Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar haqida umumiy ma'lumot

Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Fizika
Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 18-mavzu: Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan mexanizmlar 6-sinfda Siz oddiy mexanizmlardan richag, qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas bloklar, chig'iriq va lebyodka bilan tanishgansiz. Ularning ishlashiga e'tibor berilsa, barchasida aylanish o'qlari mavjud bo'ladi. Bunday jismlarning muvozanatda bo'lishi uchun ularga ta'sir etayotgan kuchlarning vektor yig'indisi nolga teng bo'lishi yetarli emasligi ham aytilgan edi. Bunda kuch qo'yilgan nuqtaning, aylanish o'qidan qanday uzoqlikda bo'lishiga ham bog'liq bo'ladi. Kuch qo'yilgan nuqtadan, aylanish o'qigacha bo'lgan eng qisqa masofaga kuch yelkasi deb ataladi. Bunda, kuch va yelka har doim o'zaro perpendikulyar bo'ladi. Kuchning kuch yelkasiga ko'paytmasiga kuch momenti deyiladi: M = F · l, Kuch momenti birligi [M] = 1 N · m. Jism kuch momenti ta'sirida aylanish o'qi atrofi da buriladi. Bunda jismga ta'sir etayotgan kuch momenti, juft kuch ta'siriga o'xshash bo'ladi. Juft kuch deyilganda, yo'nalishi qarama-qarshi, kattaliklari teng, lekin bir o'qda yotmaydigan kuchlar tushuniladi. Bunga misol tariqasida avtomobil rulining burilishini keltirish mumkin (4.6-rasm). Aylanish o'qi rulning o'rtasida bo'lib, unga juft F1 kuchlar ta'sir etadi. Natijaviy kuch momenti rulni bir tomonga burovchi momentlarni o'zaro qo'shib topiladi: Agar aylanish o'qiga ega bo'lgan jismga bir nechta kuchlar ta'sir etayotgan bo'lsa, bu kuchlarning momentlarini o'zaro qo'shish orqali natijaviy moment topiladi. Bunda jismni soat strelkasi yo'nalishida aylantiruvchi kuch momentlarini musbat ishorada, soat strelkasi yo'nalishiga qarama-qarshi yo'nalishda aylantiruvchi kuch momentlarini manfi y ishorada olinadi. 4.7-rasmda masshtabli chizg'ichning O nuqtasidan shtativga osilib, undan turli uzoqlikda qo'yilgan yuklar keltirilgan. Bunda A nuqtaga osilgan yuklar og'irligi F1 ga, aylanish o'qidan uzoqligi l1 ga teng bo'lib chizg'ichni soat strelkasi yo'nalishida harakatlantiruvchi momentni hosil qiladi. В nuqtaga osilgan yuklar og'irligi F2 ga, aylanish o'qidan uzoqligi l2 ga teng bo'lib, chizg'ichni soat strelkasi yo'nalishiga qarama-qarshi yo'nalishda aylantiruvchi kuch momenti hosil qiladi. Natijaviy kuch momentini topish uchun jismga ta'sir etuvchi kuch momentlarining ishorasini hisobga olib qo'shamiz: Bundan ko'rinadiki, jism muvozanatda qolishi uchun M = 0 bo'lishi kerak. Shunga ko'ra aylanish o'qiga ega bo'lgan jismlarning muvozanat sharti quyidagicha bo'ladi: Aylanish o'qiga ega bo'lgan jismga ta'sir etayotgan kuch momentlarining vektor yig'indisi nolga teng bo'lganda jism muvozanatda qoladi: Bu qoida Arximed tomonidan topilgan bo'lib, momentlar qoidasi deb yuritiladi. Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan oddiy mexanizmlarga richag, ko'chmas va ko'char bloklar, chig'iriq, vint (domkrat) larning ishlash tamoyili momentlar qoidasiga asoslangandir. Richag. Amaliyotda richagning uch turi ishlatiladi (4.8-rasm). Ikki yelkali richagda (4.8-а rasm) tayanch richagning kuchlar qo'yilgan nuqtalari oralig'ida bo'ladi. Bir yelkali richagda (4.8-b rasm) tayanch richagning bir uchiga joylashtirilgan bo'lib, yukni richagning ikkinchi uchiga qo'yiladi. Tutib turuvchi kuchni tayanch va yuk qo'yilgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 542.32 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:52 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 542.32 KB
Ko'rishlar soni 126 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga