Neft va gazlarning tarkibiy qismlarini ajratib olish va ularni tadqiq etish usullari Reja: Azeotrop va ekstraktiv usuli. Ekstraksiyalash usuli. Rektifikatsiyalash usuli. Adsorbtsiyalash usuli. Kristalizatsiya usuli. Xromtografiya. Keyingi vaqtlarda neftning kimeviy tarkibini tekshirish, uning murakkab tuzilishga ega ekanligi, hamda har xil temperaturalarda ularning xar bir komponentasining alohida kaynash temperaturasi mavjud ekanligi malum bo'lib koldi. Keyingi utgan 100 yillikda neftni tahlil qilish usullari keskin osha bordi. Neft komponentlarini, kismlarga bo'lish, hamda uni ajratib olishning bir kancha fizikaviy va kimeviy usullari mavjud. Kimeviy usulda ajraluvchi koponentlarni reaksion qobiliyati bir xil bo'lmagan holati asoslab berilsa, fizik usulda esa mavjud fazada ularning kontsentratsiyasining har xil bo'lishi nazarda tutiladi. Azeotrop yoki ekstraktiv xaydash. Azeotropli eki doimo kaynovchi aralashma deb shunday aralashmaga aytiladiki, bunda o'zaro bir-birida erigan ikki - suyuqlik, molyar kontsentratsiyalari aniq bo'lgan, hamda ularning kaynash temperaturasi past temperaturada kaynovchi eki yuqori temperaturada kaynovchi komponentlar-dan yo yuqori yo past temperaturada bo'ladi. boshqacha qilib aytganda, bu aralashma Raul qonunidan yo musbat yo manfiy chetlanishga egadir. Oddiy xaydash eki rektifikatsiya usuli bilan azeotropni ajratib bulmaydi. Amalietda esa kupgina xollarda azeotroplarga duch kelinadi. Ular alkanlar va sikloalkanlar bilan aromatik uglevodorodlarni hosil qiladi. Shunga qaramasdan bunday aralashmalarni ajratish mumkin, fakat unga uglevodorod komponenta bo'lmagan suvda erivchi, uchinchi komponent aralashtirib ajratib olish mumkin. Uchinchi komponentani aralashtirganimizda dastlabki xoldagi azeotrop buglarining elastikligi turli xilda uzgaradi. Yani ular har xil kaynash temperaturasiga ega bo'lib koladi. Bu yerda ikkita holat bo'lishi mumkin. Birinchi holatda azeotrop komponentaga karaganda kushilgan modda kamrok uchuvchi bo'lib hisoblanadi. Xaydash vaqtida, u suyuk fazada kolib dastlabki yuqori temperaturada kaynovchi komponent bilan yangi azeotrop hosil qiladi. Bunda past temperaturada kaynovchi komponent sof holda xaydab olinadi. Bunday xaydash usuli ekstraktiv xaydash usuli degan nomni oldi. Ikkinchi holatda, kushilgan moddaning kaynash temperatu-rasi, azeotrop komponentaning past temperaturada kaynovchi komponentasi ning kaynash temperaturasiga yaqinrok bulsa, u vaqtda minimal kaynash temperaturasiga ega bo'lgan yangi azeotrop hosil qiladi. Bunda xaydash vaqtida yangi azeotrop birinchi bo'lib xaydaladi. Dastlabki azeotrop, yoki yuqori temperaturalarda kaynovchisi koldik bo'lib koladi. Bunday xildagi xaydash usuli azeotrop usuli degan nomni oldi. Ikki holatda xam kushilgan uglevodorodsiz komponent, keyinchalik suv orqali yuvilib va shunday yul bilan boshlang'ich ajralmaydigan kaynovchi aralashma ikkita alohida induvidial toza komponentlarga ajraladi. Azeotrop usulida asosan aralashma sifatida har xil spirtlar, kislotalar, atseton, efirlar ishlatiladi. Adsorbtsiya usulining mohiyati shundan iboratki, aralashmaning alohida komponentlari turli xil energiya bilan ketma - ket tanlab u eki bu sorbentga sorbtsiyalanib, natijada shu yul bilan umumiy aralashmadan ajraladi. Keyinchalik desorbtsiyalanishda bu komponentlar uzgarmagan holatda ajratilib, alohida fraksiya ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.33 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.33 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:55 ]
Arxiv ichida: doc