Neftni qayta ishlashdagi gidrogenizatsiya jarayonlari

Neftni qayta ishlashdagi gidrogenizatsiya jarayonlari

O'quvchilarga / Fizika
Neftni qayta ishlashdagi gidrogenizatsiya jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Neftni qayta ishlashdagi gidrogenizatsiya jarayonlari Reja: Jarayonlarning sinflanishi Oltingugurt saqlovchi organik birikmalarni gidrirlash Gidrokreking Gidrokreking mahsulotlari Gidrotozalash Katalitik gidrotozalash jarayoni Distillyatlarni gidrotozalash jarayoni Jarayonlarning sinflanishi Gidrogenizatsion jarayonlar neftni qayta ishlashda va neft kimyosida keng qo'llaniladi. Ular yuqori oktanli barqaror benzinlar olishda, dizel va qozon yoqilg'ilarini hamda surkov moylarining sifatini yaxshilashda ishlatiladi. Neftkimyo sanoatida gidrirlash reaksiyalari yordamida siklogeksan va uning hosilalari, ko'pgina aminlar, spirtlar va qator boshqa monomerlar olinadi. Oxirgi paytdagi gidrogenizatsion jarayonlarning tez rivoji tovar - neft mahsulotlari sifatiga qo'yilgan talablarning oshishi, vodorod ishlab chiqarish narxining ancha pasayishi va yuqori samarali katalizatorlarning paydo bo'lishi bilan bog'liqdir. Neftni qayta ishlashda gidrogenizatsion jarayonlar ikki yo'nalish bo'yicha rivojlanyapti: neft fraksiyalarini gidrotozalash va og'ir distillatlar hamda neft qoldiqlarini destruktiv gidrirlash (gidrokreking, gidrodealkillash). Gidrotozalashda xomashyodagi geteroatomli birikmalarning destruksiyasi amalga oshirilib, parchalanish mahsulotlari vodorod yordamida to'yintiriladi va vodorod sulfid, ammiak va suv ajralib chiqadi. Gidrokrekingda xomashyo komponentlari parchalanib, hosil bo'lgan uglevodorod bo'lakchalari vodorod bilan to'yintiriladi. Gidrodealkillash - alkil hosilali arenlar yon zanjirlarining uzilishi hisobiga boradigan jarayon bo'lib, alkanlar va yon zanjirsiz arenlar hosil bo'ladi. Oltingugurt saqlovchi organik birikmalarni gidrirlash Oltingugurt saqlovchi birikmalarni gidrirlash jarayoni neft mahsulotlarini gidrotozalash jarayoni deb ham atalib, bunda S-C bog'i uziladi, chunki bu bog' energiyasi C-C bog'inikiga nisbatan 1,5 barobar kam. Bundan tashqari, katalizator kompleksida MoS2 yuzasida S-C bog'i energiyasi 23kJmol ga teng bo'lib, ushbu kompleksdagi C-C bog'i energiyasidan 10 marta kamdir. Tiofen hosilalari eng qiyin gidrirlanadi. Tiofen, sulfidlar va merkaptanlar ancha yengil gidrirlanadilar. Odatda jarayon Al-Co-Mo, Al-Ni-Mo katalizatorlarida 340-4200C va 2,5-6 MPa bosimda olib boriladi. Turli tip oltingugurtli birikmalardagi gidrogenizatsiya reaksiyalari mexanizmini quyidagicha tushuntirish mumkin: Yumshoq sharoitlarda, quyi bosimda merkaptanlar sulfidlargacha degidrirlanadilar. 2RSH H2S + RSR Qattiqroq sharoitlarda gidrogenizatsiya jarayoni uglevodorodlar hosil bo'lishigacha boradi: RSH RH + H2S O'z navbatida sulfidlar va disulfidlar to'la gidrirlanib, avval tiol, so'ngra uglevodorodlar hosil qiladi: Tiofenlar ham ketma-ket gidrirlanadilar. Keyingi paytlarda gidrirlash reaksiyasi S - C bog'i hisobiga ketishi izlanishlar natijasida to'liq tasdiqlangan bo'lib, butadien hosil bo'ladi va u o'z navbatida gidrirlanib butilen va so'ngra n-butan hosil qiladi: butadien СН2=СН-СН=СН2 СН3СН2СН=СН2 СН3СН2СН2СН3 butadien buten - 1 n-butan Benzindan tashqari gidrotozalashga dizel va reaktiv yoqilg'ilari hamda ayrim moy turlari ham jalb qilinadi. Ushbu holda oraliq mahsulot bo'lgan alkenlarni gidrirlash hattoki istalgan jarayondir. Hozirgi vaqtda deyarli hamma neftni qayta ishlash zavodlari olinayotgan neft mahsulotlarini oltingugurtli birikmalardan gidrotozalash qurilmalariga egadir. Gidrokreking Yuqori qaynaydigan distillat fraksiyalarning gidrokrekingi rangsiz neft mahsulotlarini qo'shimcha miqdorda olish uchun qo'llaniladi. Jarayon 370-4200C harorat va 14-20 MPa bosimda amalga oshiriladi. Yuqori oltingugurtli mazutlarni gidrokreking qilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.84 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.84 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga