Nisbiylik nazariyasi asoslari mavzusini o'qitish

Nisbiylik nazariyasi asoslari mavzusini o'qitish

O'quvchilarga / Fizika
Nisbiylik nazariyasi asoslari mavzusini o'qitish - rasmi

Material tavsifi

Nisbiylik nazariyasi asoslari mavzusini o'qitish Nisbiylik nazariyasi ochilgandan hozirgi kunga kelib bir qarashda aql o'yinidek ko'ringan holatidan tartibli, nazariy jihatdan puxta, amaliyotda esa to'liq o'z o'rnini topgan fizik nazariya bo'lib, olamni tushunishimiz asosi, olamning hozirgi zamon fizik manzarasini tushuntirishning bir qismidir. Tabiiyki, bu nazariya fizikani o'qitish jarayonida ham o'z o'rnini topishi kerak. Nisbiylik nazariya g'oyasi tushuntirishning asosiy qiyinchiligi uning qoidala-rini g'ayri nisbiyligi ongli qarashga qarama-qarshidek tuyo'lishidir. Bunday psixologik to'siqdan sakrab o'tish, so'zsiz, ma'lum qiyinchilik bilan bog'liq. Bunga sabab nisbiylik nazariyasining o'zi emas, balki uni tushuntirish metodining qoniqarli emasligidir. Haqiqatan ham, nisbiylik nazariyasining u yoki bu qoidasi chuqur asoslanmay (ko'pincha mutlaqo asoslanmay), sof holda beriladi va bu qoida odatdagi qarashlarga zid keladi, natijada inson haqiqatan ham g'alati-jumboq holatga tushib qoladi. Odatdagi qarashlarga suyanib, inson yangi qoidani tabiiy ko'rinishda tushunishga harakat qiladi-yu bu o'rinishlari bekor ketadi Shuning uchun inson yangi qoidaning ma'nosini tushunmay yodlab olishga intiladi. Misol tarikasida sanoq sistemasining harakat yo'nalishiga parallel joylashtirilgan sterjen uzunligi haqidagi masalani keltiramiz. Odatda harakatdagi sterjen uzunligi, tinch to'rgan sterjen uzunligidan qisqa va Sterjen uzunligi uning harakat tezligiga bog'liq deb fikr yuritiladi. Agar uzunlik atamasiga kiritilayotgan ma'noni tushuntirib berolmasak, o'lchash bajarilganini tushuntirib bo'lmasa, u holda uzunlikning qisqarishi haqidagi fikr faqat anglashilmov-chilikka olib keladi. Nisbiylik tamoyiliga asosan barcha inertsial sanoq sistemalari teng huquqli. Bas shunday ekan, harakatdagi sanoq sistemasi va undagi sterjen qanday tezlik bilan harakatlanmasin, oxirgisining xossasi o'zgarmaydi-aks holda, sterjen holatini shu sistema ichida turib sanoq sistemasining harakatlanayotganini payqash mumkin. Bu esa, nisbiylik tamoyiliga zid. Bundan, sterjen qanday sanoq sistemasiga joylashtirmaylik, uning uzunligi o'zgar-masligi kelib chiqadi. Demak, har ikki fikr-uzunlikning qisqarishi va uzunlikning o'zgarmasligi sirtdan qaraganda bir-biriga qarama-qarshi fikrlar, har ikkisi ham absolyut haqiqatdir, ammo qoidani aniq, ravon ifodalanmaganligi natijasida anglashilmovchilik yuzaga keladi. Birinchi holda uzunlikning qisqarishi deyilganda relyati-vistik; uzunlik tushunilgan, ya'ni harakatlanayotgan sterjenning qo'zg'almas chizg'ich yordamida o'lchangan uzunligi tushunilgan. Ikkinchi holda har qanday sanoq sistemasi ichida sterjen uzunligi o'zgarmaydi, ya'ni qanday bo'lgan bo'lsa, shundayligicha qoladi deganimizda, Biz uning xususiy uzunligini, ya'ni sterjenga nisbatan tinch turgan chmzg'ich yordamida o'lchangan uzunligini tushuna-miz, bu uzunlik haqiqatda ham invariantdir. Bu misoldan ko'rinib turibdiki, relyativistik effekt haqida shoshma-shosharlik bilan o'z-o'zidan yuz berishi mumkin bo'lgan hodisadek gapirib yurish o'rinsiz ekan. Bularni o'rganish juda aniq va bir xil ma'noli muhokamani talab qiladi. Relyativistik qoidalarning g'ayri tabiiyligini uqtirib o'tirishning hojati yo'q. Nisbiylik nazariyasida hech qanday g'ayri tabiiylik yo'q, uni nojiddiy mantiqan noto'g'ri bayon etishda yuzaga keladi. Agar asosiy qoida aniq ifodalansa, asosiy tushunchalar aniqlansa, mantiqan to'g'ri, tushunarli xulosa chiqarilsa, u holda hech qanday ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.12 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.12 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga