Nomustaqil gaz razryadi Reja: Mustaqil gaz razryadi Miltillama razryad Normal va katta bosimlarda mustaqil razryad Nomustaqil gaz razryadi Gaz orqali eletr tokining o'tishiga gazda elektr razryadi yoki gaz razryadi deb ataladi. Agar gazning elektr o'tkazuvchanligi tashqi ionlash manbai ta'siri hisobiga sodir etilsa va ushlab turilsa, bu holda bo'layotgan gazdagi elektr razryadi nomustaqil gaz razryadi deyiladi. Tashqi ionizator ta'siri to'xtagan zahoti nomustaqil razryad to'xtaydi. 20.4-rasm. 20.5-rasm. 20.4-rasmda gaz bilan to'ldirilgan M shisha naydagi nomustaqil gaz razryadining volt-amper xarakteristikasini, yani I tok kuchining nayga kavsharlangan A va K elektrodlar orasidagi U kuchlanishga (potentsiallar ayirmasiga) bog'lanishini o'rganishga mo'ljallangan qurilmaning sxemasi keltirilgan. Kuchlanish R potentsiometr bilan o'zgartiriladi va V volptmetr bilan o'lchanadi. Sezgir G galpvanometr tok kuchini o'lchashga xizmat qiladi. R rentgen nayidan (bu payning elektr tahminlash zanjiri rasmda ko'rsatilmagan) chiqayotgan rentgen nurlari bilan gaz ionlashtiriladi. Tajriba o'tkazilayotgan vaqtda M naydagi gazning ionlanish intensivligi o'zgarmaydi. O'lchash natijalari 20.5-rasmda tasvirlangan grafikda keltirilgan. Uncha katta bo'lmagan U kuchlanish qiymatlarida I tok kuchi U kuchlanishga proportsional (1 soha). Agar, nomustaqil gaz razryadini elektrolitlardagi tokka o'xshashligi hisobga olinsa, buni tushunish oson: ularning ikkialasi ham ionlarning tartibli harakati bilan amalga oshadi (ionlashgan gazdagi erkin elektronlarga eng sodda manfiy ionlar deb qarash mumkin). Demak, bu holda razryaddagi tok zichligi uchun (20.13) ifodani ishlatish mumkin. Odatda gaz ionlashganda elektron va bir valentli musbat ionlar hosil bo'ladi. Shuning uchun q+ = e va n0+ = n0, bu yerda n0 ni gaz birlik hajmidagi ion juftlarining soni deb qabul qilish mumkin. U holda (20.13) ga binoan = en0+(+ + -) (20.21) Tajribalarning ko'rsatishicha, bosimning keng oralig'ida gaz ionlarining harakatchanligi bosimga teskari proportsional va maydon kuchlnaganligining uncha katta bo'lmagan qiymatlarida ga bog'liq emas. Shunday qilib, ning uncha katta bo'lmagan qiymatlarida gazdagi nomustaqil razryad Om qonuniga bo'y sunadi. Elektrodlar orasidagi bundan keyingi U kuchlanishning qiymatlarida I tok kuchi va U orasidagi chiziqli bog'lanish buziladi (2 soha) - U ga nisbatan tok kuchi sekinroq o'sadi. Bu qonuniyat nomustaqil gaz razryadining elektrolitlardagi elektr tokidan quyidagi muhim farqi bilan bog'liq - elektrolitning o'tkazuvchanligidan ishtirok etadigan va elektrodlarda neytrallashadigan ionlarning kamayishi elektrolit hajmida yangi molekulalarning dissotsiatsiyalanishi hisobiga uzliksiz to'ldirilib turadi. Shuning uchun elektrolit birlik hajmidagi ion juftlarining n0 kontsentratsiyasi tok zichligiga bog'liq emas va o'zgarmay qoladi. Nomustaqil gaz razryadida gazdagi ionlarning to'ldirilishi to'lasicha tashqi ionlashtiruvchi manbaaning quvvatiga bog'liq. Shuning uchun n0 = const va tok kuchi va zichligining faqat kichik qiymatlarida, yani Ye va U larning kichik qiymatlarida j Ye ga proportsional (i mos ravishda U ga proportsional). Ye ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
95.99 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:55
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
95.99 KB
Ko'rishlar soni
120 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:55 ]
Arxiv ichida: docx