Movarounnahr va Xuroson hududida shayboniylar dinastiyasi hukmronligi davrida davlat va huquq

Movarounnahr va Xuroson hududida shayboniylar dinastiyasi hukmronligi davrida davlat va huquq

O'quvchilarga / Fizika
Movarounnahr va Xuroson hududida shayboniylar dinastiyasi hukmronligi davrida davlat va huquq - rasmi

Material tavsifi

Movarounnahr va Xuroson hududida shayboniylar dinastiyasi hukmronligi davrida davlat va huquq Reja: Shayboniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy tuzumi. Shayboniylar davlati markaziy va mahalliy boshqaruvi. Shayboniylar davlatida harbiy qo'shin va soliq tizimi. Shayboniylar davlati huquq tizimi. 1. Shayboniylar davlatining tashkil topishi va ijtimoiy tuzumi Balxash ko'li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo'lgan ulkan hudud XI asrdan boshlab Dashti qipchoq deb atala boshlandi. Qipchoqlar va boshqa turkiy qabilalar hukmronligi ostida bo'lgan bu hududni 1236 yilda Botuxon o'zining turk mug'ul qo'shinlari bilan egalladi. Tarixda Oltin O'rda deb atalgan bu davlat XIV asr boshlarida ikki qismga bo'linib ketadi. Sharqiy qismi Oq O'rda tarixiy manbalarda O'zbeklar mamlakati deb ham yuritilgan. XV asrning o'rtalariga kelib, Jo'jixonning beshinchi o'g'li Shayboniy urug'idan bo'lgan Abulxayrxon (1412-1468) ko'chmanchi o'zbeklar davlatiga asos soladi. Bu davrda temuriylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahrda o'zaro urushlar nihoyatda kuchayib ketgan edi. Bundan foydalangan Abulxayrxon Sirdaryoning o'rta oqimidagi bir qancha shaharlarni Xorazmning bir qismini bosib olib, temuriylar davlatining yon qo'shnisi bo'lib qoladi. Abulxayrxonning vafotidan keyin inqirozga uchragan bu davlat XV asrning 80 yillarida Muhammad Shayboniyxon (1481-1510) tomonidan qayta tiklanadi. Shayboniylar davlatining asoschisi Muhammad Shoxbaxt Shay-boniyxon istedodli shoir va zamonasining o'qimishli, bilimdon kishilaridan biri edi. U taxtga o'tirmasdan oldin Buxoroda yashab, madrasada ta'lim oladi. Mashhur ilohiyot olimi Muhammad Xitoiy uning ustozi bo'lgan. Tarixchi olimlardan Kamoliddin Binoiy va Muhammad Solih Shayboniynoma asarida Shayboniylar davlatining tarixi haqida hikoya qiladi. Movarounnahrdagi temuriylar saltanatini zaiflashib borayotganidan foydalangan Shayboniyxon 1497 yil Samarqandga yurish qilib, Buxoroni jangsiz egallagan. 1500 yil Samarqandni ham jangsiz qo'lga kiritgan. Samarqand hokimi Sulton Alining onasiga uylanadi. Asta-sekin Qarshi va Fuzor shaharlari ham shayboniylar tomonidan bosib olinadi. Movarounnahrning ikki yirik shaharlari Buxoro va Samarqandni jangsiz Shayboniyxonning qo'liga o'tishi, uning nafaqat tajribali sarkarda balki yetuk davlat arbobi va aqlli siyosatchi ekanligini ham ko'rsatadi. 1501 yil Toshkentga yurish qilib ko'plab qalalalarni qo'lga kiritadi. Shu yillarda Shayboniyxon qo'shinlari O'ratepa, Shosh, Shohruhiya, Sayramni egallaydi. 1503-1504 yillarda Xorazmga yurish qilib, 1505 yilda Xorazmni bosib olgan. 1507 yilda Xurosonni bosib oladi. Shayboniyxon zamondoshlari tomonidan «Halifa ur-Rahmon» va «Imom-az-zamon» deb ulug'langan. Shayboniyxon Movarounnahr va Xurosonni o'zbek sultonlariga suyurg'ol sifatida taqsimlab bergan edi. Keyin Shayboniyxon Eronni zabt etishga intilgan jangda vafot etadi. Taxtga amakisi Kuchkunchixon o'tiradi (1510-1529) undan keyin uning o'g'li Abu Saidxon (1529-1533) o'tiradi. Buxoro viloyati hukmdori Ubaydullaxon hokimiyatni qo'lga oladi (1533-1539). Buxoro viloyati har tomonlama rivojlanadi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko'chiriladi. Shundan so'ng Shayboniyxon davlati Buxoro xonligi deb atala boshladi. Shayboniylar davlatining so'nggi vakili Pirmuhammad ibn Sulaymon bo'lgan. 1601 yilda Pirmuhammaddan keyin Buxoro ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.23 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.23 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga