O'zbekiston RespublikaSI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'zbekiston MILLIY UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI Yadro fizikasi fanidan Neytronlar ishtirokidagi yadro reaksiyalari mavzusida bajargan MUSTAQIL ISHI Bajardi : Tekshirdi: Reja: I. Kirish II. Asosiy Qism 1. Neytronning kashf qilinishi. Neytronning modda bilan o'zaro ta'siri 2. Neytron radioaktivlik 3. Neytronlar ishtirokidagi yadro reaksiyalar II. Xulosa IV. Foydalanilgan Adabiyotlar Kirish Tabiiy radioaktivlikni o'rganish shuni ko'rsatadiki, bir kimyoviy elementning boshqa kimyoviy elementga aylanishi yadrodagi ichki jarayonlar, ya'ni atom yadrolari ichida ro'y beradigan o'zgarishlar sababli bo'ladi. Shu munosabat bilan atom yadrolariga ta'sir qilib, bir kimyoviy elementni boshqalariga sun'iy aylantirish uchun urinib ko'rildi. Bunday ta'sirning effektiv vositasi atom yadrolarini katta (bir necha milliondan o'n milliard elektron-voltlargacha) energiyali zarralar bilan bombardimon qilishdir. Atom yadrolarining katta tezlik bilan harakatlanayotgan elementar zarralar (yoki boshqa atomlarning yadrolari) ta'sirida o'zgarish jarayoni yadro reaksiyasi deb ataladi. Reaksiyaga kirishuvchi zarralar bir-biriga 10-15 m tartibidagi masofaga yaqinlashganda ular orasida yadro kuchlari tufayli ta'sir yuzaga keladi. Yadro reaksiyalarini yuzaga keltirishda -zarralar (geliy yadrolari), protonlar (yengil vodorod yadrolari), deytronlar (massa soni ikkiga teng bo'lgan og'ir vodorod yadrolari) va neytronlardan foydalaniladi. Katta energiyali zaryadli zarralar hosil qilish uchun maxsus qurilmalar, masalan, siklotron ishlatiladi. Birinchi sun'iy yadro reaksiyasini 1919- yilda Rezerford amalga oshirgan. U azot atomlarini radiy chiqarayotgan α-zarralar bilan bombardimon qilganda azot atomlarining bir qancha yadrolari tez harakatlanuvchi protonlar chiqarib yemirilishini payqadi, bunday yadro reaksiyasi natijasida kislorod hosil bo'ladi. Reaksiya azot bilan to'ldirilgan Vilson kamerasida o'tkazildi. Bu reaksiya quyidagicha bo'ladi α -zarra (geliy izotopi yadrosi) azot atomi yadrosi ichiga kiradi va yutiladi. Bu vaqtda yadrosi barqaror bo'lmagan oraliq yadro-ftor izotopi hosil bo'ladi. U darhol o'zidan yengil vodorod yadrosi (proton)ni chiqarib, kislorod izatopi yadrosiga aylanadi. Bu yadro reaksiyasini quyidagicha yozish mumkin: Shunday qilib, Rezerford tajribasi yadro reaksiyalarini sun'iy ravishda amalga oshirish imkoni borligini tasdiqladi va shu bilan birga protonlar atom yadrolari tarkibiga kirishini hamda uni ajratish (urib chiqarish) mumkinligini ko'rsatdi. 1932- yilda ingliz fizigi Chedvik yadro reaksiyasini amalga oshirib, butun yadro fizikasida muhim ro'l o'ynagan yangi zarra - neytronni kashf etdi. Neytronning kashf etilish tarixi quyidagicha. 1920- yilda birinchi bo'lib Rezerford atom yadrosida uni og'irlashtiruvchi yana qandaydir noma'lum zarralar mavjud, degan g'oyani ilgari suradi. 1930- yilda nemis fiziklari V. Bote va G. Bekker berilliy ni -zarralar bilan bombardimon qilib, kuchli o'tuvchanlik qobiliyatiga ega nurlanish chiqarilishini kuzatishadi.Bu nurlanishga qattiq y-nurlanish kabi elektromagnit to'lqinlaming yangi turi deb qarashadi. Bote-Bekker nurlanishi bilan fransuz fiziklari Iren Jolio-Kyuri va Frederik Jolio-Kyurilar qiziqib qoladi. Ular bu nurlanishni tarkibida qo'rg'oshin va vodorod bo'lgan ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
800.83 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
800.83 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:55 ]
Arxiv ichida: docx