Neft mahsulotlarining entalpiyasi Reja: Suyuklanish va sublimatsiyalanish issikligi. Yonish issikligi. issiqlik o'tkazuvchanlik. Neftning erishi va erish issikligi. Neft eruvchanligi, sirt tarangligi unga ta'sir etuvchi omillar. Neftning elektr xususiyatlari va uning aniqlash usullari. Neft fraksiyalarining entalpiyasi (issiqlik saqlash i) deganda, birlik xajmdagi neft mahsulotining boshlang'ich temperaturasidan biror bir berilgan temperaturagacha isitish uchun kerak bo'lgan issiqlik miqdoriga aytiladi. Umuman olganda, boshlang'ich temperatura deb ixtiyoriy temperaturani olish mumkin. hisoblash oson bo'lishi uchun ko'p xollarda 273,16K olingan. Shu temperaturalarda entalpiya shartli ravishda 0ga teng deb kabul qilingan. Buglarning entalpiyasi deb, suyuqlikning to kaynash temperatura-sigacha sarf bo'lgan issiqlik miqdoriga aytiladi. Entalpiya, issiqlik sigimining funksiyasidir. Neft fraksiyasining zichligi oshishi bilan uning entalpiyasi kamayadi. Bosimning kichik qiymatlari entalpiyaga katta ta'sir ko'rsatmaydi. Lekin bosim oshsa, bu ta'sir ancha sezilarli bo'ladi. Xamma qattiq jismlarda bo'lgani kabi suyuqliklarda xam malum bir miqdorda molekulalar borki, bu molekulalarning energiyasi torshishish energiyasidan katta. Ular shu energiya hisobiga bevosita suyuqlik molekulalarni tark etib molekulalarni urab olgan muhitga (fazoga) utishlari mumkin. Bu jarayon suyuqlik uchun buglanish yoki bug hosil bo'lish, qattiq jismlar uchun esa sublimatsiya (vozgonka) deb aytiladi. Buglanish ixtiyoriy temperaturada bo'lib turadi, lekin uning intensivligi temperatura kutarilishi bilan oshib boradi. Buglanish jarayoni bilan yonma - yon kondensatsiyalanish jarayoni xam boradi, yani bug holatdan yana suv holatga utish jaraenidir. Agar suyuqlik yuza birligidan vaqt birligi ichida chikayotgan molekulalar soni, shu suyuqlik sirtiga kaytib tushayotgan molekulalar soniga miqdor jihatdan teng bulsa, u vaqtda buglanish va suyuklanish o'rtasida dinamik muvozanat karor topadi. Bug uzining suyukligi bilan muvozanat holatida bulsa, bunday bug to'yingan bug deyiladi. Umuman olganda, sublimatsiya (vozgonka) issikligi deb, moddaning qattiq holatidan bug yoki gaz holatiga utish uchun kerak bo'lgan issiqlik miqdoriga aytiladi. Yonish issikligi. Yonish jarayonida issiqlik yig'indisi doimiydir. Kimyoviy jarayonning umumiy issiqlik effektiv yig'indisi, fakat jaraenga katnashuvchi modda reagentlari va oxirgi mahsulotlariga bog'liq bo'lib, jarayonning oraliklarida buladigan o'zgarishlariga bog'liq emas. Bu Gess qonuning mohiyati anglatadi. Misol uchun; a) 2S(qattiq jism)+02(gaz)=2SO(gaz)+52,8 kkal. b)S (qattiq jism)+02(gaz)=SO2 (gaz)+94 kkal SO2(gaz)+S(qattiq jism)=2SO(gaz)-41,2 kkal. 2S(qattiq jism)+02(gaz)=2SO(gaz)+52,8 kkal 2S(qattiq jism)+02(gaz)=2SO(gaz)+52,8 kkal qattiq, suyuk, gazsimon yoqilg'ilarning yonish issikligi maxsus kalorimetrlarda aniklanadi. Yonish issiqlik qiymatlarining tajribaviy kattaliklari bulmasa, u holda yonish issikligini neft mahsulotlari uchun topilgan formulalar bilan hisoblash mumkin. Buning uchun ko'p tarkalagan D. I. Mendeleev formulasi urinli. Qyu=8100C+300H+2600(S-O) (kkalkg) Qk =8100+300H+2600(S-O)-600(9H+n) kkalkg. C, H, S, O - yoqilg'ida uglevodorod, vodorod, oltingugurt, kislorodning massa ulushi; 8100, 300 va 2600 - uglerod, vodorod va oltingugurtning yonish issik-ligi miqdori; 600 - suvning buglanish issikligi. W - esa suvning yoqilg'idagi massa ulushi. Yenish issikligi, hosil ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.82 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.82 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:54 ]
Arxiv ichida: doc