7-sinf fizika darsligi asosida 21-mavzu: Nyutonning ikkinchi qonuni Tezlanish va kuch orasidagi munosabat Jismga kuch ta'sir etmasa yoki ta'sir etuvchi kuchlarning vektor yig'indisi nolga teng bo'lsa, jism o'zgarmas tezlikda harakat qilishini bilib oldik. Tezligini o'zgartirishi, ya'ni tezlanish olishi uchun esa jismga qandaydir kuch ta'sir etishi kerak. Jism tezlanish olishi uchun bu kuch unga qanday ta'sir etadi? Boshlang'ich tezliksiz a tezlanish bilan to'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakat qilayotgan jismning t vaqtda bosib o'tgan yo'li s = at2 2 ko'rinishda ifodalanadi. Bu formuladan jismning tezlanishini topish mumkin: Quyidagi tajribani o'tkazib ko'raylik. 1-tajriba. Gorizontal stol ustida harakatlanadigan m massali aravachani olaylik. Aravachaga D dinamometrni mahkamlab, dinamometrning ikkinchi uchiga G' g'altakdan o'tkazilgan ip orqali P pallachani osamiz. Dinamometrning ko'rsatishlariga qarab, aravachaga ta'sir etayotgan F kuchni aniqlash mumkin. 1. Pallachaga shunday yuk qo'yaylikki, aravacha ushlab turilganda dinamometrning ko'rsatishi, deylik, F1 = 0,1 N bo'lsin. Aravachani qo'yib yuborganimizda, u s = 1 m masofani t1 = 4,5 s da bosib o'tsin. U holda (1) formuladan aravacha olgan tezlanish a1 ≈ 0,1 ms2 ekanligini topamiz (≈ - taqriban, ya'ni yaxlitlangan qiymat belgisi). 2. Pallachadagi yuk massasini oshirib, aravachaga ta'sir etayotgan kuchni F2 = 0,2 N qilib olaylik. U holda aravacha 1m yo'lni t2 = 3 s da bosib o'tganligini aniqlash mumkin. Bunda aravachaning olgan tezlanishi a2 ≈ 0,2 ms2 bo'ladi. 3. Kuch F3 = 0,3 N deb olinganda, aravacha 1 m yo'lni t3 = 2,5 s da bosib o'tadi. Uning olgan tezlanishi esa a3 ≈ 0,3 ms2 ga teng bo'ladi Tajriba natijalaridan ko'rinadiki, aravachaga ta'sir etayotgan F kuch necha marta ortsa, aravacha olgan a tezlanish ham shuncha marta ortadi (69-rasm), ya'ni: Berilgan massali jismning tezlanishi unga ta'sir qiluvchi kuchga to'g'ri proporsionaldir. 2-tajriba. Bu tajribada aravachaga ta'sir etuvchi kuchni o'zgarmas (F1 = 0,1 N) qoldirib, aravachaning massasini o'zgartirib boramiz. Aravachaning massasi m1 = 1 kg bo'lsin. Aravacha s = 1 m yo'lni t1 = 4,5 s da bosib o'tadi. Bu holda aravachaning tezlanishi 1-tajribadagidek a1 ≈ 0,1 ms2 bo'ladi. 2. Aravacha ustiga xuddi shunday boshqa aravachani to'ntarilgan holda qo'yaylik. Endi aravachaning massasi m2 = 2 kg bo'ldi. Aravacha 1 m yo'lni t2 = 6,5 s da bosib o'tganini, hisob-kitoblar esa tezlanish a2 ≈ 0,05 ms2 ekanligini ko'rsatadi. 3. Aravachaning ustiga ikkita aravacha qo'yib, uning massasini m3 = 3 kg ga yetkazamiz. U holda aravacha 1 m yo'lni t3 = 7,8 s da bosib o'tib, tezlanish a3 ≈ 0,033 ms2 ni tashkil etadi. Tajriba natijalaridan ko'rinadiki, aravachaning massasi m ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
713.85 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:56
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
713.85 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:56 ]
Arxiv ichida: ppt