Nurlanish pirometrlari. Signal o'zgartirgichlar va masofaga uzatish sistemalari

Nurlanish pirometrlari. Signal o'zgartirgichlar va masofaga uzatish sistemalari

O'quvchilarga / Fizika
Nurlanish pirometrlari. Signal o'zgartirgichlar va masofaga uzatish sistemalari - rasmi

Material tavsifi

Nurlanish piromеtrlari. Signal o'zgartkichlar va masofaga uzatish sistеmalari Reja: 1.Umumiy tushunchalarva nazariy asoslar. 2.Optik pirometrlar. 3.Rangli pirometrlar. 4.Radiatsion pirometrlar. 5.Elektr, pnevmatik va normalovchi o'zgartkichlar. . Tayanch iboralar: Pirometrlar, masofaga uzatish sistemalari, rangli pirometrlar, nokontakt o'lchash usuli, optik pirometrlaor, radiatsion pirometrlar, o'zgartkichlar, elektr o'zgartkichlar, pnevmatik o'zgartkichlar, normalovchi o'zgartkichlar, absolyut qora jism, Vin tenglamasi, Plank tenglamasi, Stefan-Boltsman tenglamasi. 1.Umumiy tushunchalar va nazariy asoslar Nurlanish pirometrlarining ishlash prinsipi qizitilgan jismning issiqlik ta'sirida nurlanishidan foydalanishga asoslangan. Haroratni boshqa usulari bilan o'lchashga asoslangan asboblarga nisbatan nurlanish pirometrlari quyidagi afzalliklarga ega: a) haroratni o'lchash nokontakt usulga asoslangan, shuning uchun asbobning o'zgartirgich unsurini o'lchanayotgan muhitga kiritishning hojati yo'q, demak buning natijasida hosil bo'ladigan harorat maydonidagi tebranish ham bo'lmaydi; b) harorat o'lchashning yuqori chegarasi nazariy jihatdan cheksiz; v) alanga va katta tezlikdagi gaz sig'imining baland haroratini o'lchash imkoniyati bor. Qizigan jismning issiqlik energiyasi turli uzunlikdagi to'lqinlar shaklida nurlanadi. Deyarli pastroq (masalan, 500 С gacha) haroratlarda jism infraqizil nurlarni chiqaradi, harorat oshgan sari jism rangi to'q qizildan turli to'lqin uzunlikdagi oq rangga o'tadi, qizigan jismning harorati oshishi va rangi o'zgarishi bilan birga monoxromatik nurlanishning intensivligi ham tez oshadi, shu bilan birga jamlangan nurlanish ham kattalashib boradi. Qizigan jismlarning bu ikki xossasi haroratni o'lchashga imkon beradi. Shularga ko'ra pirometrlar ravshanlik (optik), rangli va radiatsion pirometrlarga bo'linadi. Plank tenglamasiga muvofiq mutloq qora jismning monoxromatik nurlanish intensivligi to'lqin uzunligi va haroratga bog'liq. Еоλ=С1λ-5(еС2λТ-1)-1 (1) bu еrda Еоλ - λ uzunlikdagi to'lqin uchun mutloq qora jismning nurlanish intensivligi; С1 С2 - qiymatlari qabul qilingan birlik tizimiga bog'liq nurlanish doimiylari; T- jismning mutloq harorati (К); Е - natural logarifmlar asosi; λ -0,66 mkm bo'lganda λ*Т ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 471.23 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 471.23 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga