Nazariy mexanika fani, maqsadi va vazifalari Reja: Nazariy mexanika fani, maqsadi va vazifalari, kuch tushunchasi, Absolyut qattiq jism, Harakat va muvozanat tushunchalari. Statikaning ikkita asosiy masalalar, Statika aksiomalari. Erkin, qisman erkin va mutloq erksiz jismlar. Bog'lanish, ularning turlari va bog'lanish reaksiyalari. Bog'lanishlar aksiomasi. Nazariy mexanika fani, maqsadi va vazifalari, kuch tushunchasi, Absolyut qattiq jism, Harakat va muvozanat tushunchalari. Qadim zamonlardan beri, necha-necha olimlar moddiy nuqtalarning, ayniqsa qattiq jismlarning harakat qilish sabablarini, harakatlarining o'zgarish qonuniyatlarini, qaysi hollarda ular muvozanat holatlarda bo'lishlik sabablarini va uning sirlarini aniqlash ustida bosh qotirganlar. Necha-necha olimlar turli xil mashinalar, memorlar esa tarixiy inshootlar qurganlar, bazilariniki o'sha davrlardayoq sinib ketgan yoki qulab tushgan, bazilari ancha muddatgacha yaxshi ishlagan va saqlangan, bazilari esa hozirgi kungacha ham o'z mustahkamligini va ishlash qobiliyatlarini yo'qotmaganlar. Lekin ularning birortasi ham shu qurgan mashinalarining yoki inshootlarining mustahkamligining nazariy asoslarini isbotlab, tushuntirib beraolmaganlar. Quyida shunday masalalarni nazariy asoslarini tushuntirib berish bilan shug'ullanamiz. Tayanch iboralar: Kuch, kuch vektori, kuchning ta'sir chizig'i, vektorning moduli, absolyut qattiq jism, statika, aksioma, muvozanatlashuvchi kuchlar sistemasi, uchrashuvchi kuchlar sistemasi, teng ta'sir etuvchi kuch, erkin jismlar, qisman erkin jismlar, bog'lanishlar, bog'lanishlar reaksiyasi, bog'lanishlar aksiomasi. Nazariy mexanika fani, maqsadi va vazifalari haqida qo'llanmaning boshida etarlicha ma'lumot berilgan, shuning uchun og'zaki ravishda har bir yo'nalishlar uchun ularga yaqin bo'lgan texnikaga oid qo'shimcha ma'lumotlar bilan boyitib boriladi. Nazariy mexanika fani moddiy jismlarning harakatlanish qonuniyatlarini yoki ularni muvozanatda bo'lish sabablarini o'rgatadi. Nazariy mexanikada barcha jismlar absolyut qattiq deb qabul qilinadi, yani jismlar harakat davomida yoki muvozanat holatida o'zining shaklini o'zgartirmaydi deb faraz qilinadi. XVII asrda Italiya olimi G.Galiley va Ingliz olimi I.Nyutonlar tomonidan uzoq vaqtlar davomida olib borilgan tajriba va kuzatishlar natijasida harqanday moddiy jismlarning harakatlarini paydo bo'lishi, yoki shu harakatlarning o'zgarishi ularning bir birovlariga ko'rsatayotgan o'zaro ta'sirlariga, yoki boshqacha qilib aytganda kuchlarga uzviy bog'liq ekanligini aniqladilar. SHunga ko'ra kuch, bu bir jismning ikkinchi jismga va ikkinchi jismning birinchi jismga ta'siridan iborat ekan. Kuch vektor qiymatdan iboratdir, chunki uning yo'nalishi, qo'yilgan nuqtasi va uning son qiymatlaridan birortasi nomalum bo'lsa, uning ta'siridagi jismning qaysi tomonga qanday tezlanish bilan harakatini o'zgartirishi haqida aniq ma'lumot olib bo'lmaydi. Demak kuch har doim vektor qiymatdan iborat bo'ladi, har doim uining moduli (son qiymati), yo'nalishi va qo'yilgan nuqtasi bizga malum bo'lishi shart. Faqat son qiymatini bilishni o'zinigina etarli bo'lgan kattaliklar skalyar qiymatlar deyiladi. Masalan vaqt - t, massa - m skalyar qiymatlar hisoblanadi. Ularni qo'yilgan nuqtasi va yo'nalishi bo'lmaydi. Vaqt va massa koinotning barcha joyida bir xil o'zgaradi deb qabul qilingan, ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.64 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:53
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
68.64 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:53 ]
Arxiv ichida: doc