Muborak gazni qayta ishlash zavodi

Muborak gazni qayta ishlash zavodi

O'quvchilarga / Fizika
Muborak gazni qayta ishlash zavodi - rasmi

Material tavsifi

Muborak gazni qayta ishlash zavodi Reja: Muborak gazni qayta ishlash zavodining paydo bo'lishi, qisqacha tarixi Muborak gazni qayta ishlash zavodining asosiy xom ashyo bazasi Qashqadaryo viloyati Koson tumani hududida, tuman markazidan 35 kilometr g'arbiy-shimolroqda, Mubo­rak naslchilik xо'jaligi (Muborak naslchilik zavo­di ham deb yuritilgan) markazidan 12 kilometr janubiy-sharqda, Qarshi-Buxoro avtomobil yо'li yoqasida Muborak gaz-oltingugurt zavodi barpo etish haqida sobiq Ittifoq hukumatining 1965 yil 23 avgustdagi 51-sonli qarori va shunga asosan Ittifoq Gaz sanoa­ti vazirligi Davlat komissiyasining 1965 yil 10 sentabrda 505-sonli buyrug'i chiqdi. 1966 yil oktabr oyida sobiq Ittifoq Gaz sanoati vazirligi VNIPIgazdobicha ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti zavod qurilishi bо'yicha tayyorlagan loyihani tasdiqlash tо'g'risida qaror qabul qildi. 1967 yil avgust oyida О'zbekiston hukumatiga Qashqadaryo viloyati hamda respublika Qishloq xо'jaligi va­zirligi raxbariyatining Muborak gaz-oltingugurt za­vodi majmuasi uchun yer ajratib berish haqidagi taklifini qabul qilish tо'g'risida farmoyii berildi. Shu tariqa Muborak gaz-oltingugurt zavodi barpo etishga fatvo berildi. Umuman, jahon gaz sanoati tajribasida gaz tarkibidan oltingugurt vodorodini ajratib olish kam qо'llanilardi. YA'ni gazni oltinguturtdan tozalaydigan zavod dastlab Fransiyada barpo etilgandi. Ikkinchisi esa sobiq, Ittifoqda-Orenburgda bunyod qilingan bо'lib, unga fransuzlar tajribasi asosida xorijda ishlab chiqarilgan jihozlar va uskunalar о'rnatilgandi. Bu о'sha vaqtda mamlakatning valyuta zahirasiga hamda ilmiy-texnikaviy obrusiga anchagina putur yetkazganligi sababli sobiq, Markaz Muborak gaz-oltingugurt zavodi uchun Ittifoqniig о'zida qurilmalar, asbob-uskunalar tayyorlashga qaror qildi. Ushbu yumushni bajarish uchun Rossiya, Ukraina, Belo­russiya, Ozarbayjon, qо'yingki, Ittifoq tarkibida bо'lgan barcha respublikalardagi 200 ga yaqin korxonalar va ishlab chiqarish birlashmalari jalb etildi. Ishlab chiqaruvchilar tarmoqdagi ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutlari xodimlari bilan hamkorlikda korxona uchun kerakli dastgohlarni tayyorlashga shitob bilan kirishib ketdilar. Muborakka Ittifoqning barcha burchagidan turli ixtisosliklarga ega mutaxassislar ham kela boshladilar. О'sha paytda respublika gaz sanoati tizimida yagona bо'lgan mazkur Ixtisoslashtirilgan boshqarma idorasi Buxoro viloyati Kogon shahrida joylashgan bо'lib, u Boshqirdiston avtonom respublikasi poytaxti Ufa shahridagi Nefteprovodmontaj trestiga qarashli edi. 1969 yidda Turkmaniston respublikasi poytaxti Ashxabod shahrida Sredazneftegazmontaj - О'rta Osiyoneftgazmontaj tresti ochilgach, ushbu korxona ham uning tarkibiga kirdi. Jarqoq, Gazli, Uchqir kabi yirik zahiraga ega konlarni о'zlashtirishda, Buxoro-Ural, О'rta Osiyo-Markaz singari ulkan magistral gazoprovodlar qurilishida qatnashib, katta tajriba tо'plagan quruvchi-montajchilar ishni tez va sifatli bajarishga astoydil harakat qildilar. Zotan temir-beton poydevor ustiga ulkan qurilma qismlarini montaj qilish oson ish emas. Bu-juda murakkab jarayon. Zero, konlardan quvurlar orqali kelayotgan gazni qayta ishlab, tarkibidan oltingugurt vodorodini ajratib oladigan bu xil qurilma kichik bir zavod kabidir. Qurilma ancha bahaybat kо'rinishda bо'ladi va juda katta joyni egallaydi. Aniqroq qilib aytganda, bitta qurilma eniga 51 metr, bо'yiga 115 metr maydonda joylashtiriladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.74 MB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:52 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.74 MB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga