Одам организмида моддалар алмашуви Reja: I. Kirish 1 ) Moddalar va energiya almashinuvi jarayoniga tashqi muhit ta'siri 2) Ekologik muhit va inson . II Asosiy qism. 1) Organizmda moddalar va energiya almashinuvi 2) Assimulyatsiya va dissimilyatsiya jarayoni. 3) Oqsillar , uglevodlar , yog'lar almashinuvi 4) Vitaminlar almashinuvi . 5) Moddalar almashinuvi jarayonida garmonlar faoliyati . II Xulosa Kirish Har bir tirik organism hayoti, unda kechadigan kimyoviy jarayonlar, modda va energiya almashinuvi tashqi muhit bilan bog'liq . Muhitning ekologik o'zgarishi undagi jarayonlarni buzilishiga turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo'ladi. Har yili yerda taxminan 6 mln. rak hodisasi ro'yhatga olinadi va bu son o'sib bormoqda. Bunday iflos kasalliklar paydo bo'lishining 75-90% I muhitni harxil omillarini ta'siri bilan bog'langan. Onkologik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi sabablar va o'limga olib boruvchi tasodiflari % ko'rinishida quyidagi jadvalda ko'rsatilgan. CHekish 25-40 Dieta 10-70 Ish sharoitlarinining noqulayligi 2-8 Spirtli ichimliklar 24 Havo va suvning ifloslanishi 1-4 Dorivor preparatlar 1-5 Inson paydo bo'libdiki uning hayoti ekologik muhit faktorlari: yorug'lik havo namlik, harorat, bosim va boshqalari bilan bog'liq. Insonlar o'zlaridan chiqadigan turli chiqindilarni havo, suv, tuproqqa tashlaydilar bular esa atrof mmuhitni ifloslaydi. Iflos havodan nafas olgan, suvni ichgan, iflos tuproqda yetishtirilgan sabzavot mevalarning yegan odamlar biz yuqorida aytib o'tgan kasalliklarga duchor bo'ladi. Modda va energiya almashinuvi jarayonlarining organizmda normal kechishi uchun ekologik muhit sog'lomligini doimo ta'minlashimiz kerak. II Asosiy qism 1) Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi,organizimda uning o'zgarishi,hazm qilinishi,hosil bo'lgan qoldiq moddalarning tashqi muhitga chiqarilishi moddalar almashinuvi deb ataladi. Ovqat tarkibidagi organik moddalning kimiyoviy,mehanik,termik o'zgarishi natijasida ulardagi potentsial energiya issiqlik,mexanik va elektr energiyasiga aylanadi. Hosil bo'lgan energiya hisobiga to'qimalarva organlar ish bajaradi,hujayralar ko'payadi, ularning eskirgan tarkibiy qisimlari yangilanadi yosh oganizim o'sadi va rivojlanadi.Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining doimiyligi taminlanadi Shunday qilib, moddalar va energiya almanashinuvi bir biriga chambarchas bog'liq. Tirik organizmda moddalar va energiya almashinuvi uzluksiz davom etibturadi, yani moddalar va energiya almashinuvi tirik organizmning yashash belgisi hisoblanadi. Tirik organizmning fiziologik hususiyati bo'lgan bu jarayonlar materiya va energiyaning saqlanish qonuni asosida o'tadi. Bunda moddalar va energiya yo'qolmaydi, balki bir turdan ikkinchi turga aylanadi. 2.Moddalar almashinuvi bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lgan ikki jarayon,yani assimilyatsiya va dissimilyatsiya orqali o'tadi. Bular anobolizm va katobolizm deb ham ataladi. Ovqat moddalari tarkibiy qisimlarining hujayralarga o'tishi assimilyatsiya yoki anabolizm debataladi. Bu jarayon natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko'payadi. Organizm qancha yosh bo'lsa, unda assimilyatsiya jarayoni shuncha faol o'tadi. Bu esa yosh organizmning o'sishi va rivojlanishini ta'minlaydi Hujayralar eskirgan tarkibiy kismlarining parchalanishi ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.94 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:59
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.94 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:59 ]
Arxiv ichida: doc