Muqobil energiya manbalari va ularning turlari

Muqobil energiya manbalari va ularning turlari

O'quvchilarga / Fizika
Muqobil energiya manbalari va ularning turlari - rasmi

Material tavsifi

MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI VA ULARNING TURLARI Qaytalanuvchi energiya manbalari. Biror jism (qattiq, suyuq va gaz holatida) o'z energiyasini, energiyani boshqa turga aylantiruvchi moslamaga uzatib yana harakatda bo'lsa hamda o'z energiyasini hohlagan marta uzatib o'zi yo'qolib ketmasi bunday manbaga qayta tiklanuvchi energiya manbalari deyiladi (shamol, quyosh, suv sathining ko'tarilib tushishi, to'lqinlar, kichik- va mini- hamda mikroGESlar, geotermal, kosmik, bioyoqilg'i, vodorod va kvant). Qaytalanmaydigan energiya manbalari. Organik yokilg'ilardan bir marta foydalanilgandan sung undan qayta foydalanib bulmaydi. SHuning uchun ularni qaytalanmaydigan energiya manbalari ham deb ataladi (organik yoqilg'ilar-neft mahsulotlari, toshko'mir va boshqa har xil qattiq yoqilg'ilar, gaz, atom va boshqalar). Ana'naviy energiya manbalari. Amaliy jihatdan boshqa energiya turlariga karaganda elektroenergiya olish oson va ishlab chiqilgan elektro-energiyani uzoq masofalarga uzatish imkoni bo'lgan manbalariga ana'naviy energiya manbalari deyiladi (organik yoqilg'ilar-neft mahsulotlari, toshko'mir va boshqa har xil qattiq yoqilg'ilar, gaz, atom va boshqalar). To'lqinlar energiyasi. To'lqinlar energiyasi ikki turga bo'linadi: to'lqinlar energiyasi va suv sathining ko'tarilib-tushish energiyasi. Okean va dengizlardagi to'lqinlar energiyasidan foydalanish, K.E.Sialkovskiy tomo nidan 1935 yilda taklif qilin-gan. 1985 yilda dunyoda birinchi marta Norvegiyada 850 kVt quvvat-li to'lqinlar elektrostansiyasi ishga tushirilgan. Hozirgi kunda dunyodagi barcha to'lqinlar elektro-stansiyalari ishglab chiqaradigan quvvat, dunyoda ishlab chiqariladi-gan quvvatning 1 % ni tashkil qi-ladi. Kam quvvat ishlab chiqari-lishining asosiy sababi, uning juda Quyosh, yer va oyning bir chiziqda turib qolgan vaqtida okean va den­gizlardagi suv sathlari ko'tarilib tushadi. Mana shu tabiatda sodir bo'ladigan jarayondan foydalanib ham elektroenergiya ishlab chiqarish mumkin. Buning uchun dengizning biror qo'ltig'i to'g'on bilan berkitiladi. Suv sathi ko'tarilganda, to'g'on tanasiga joylashtirilgan gidroagregatlardan suv qo'ltiqqa o'tadi va ma'lum miqdorda elektroenergiya ishlab chiqariladi. Dengizdagi suv sathi tushganda qo'ltiqdagi suv dengizga gidroagregatlardan o'tkaziladi va yana ma'lum miqdorda elektroenergiya ishlab chiqariladi. SHunday qilib sikl takrorlanayveradi. Hozirgi kunda energiya iste'mol qiluvchi barcha sohalarning organik yoqilg'ilardan foydalanishi tufayli atrof muhit ifloslanmoqda. Natijada tabiatning flora va faunasida salbiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Odamlar va hayvonot dunyosida har xil yangi turdagi kasalliklar paydo bo'lmoqda. SHuning uchun insoniyat oldida turgan jiddiy muammolardan biri, barcha turdagi energiya iste'mol qiluvchilarni toza ekologik energiya bilan ta'minlashdir. Har qanday sohada birinchilar bo'ladi. Quyida 2009-2013 yillarda, qaytalanuvchi energiya manbalaridan foydalanib hozirgi kunda eng ko'p energiya ishlab chiqaruvchi energetik obyektlarni ko'rib chiqamiz. «Roscoe Wind Farm» shamol energoqurilmalari parkigacha eng katta quvvat-li shamol energoqurilmalari parki «Horse Hollow Wind Energy Center» hisoblangan. AQSHning Dallas shahridan 160 km uzoqlikdagi 190 km maydonga o'rnatilgan 394 dona shamol turbinalarining umumiy quvvati 735,5 MVt ni tashkil qiladi. Ulardan 1,5 MVt li 291 dona turbinalar «General Electric» firmasi tomonidan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 322.48 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:52 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 322.48 KB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga