideal gaz. Molekulyar-kinetik va termodinamik usul. Molekulyar fizika va termodinamika jismlardagi mikroskopik jarayonlarni ya'ni jismlar tarkibidagi ko'p miqdordagi atomlar va molekulalar bilan bog'liq bo'lgan hodisalarni o'rganadi. Bu jarayonlarni o'rganishda turli sifatli, lekin bir-birini o'zaro to'ldiradigan ikki usul qo'llaniladi. 1.Statistik (molekulyar-kinetik) usul. 2.Тermodinamik usul. Modda tuzilishini va uni xossalarini molekulyar-kinetik tasavvurlar asosida, ya'ni molekulalar hamma vaqt betartib harakat holatida bo'lishlari va molekulalar orasida o'zaro ta'sir kuchlari mavjudligi asosida tushuntiruvchi fizikaning bo'limiga molekulyar fizika deyiladi. Тizimni tashkil etuvchi juda ko'p sonli zarralarning ularning dinamik nuqtai nazardan xarakterlovchi fizik kattaliklar yordamida tizim hususiyatlarini o'rganish usuli statistik yoki molekulyar kinetik usul deyiladi. Тizimning fizik hususiyatlarini termodinamik usul bilan o'rganadigan fizikaning bo'limi termodinamika deb ataladi. Energiyani bir- turdan boshqa turga o'tishi va energiya hisobiga ish bajarish bilan bog'liq bo'lgan texnik muammolarning juda katta qismi termodinamik nuqtai nazardan tekshirib hal qilinishi mumkin. Fizika hodisalarni o'rganishda bir yo'la ham statistik va ham termodinamik usullardan foydalanish natijasida olingan ma'lumotlar bir- birini to'ldiradi. Chunki termodinamik usul orqali hodisani o'rganishda tizimning tuzilishi va uni tashkil etuvchi zarralarning harakatlanish qonunlari hisobiga olinmaydi. Statistik usul esa kuzatilayotgan hodisani tushunishga va bu hodisaning tizimdagi zarralarning qanday hususiyatlariga bog'liq ekanligini aniqlashga yordam beradi. Muvozanatli jarayonlar va ularni termodinamik diagrammada tasvirlash. Har qanday bir jinsli jismning holatini xarakterlovchi parametrlar ma'lum qonuniyat bo'yicha o'zaro bog'langan bo'ladi. Ulardan birining o'zgarishi boshqa parametirlarni o'zgarishga olib keladi. Masalan aniq massaga ega bo'lgan gazning muvozanatli holati P - bosim, V- xajm va T -haroratdan iborat parametrlar orqali to'la ravishda ifodalanadi. Yuqorida qayd qilingan parametrlardan bittasi o'zgarmas bo'lganda qolgan ikkitasi orasidagi bog'lanishni ifodalaydigan jarayonlar izojarayonlar (izo-teng, bir hil) deyiladi. Bular quyidagi qonunlarda o'z aksini topgan: 1. Boyl- Mariott qonuni. Harorat o'zgarmaganda berilgan gaz massasi uchun gazning bosimi uning xajmiga teskari proporsional ravishda o'zgaradi, ya'ni Т=const, m= const bo'lsa chiziqli ravishda o'zgaradi, ya'ni, m= const, P= const bo'lsa V= V0(l+ t) (2) Bunda yuz beradigan jarayon izobarik jarayon deb ataladi va diagrammada to'g'ri chiziq bilan tasvirlanadi (2-rasm). Bu to'g'ri chiziq izobara deb ataladi. 3. Sharl qonuni. Хajm o'zgarmas bo'lganda berilgan gaz massasining bosimi P1P2=T1T2 (V=const) (8) (1), (7), (8) tenglamalarga aniq bo'ysunadigan gaz ideal gaz deyiladi. Gazni tashkil etuvchi molekulalarning hususiy xajmlarini e'tiborga olmaslik va molekulalar orasidagi masofadan qat'iy nazar molekulalar o'zaro mutloq ta'sirlashmaydi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.67 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.67 KB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga