Nurlanish. Turmushda va texnikada issiqlik uzatilishidan foydalanish

Nurlanish. Turmushda va texnikada issiqlik uzatilishidan foydalanish

O'quvchilarga / Fizika
Nurlanish. Turmushda va texnikada issiqlik uzatilishidan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 39-mavzu: Nurlanish. Turmushda va texnikada issiqlik uzatilishidan foydalanish Shunday qilib, konveksiya ham, issiqlik o'tkazuvchanlik ham zarralar harakati bilan amalga oshiriladi. Unda Yerdagi energiyaning asosiy sababchisi bo'lgan Quyoshdan issiqlik Yerga qanday uzatiladi? Axir, Yer va Quyosh orasida zarralar deyarli yo'q bo'lgan muhit - vakuum mavjud-ku! Bu holatda issiqlik nurlanish orqali uzatiladi. Quyoshdan kelayotgan yorug'lik oqimi o'zi bilan birga issiqlik energiyasini ham olib keladi. Cho'g'lanma elektr lampochkasi ham yorug'lik bilan birga issiqlikni nurlantiradi. Lampochka ichida havo bo'lmasa-da, lampochkadan nurlangan issiqlikni kaftimiz bilan sezishimiz mumkin. Nurlanish orqali olingan energiya isitiluvchi yuza rangiga bog'liq. Qishda qor ustiga bir xil materialdan qilingan bir xil yuzali, birioq, ikkinchisi qora rangga bo'yalgan mato yoyib qo'yilsa, qora mato tagida qor ko'proq eriganligini ko'ramiz. Demak, yuzaga tushgan nurlanish energiyasi unga yutilishi yoki undan qaytishi mumkin ekan. Deraza oynalari Quyoshdan keluvchi nurlanishni yaxshi o'tkazadi, lekin uydagi radiatordan chiqqan issiqlikni yomon o'tkazadi. Issiqxona («teplitsa») lardagi oynali devor va shiplarning vazifasi sizga endi tushunarli bo'lsa kerak! Konveksiya, issiqlik o'tkazuvchanlik va nurlanish hodisalaridan turmushda va texnikada keng foydalaniladi. 77-rasmda uylarni qaynagan suv bilan isitish sistemasida qo'llaniladigan «qozon»ning ichki tuzilishi keltirilgan. Unda hosil bo'ladigan konveksiyani tushuntirishga harakat qiling. 78-rasmda radiator vositasida isitiladigan xonaning qirqimi ko'rsatilgan. Xonada borayotgan jarayon haqida tushuntirish bering. Nima sababdan radiatorlar deraza tagiga o'rnatiladi? 79-rasmda suyuqliklarni dastlab quyilgan paytidagi temperaturasida uzoq muddat saqlaydigan idish - termos keltirilgan. Unda metall qobiq ichida ikki qavatdan iborat shisha devorli idish joylashtirilgan. Shisha devorlar oralig'i vakuumdan iborat. Shisha idishning ichki qismi yupqa kumush bilan qoplangan. Bunday idishdagi suyuqlik issiq holatda uzoq vaqt saqlanadi. Issiqlik uzatishning uchta turi bo'yicha issiqlik tarqalib ketmasligining sababini tushuntirib ko'ring. Demak, zaruriyatga qarab, issiqlikni yaxshi o'tkazish lozim bo'lsa, konveksiyani tezlashtirish choralari hamda issiqlikni yaxshi o'tkazadigan materiallardan foydalanish kerak ekan. Uyda ovqat pishirish va choy qaynatish uchun ishlatiladigan qozon va chovgumlarni issiqlikni yaxshi o'tkazuvchi materiallardan yasaladi. Lekin qaynagan choyni uzoqroq issiq holatda ushlab turish uchun chinni choynakka damlagan ma'qul bo'ladi. Choyni stakanda ichsak, og'iz kuyib qoladi. Lekin chinni piyolada ichsangiz kuymaydi. Nima sababdan? Nurlanish energiyasidan foydalanishda ham materiallarga va uning rangiga e'tibor beriladi. Yozda issiqlik nurlarini yaxshi qaytaradigan oq rangdagi liboslar kiyilsa, qishda to'q rangdagilari kiyiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 698.24 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:56 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 698.24 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga