Nisbiylik nazariyasi. Olam efiri muammosi maxsus nisbiylik nazariyasi

Nisbiylik nazariyasi. Olam efiri muammosi maxsus nisbiylik nazariyasi

O'quvchilarga / Fizika
Nisbiylik nazariyasi. Olam efiri muammosi maxsus nisbiylik nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

Nisbiylik nazariyasi. Olam efiri muammosi maxsus nisbiylik nazariyasi Reja Maxsus nisbiylik nazariyasining yaratish tarixi. Nisbiylik nazariyasi riojlanishi. Nisbiylik nazariyasi va saqlanish qonuni. Maxsus nisbiylik nazariyasining yaratish tarixi. 1895-yildan 1904-yilgacha davr fizikada inqilobiy kashfiyotlar va o'zgarishlar davri bo'ldi. Bu davr fizikasi o'zining qayta shakllanish, yangilanish, yangi zamon fizikasiga o'tish jarayonlarini boshdan o'tkazdi. Bu o'zgarish va yangilanishlarga maxsus nisbiylik nazariyasi va kvant nazariyasi poydevor yaratdi. A.Eynshteyning maxsus nisbiylik nazariyasi Bu davrning boshlanishini 1905-yildan deb olishga to'la asos mavjud.Chunki, shu yili A.Eynshteyn tomonidan maxsus nisbiylik nazariyasi yaratilib, Plankning kvant g'oyasini yorug'likning kvant nazariyasiga aylanishi dunyoning fizik xaritasini kvant-relyativ xaritasi sifatida shakllanishiga sababchi bo'ldi. Klassik fizikadan yangi fizikaga o'tilishi nafaqat yangi kutilmagan g'oyalarning, yangi kashfiyotlarning hosil bo'lishi bilan xarakterlidir, balki fizika fanida qandaydir yangi ruh,yangi ijod maydonlari vujudga kelgandek edi. Hozirgi zamon fizikasi davrini shartli ravishda 3 bosqichga ajratish mumkin: Birinchi bosqich (1905-1931) relyativ va kvant g'oyalaridan keng foydalanish davri bo'lib u kvant mexanikasining shakllanishi va yaratilishi bilan tugaydi. Ikkinchi bosqich (1932-1954) fizikaning subatom bosqichi bo'lib fiziklar materiyaning yangi darajasiga ya'ni atom yadrosigacha kirib bordilar. Nihoyat uchunchi bosqich subyadro va kosmik fizika bosqichi bo'lib,bu bosqichning boshqa bosqichlardan farqli xususiyati shuki, endi hodisalarni o'rganish yangicha fazoviy-vaqtiy miqyosda olib borilmoqda. Uchinchi bosqichni boshlanishini shartli ravishda 1955-yildan deb hisoblash mumkin. Chunki shu yildan boshlab fizikada nuklonlarning strukturasi o'rganila boshlandi. Zamonaviy fizikaning paydo bo'lishi Klassik fizika rivojlanishining II davri o'ziga xos o'tish davri bo'lib, yangi-yangi g'oyalarning amalga oshishi, kutilmagan kashfiyotlar va ixtirolarning ochilishi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga fizika yangilanishga,zamonaviy tus olishga muhtoj edi. Bu davr zamonaviy fizikaning paydo bo'lishiga zamin yaratdi.Zamonaviy fizikaning dadil qadami 1905-yildan - tabiatshunoslikning buyuk o'zgartiruvchisi A.Eynshteyn kashfiyotlaridan boshlanadi. XIX asrda- fizika XIX asrda- fizikaning rivojlanishidagi kashfiyotlar va fizikadan aloxida tarmoklarni ajralib, mustaqil fanlarga aylanishi bu yangiliklarni fizikaviy (mantiq) nuqtai nazardan taxdil qilishni takozo qilar edi. Fiziklar yangi kashfiyotlar o'sha vaqtda mavjud bo'lgan fizikaviy tushunchalar va fizikaviy tasavvurlar orqali tushuntirilishi va izoxlanishi mumkin, dеb o'ylar edilar. Shuiingdеk, fizika va tеxnikada yangi inqilobiy davr bo'lganligini qam yaxshi sеzar edilar, chunki xar bir yangi kashfiyot tеxnika rivojlanishiga yangi yunalish bеrishini qam fiziklar yaxshi tasavvur qilar edilar. Shu davrda A. Puankarе aytganidеk, shu vaqtgacha o'zgarmas (mutloq) dеb qisoblangan «eng umumiy printsiplar» buzila boshlandi. qamma fizikaviy qodisa va jarayonlarning mеxanikaviy manzarasini mumtoz fizika (Nyuton fizikasi) nuqtai nazaridan tushuntirib bo'lmaydigan hollar paydo bo'ldi, boshqacha qilib aytganda, mumtoz fizika inqirozga uchradi. Eynshtеynning yoruglik kvantlari haqidagi fikrlari, Rеzеrford va Borning atom modеli jarayonlarni yoki kattaliklarni (kvantlanib) o'zgarishlarini yaqqol qilib qo'ydi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 293.01 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:55 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 293.01 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga