Mumtoz fizikaning asosiy yo'nalishlarining rivojlanishi Tabiat qonunlarining poydevoriini yaratgan I.Nyutondan boshlanadi. I.Nyuton tugallangan mexanik sistema sifatida dunyoning birinchi kartinasini (tabiatning mexanik kartinasi) yaratdi. I.Nyuton va uning izdoshlari L.Eyler, Sh.Dalamber, J.Lagranj, P.Laplas va boshqalar tomonidan qurilgan mumtoz fizikaning bahaybat sistemasi ikki asr mobaynida o'zini ko'rsatdi va faqat XIX asr oxirlariga kelib uning ramkasiga to'g'ri kelmaydigan yangi faktlar ta'sirida yemrila boshladi. X.Gyuygensning Yorug'lik haqida traktat 1690- yilda X.Gyuygensning Yorug'lik haqida traktat asari nashr etildi. Bu asarda yorug'likning to'lqin nazariyasi, to'lqinlarni to'siqlani aylanib o'tishi va yorug'likning qutblanishi hodisalari batafsil yoritib berilgan. 1699 -yilda fransuz fizigi Amonton qattiq jismlarning tashqi ishqalanish qonunini kashf etdi. Daniel Gabriel Farengeyt (1686-1736, Germaniya) ustaxona tashkil etib , 1709- yilda spirtli termometrlarni, 1714- yildan simobli termometrlarni, shuningdek bir qator astronomik asboblarni yasashni yo'lga qo'ydi. 1710- yilda u o'zining hozirda Farengeyt shkalasi deb ataluvchi termometrik shkalasini yaratdi. Bu shkalada suvning muzlash va qaynash nuqtalari mos ravishda 32ºF va 212ºF ni tashkil etib oralig'i 180 bo'limdan iborat. Farengeyt termometri amalda birinchi yaroqli termometr edi. 1718 - yilda J. Jyuren kapillyar naylar bo'ylab suyuqlikning ko'tarilish qonunini (Jyuren qonuni) kashf etdi. Elektr o'tkazuvchanlik hodisasini 1729- yilda ingliz fizigi Stefan Grey (166-1736) elektr o'tkazuvchanlik hodisasini kashf etdi. U elektr zaryadlari bir jismdan boshqa jismlarga metall sim orqali o'tishi mumkin, lekin ipak ip orqali o'tmaydi degan xulosaga keldi. U birinchi bo'lib barcha jismlarni o'tkazgichlar va izolyatorlarga ajratdi, elektr zaryadlari o'tkazgichlarning sirtida joylashishini isbotlab berdi. 1733 -yilda fransuz fizigi Sharl Fansua Dyufe (1698-1739) elektr zaryadlarni ikki turli bo'lishligini isbotlab berdi. Dastlab ularni shishali va smolali deb nomladi. Birinchi tur zaryadlar shisha, tog' xrustali, soch, yung va su kabi jismlarda, ikkinchi turi esa qahrabo, ipak va qog'oz kabi jismlarda paydo bo'lishini, shuningdek, bir xil ismli zaryadlar o'zaro itarishishi va har xil zaryadlar o'zaro tortishishini aniqladi. Birinchi bo'lib inson tanasini elektrladi va undan uchqun oldi. 1738 - yilda D. Bernullining Gidrodinamika asari nashr etildi Bu asarda suyuqliklarning oqim naylaridagi barqaror oqimi o'rganilgan edi (Bernulli tenglamasi). Bu asarning muhim tomoni shundaki,unda issiqlik moddadagi zarrachalarning harakati natijasi, gazlarning bosimi esa undagi molekulalarining idish devoriga to'qnashushlari natijasi ekanligi ko'rsatib berilgan. Shunday qilib, D. Bernuli gidrodinamikaga asos solgan edi. R.Klauzius gazlar kinetik nazariyasi 1857 yilda R.Klauzius gazlar kinetik nazariyasini ishlab chiqdi. Birinchi spektrometr asbobi M.Mayershtern tomonidan yasaldi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
300.96 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:52
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
300.96 KB
Ko'rishlar soni
142 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:52 ]
Arxiv ichida: pptx