Reja: Kirish. 1.Nasos stansiyalarida ishlatiladigan nazorat o'lchov asboblarining ishlatilishi. 2.Asboblar uzellarini profilaktik ko'rib chiqish. Mavzu: Nazorat o'lchov apparaturasi. Kirish. Suv manbalaridan yuqorida joylashgan yerlarni sug'orish, ichimlik suvi bilan ta'minlash va iflos suvlarni chiqarib tashlash uchun odamlar suvni har xil usullar bilan yuqoriga ko'targanlar. Misol uchun Shaduf, Arximed vinti, Suv ko'tarish g'ildiragi, Kuch yordamida harakatga keltiriladigan chig'irlar, Charxpalak shular jumlasidan. Hozirda nafaqat suv balki har xil suyuqliklarni ko'tarib berish uchun har xil turdagi nasos qurilmalari ishlab chiqarilgan.Hozirda mamlakatimizda sug'oriladigan 4.3 mln.ga ekin maydonlarining 53% ga 1608 dona nasos stansiyalari va qurilmari suv ko'tarib beradilar. Suv iste'molchilari uyushmari va fermer xo'jaliklari faoliyat ko'rsatadigan qishloq xo'jalik yerlarining 25% ga ham 300 donadan ortiq kichik nasos stansiyalari va qurilmalari yordamida suv yetkazib beriladi.Bundan kelib chiqib nasos stansiyalarini ish faoliyatini to'g'ri tashkil etish, ish unumini oshirish uchun nasos stansiyalarida ishlatiladigan nazorat o'lchov asboblari muhim o'rin tutadi. Nasos va nazorat o'lchov asboblarining umumiy ko'rinishi. Nazorat o'lchov asboblarini ishlatish. Nazorat o'lchov asboblari (NO'A) nasos hosil qiladigan suv sarfi va bosimni, avankamera va bosimli hovuzdagi suv sathlari; texnik suv ta'minoti tizimida suvning oqishini, musbat so'rish balandligiga ega nasoslarni ishga turirishdan oldin suv bilan to'ldirilishi, yog' sarfi, podshipniklar harorati va boshqa sh. o', ko'rsatgichlarni nazorat qiladi. NO'A ni ishlatish, ular ish prinsipidan qat'i nazar, zavodlardan olingan ko'rsatmalarga qat'ian mos amalga oshiriladi: tekshirishlar olib boriladi, moylanadi, germetikligi, tozaligi, mahkamlanishi, izolyatsiyasi va o'tkazgichlari turi, birlamchi va ikkilamchi datchiklar orasi masofasi va boshqalar tekshirilib boriladi. Suv sarfini nazorat qiluvchi asboblar Suv sarfini nazorat qiladigan qurilmalar ishlatilayotganda torayish qurilma (diafgramalar, Venturi soplosi va b.) si bilan sarf o'lchagich impuls quvurchalari tozaligi kuzatib borilishi lozim, ular havo bilan bosim ostida tozalanishi va yuvilishi, yig'ilib qolgan havo ulardan chiqarib yuborilishi, birlamchi datchik va qabul qilgichlararo simning sozligi kuzatib borilishi kerak. Suv sathini o'lchaydigan qurilmalar ishlatilayotganda quvur teshigi tozaligi va suv o'tkazuvchanligi, po'kaklar va po'lat arqonchalar sozligi, birlamchi va ikkilamchi datchiklar orasidagi simning sozligi kuzatib borilishi, ishqalanadigan qismlari moylanishi, po'kakli asboblardagi arqonchalar va yo'naltiruvchi shkivlar muzlashdan saqlanishi, sath signalizatorlarini elektrodli kontaktlarining holati kuzatib borilishi, muntazam ravishda asboblami ko'rsatishlarini amaldagi suv sathiga mosligi tekshirilib borilishi zarur. Suv sarfini nazorat qiladigan qurilmalar(Zadvishka va Monometr). Oyiga kamida 1 marta asboblar ko'rib chiqiladi va biriktirmalari tortib qo'yiladi, oynasiga chertib oynaning qo'zg'almasligi tekishiriladi. O'zi yozar soat mexanizmi yoki diagramma doirasini aylantirish uchun yoki diagramma lentali barabanli elektr o'tkazgichli NO'A ga alohida ahamiyat berilad. Struykali rele ishi sug'orish mavsumida kamida bir marta, bosim o'lchovchi asbob manometr va vakuummetrlar har kuni tekshiriladi. Mavsumlar ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.3 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:54
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.3 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:54 ]
Arxiv ichida: pptx