Muhammad al Xorazmiy va Ahmad al Farg'oniyning astronomiya sohasidagi ilmiy meroslari

Muhammad al Xorazmiy va Ahmad al Farg'oniyning astronomiya sohasidagi ilmiy meroslari

O'quvchilarga / Fizika
Muhammad al Xorazmiy va Ahmad al Farg'oniyning astronomiya sohasidagi ilmiy meroslari - rasmi

Material tavsifi

Muhammad Al-Xorazmiy va Ahmad Al-Farg'oniyning astronomiya sohasidagi ilmiy meroslari Reja: Xorazmiy ijod etgan davr. Bayt-ul-Hikmaning ochilishi. Xorazmiyning mashhur astronomik asari. Farg'oniyning astronomik ilmiy merosi. Farg'oniyning Astronomiya elementlari asarining Sharq astronomik ta'limidagi roli Muhammad Al-Xorazmiy Xorazmiy haqida biografik ma'lumotlar, baxtga qarshi, bizgacha etib kelmagan. Uning tug'ilgan yili allomaning asarlarda keltirilgan ayrim ma'lumotlar asosida taxminan belgilangan bo'lib, shartli ravishda 783 yil deb ko'rsatilgan. Olim faoliyatining izi 847 yildan sung yukoladi, shu sababli, uning vafot etgan yili taxminan 850yil deb hisoblanib kelinadi. Arab xalifaligida abbosiylar sulolasi hokimyatni kuliga olgandan sung, eslatilgandek, poytaxtni Damashqdan Bagdodga kuchirishgan edi. Shu sulola davrida, ayniqsa, Xorun-ar-rashid (786-809yillar) va uning o'g'li Mamun (813-833) xalifalik kilgan zamonlarda xalifalikda iktsodiy va madaniy hayot ancha jonlandi. Bagdod Sharqning yirik ilmiy va madaniy markaziga aylandi, ilm-fan ravnak topib, falsafa, matematika, tibbiyot va boshqa fanlar rivojlandi. Shu davrda Bagdodga taklif etilgan al-Xorazmiy xalifalikdan dastlab al-Mamun, sungra al-Mutasim (833-842) va al-Vosik (842-847) saroylarida yashab ijod etdi. Bunday kizg'in muhitda Xorazmiyning ilmiy faoliyati yanada ravnak topdi. Bagdodda ochilgan va keyinchalik «Mamun akademiyasi» nomi bilan mashxur bo'lgan mashxur «Bayt ul xikma» (Donishmandlar uyi) unlab olimlar tarjimonlar va xattotlarning boshini bir joyga qovushtirgan edi. Mamun akademiyasi ko'p yillik faoliyati mobaynida mashhur yunon olimlaridan bir qancha asarlari arab tiliga tarjima kilindi shuningdek matematika astranomiya geografiya va boshqa fanlar bo'yicha kator asarlar xam yaratildi. Kuplab bu tarjima asarlari sharq ilmiy tafakurining rivojlanishiga kuchli ta'sir kursatdi. Shunday asarlardan biri, II asrda yashab utgan Klavdiy Ptolemeyning «Almajistiy» («Almagest») -«Megale sintaksis» («Buyuk tuzulish») asari bo'lib, u taxminan 825 yilda arab tiliga mashxur arab astronomi al-Xajjoj ibn Yusuf al-Matar tomonidan tarjima kilingandi. Bayt ul-hikmaning tarjimonlari, shuningdek, hindlar erishgan fan va madaniyat yutuqlarini o'zida aks ettirgan adabiyotlarni ham arab tiliga tarjima qilib, arab dunyosini bu bilimlar bilan tanishtirishdi. Mamun akademiyasi huzurida yirik kutubxona ochilgan bo'lib, unda xalifalik va qo'shni mamlakatlar bo'yicha nodir adabiyotlar jamg'arilgan edi. Mamun davrida kutubxonaga Mamun akademichsining ko'zga ko'ringan olimi sifatida Xorazmiy boshchilik qildi. Bayt ul-hikmaning kutubxonasidan tashqari ikki rasadxonasi ham bo'lib, ulardan biri - Bag'dodning Shammosiya mahallasida, ikkinchisi - Damashq yaqinidagi Kassiyun tog'ida barpo qilingan edi. Donishmandlar uyida Xorazmiy, asosan, astronomiya bilan shug'ullanib, IX asrning 20-yillarida o'zining mashhur astronomik jadvallari - Zijini yozdi. Unda keltirilgan ma'lumotlardan, Xorazmiy vafotidan keyin ikki asrdan ko'proq vaqt davomida ko'plab rasadxonalar foydalanib keldi. Xorazmiy Ziji 37 bob va 116 jadvaldan iborat mukammal astronomik asardir. Uning 1-5-boblari o'sha zamonda keng tarqalgan kalendarga bag'ishlangan bo'lib, Muhammad payg'ambar tomonidan asoslangan musulmonlarning hijriy erasi hamda ispan va Iskandar Zulqarnayn eralari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.73 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.73 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga