Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni

Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni

O'quvchilarga / Fizika
Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni - rasmi

Material tavsifi

Termodinamikaning ikkinchi qonuni Reja: 1.Termodinamikaning ikkinchi qonuni 2.Ochiq sistemalar termodinamikasi elementlari. 1.Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Energiyaning saqlanish qonuni har xil energiyaning bir-biriga aylanishini belgilaidi, ammo ayni vaqtda bu prosesslarda biror ustun yo'nalish bor-yo'qligini ko'rsatmaydi. Biroq, tajriba shuni ko'rsatadiki, energiyaning hilma-hil turlari issiqlikka hamma vaqt va to'la aylanadi, issiqlik esa energiyaning boshqa tur-hillariga mashina va apparatlar yordamigina aylantiriladi. Bunda aylanish prosessida issiqlikning bir qismi atrofdagi jismlarga tarqalib, albatta isrof bo'ladi.Issiqlik almashinishida issiqlik hamma vaqt temperaturasi yuqoriroq jismlardan temperaturasi pastroq jismlarga o'tadi. Issiqlikni kamroq qizigan jismdan ko'proq qizigan jismga o'tkazish uchun (masalan, holodilniklarda ana shunday bo'ladi) tashqi kuchlar yordamida ish bajarish talab qilinadi, buning uchun esa qo'shimcha energiya sarflanadi. Shunday qilib, energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi va issiqlik almashininshiga oid tabiiy proseslarda muayan yo'nalish bor: energiyaning har qanday turlari issiqlikka aylanadi, issiqlik esa ko'proq qizigan jismlardan kamroq qizigan jismlardan kamroq qizigan jismlarga o'tar ekan, atrofdagi barcha jismlar orasida tarqaladi. Bu issiqlik odam uchun yo'qotilgan issiqlik hisoblanadi. Tajriba yana shuni ko'rsatadiki, sistemaning temperaturasi atrofdaqi jismlarning temperaturasidan qanchalik yuqori bo'lsa, sistemadagi issiqlikdan foydalanish imkoniyati shunchalik katta bo'ladi. Masalan, yuqpri temperaturagacha qizdirilgan bugning issiqlik energiyasini energiyaning boshqa tur-hillariga aylantirish uncha qiyin emas, ammo temperaturasi atrofgagi muhit temperaturasidan kam farq qiladigan dengiz va okeanlar suvidagi issiqlikdan foydalanish amaliy jihatdan mumkin emas. Issiqlikning ana shu jihatdan «sigatini» xarakterlash, shuningdek issiqlikning energiyaning aylanishi va issiqlik almashinishi prosesslarida yuz beradigan qimmatsizlanish va sochilishini miqdor jihatdan hisobga olosh uchun termodinamikada keltirilgan issiqlik deb ataladigan kattalikdan foydalaniladi. Keltirilgan issiqlik Qpr issiqlikning berilishi yoki olinishiga muvofiq keladigan termodinamik temperatura T ning bir gradusiga to'gri keladigan issiqlik miqdori Q bilan o'lchanadi: (68) Keltirilgan issiqlikning absolyut kattaligi emas, balki biror prosessda o'zgarishi xarakterlidir. Agar keltirilgan issiqlik ortsa, issiqlikdan foydalanish imkoniyati kamayadi. Agar keltirilgan issiqlik kamaysa, aksincha, issiqlikdan foydalanish imkoniyati ortadi. Masalan, issiqlikning ma'lum bir miqdori temperaturasi T1 yoqoriroq jismdan temperaturasi T2 pastroq jismga o'tadi, deb faraz qilaylik (jismlar temperaturasining o'zgarishini hisobga olmaymiz). Bunda birinchi jismning keltirilgan issiqligi ga oshdi. Ammo , binobarin,cictemaning umumiy keltirilgan issiqligi ga ortdi. Issiqlikning sochilishi ro'y berdi, natijada ayni miqdor issiqlikdan foydalanish imkoniyati kamayadi. Ko'pincha, termodinamikada qiymati jihatidan keltirilgan issiqlikka o'hshaxs bir qadar boshqacha kattalikdan foydalaniladi, bu kattalik entropiya deb ataladi va S bilan belgilanadi. Entropiya termodinamik sistema holatining eng muhim xarakteristikalaridan biri bo'lib, turli energetik prosesslarda issiqlikning qimmatsizlanish bo'lib, turli energetik prosesslarda issiqlikning qimmatsizlanish o'lchovi xizmatini o'taydi, issiqlikning qimmatsizlanishi esa issiqlik almashinishida ro'y beradi. Biror prosess vaqtida entropiyaning o'zgarishi elementar uchastkalarda keltirilgan issiqlikning ning kattalik jihatidan etarli darajada kichik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.74 KB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.74 KB
Ko'rishlar soni 191 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga