Neft va gaz alkanlari Reja: Yuldosh gazlar va neft tarkibidagi alkanlarning umumiy miqdori Gazsimon alkanlar. Yuldosh gazlar va gazokondensatorlarning tarkibi Neftning yengil va o'rta fraksiyasi uglevodorodlari. qattiq alkanlar Alkanlar ishtirokida boruvchi asosiy reaksiyalar. Ularni ajratish Mochevina va shomochevina alkanlarining kompleksi Uglevodorodlar katori S1-S4 metan, etan, propan, butan, izobutan hamda 2,2-dimetilpropan, normal sharoitda gaz holatda bo'ladi. Bu gazlarning xammasi neftning tarkibiga kiradi. Gaz konlar 3-turda bo'ladi. Birinchi tur tabiiy deyilib, u asosan tarkib jihatdan metan gaziga to'g'ri keladi. Metan gaziga aralashma sifatida gazlar etan, butan, propan va pentan, undan yuqori gaz buglari uchrashi mumkin. Bundan tashqari karbonad angidrid, azot va ayrim xollarda oltingugurt sulfidi xam bo'lishi mumkin. Masalan, Gazli konidan chikadigan gazlarning 93-98 % metan gaziga to'g'ri keladi. Bazi bir tabiiy gazlar tarkibida, masalan, Rossiyadagi Kuybishev oblastining Sultongul gaz konida 20 % gacha azot borligi aniqlangan. Bu azot bilan birga uchraydigan lekin, miqdora kam bo'lgan gazlar; argon, geliy va boshqa yuldosh gazlar xam bo'lishi mumkin. Umuman, tabiiy gaz tarkibida metanning gomologlari etan (0,1 - 8,0 %), propan (0,7- 3 %), butan va undan yuqorilari (0,1-0,90%) gacha bo'lishi mumkin. SO2 ning miqdori esa (0,12,5 %) dan oshmaydi. Tarkibida metan gazining miqdori juda ko'p bo'lganda va uncha ko'p bo'lmagan miqdorda S4-S5 gazlarining xam bo'lishi bunday tabiiy gazlar kuruk gazlar degan nomni olgan. Neft konlaridan chikadigan gazlar hamroh neft gazlari deyiladi. Bu gazlar neftda erigan bo'lib, neftni yer ostidan yer yuzasiga chikarayotganda, u neftdan ajraladi. Neft tarkibidagi hamroh gazlar «kuruk» gazlardan etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlarning miqdori bilan farq qilib, ular «moyli» yoki «boy» gazlar degan nomni olgan. Unga misol qilib, Turkmanistonning g'arbidagi Kum-dog konini olish mumkin. Undagi gazlarning foizlardagi ulushi kuyidagichadir; SN4 - 86,8 %, S2S6-4,5 %, S3N8-3,0 %, S4S10-2 %, S5N12 va undan yuqorilari -3,2 %, hamda SO2-0.4%, N2-0,1 % bo'lishi mumkin. Boshkirdistondagi Shpakovskoe konda esa SN4-41,2 %, S2N6-41 %, S3N8-15,8 %, S4N10-6,9 %, hamda S5N12 va undan yuqorilari 5,8 gacha bo'lishi mumkin. SO2-1 % ning hamda N2-10 % ning miqdori bo'lishi mumkin. Bu yerda shu narsani aytish joizki, neft tarkibidagi gazlar miqdori neft kazib chikariladigan hududga karab turli xilda ekanligi malumdir. Asosan bular neft genezisiga bog'liq bo'lgan faktorlardir. Suyuk parafinli uglevodorodlar. Malumki, S5-S15 - gacha uglevodorodlar suyuk uglevodorodlardir. Uzining kaynash haroratiga karab pentan, geksan, geptan, oktan, nonan, dekan va ularning xamma izomerlari neftni xaydash jarayonida benzin distillyatiga utadi. tarmoqlangan uglevodorodlarning kaynash harorati ularning izomerlariga karaganda ancha pastdir. Bundan kurinadiki, molekulalar kanchalik kompakt tuzilishga ega bulsa, uning kaynash harorati shunchalik past ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.79 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:54
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.79 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:54 ]
Arxiv ichida: doc