o'g'itlarning yillik normasi, dozasi, tuproqka solish usullari va muddatlari Reja: 1. o'g'itlarning tuproqka solish usullari va mudatlari. o'g'itlarning yillik normasi va dozasi. 2. o'g'itlarni xaydov ostiga solish. Xaydov ostiga solinadigan asosiy o'g'itlarning normalari. 3. o'g'itlarni ekish bilan birga solish. 4. o'simliklarni usuv davrida oziqlantirish. Kator orasiga solinadigan o'g'itlarning tarkibi va normasi. 5. o'g'itlarni donadorlashtirish va uning ahamiyati. 6. Mineral o'g'itlardan foydalanishni rejalatishrish va o'g'itlash normasini belgilash. 7. Tayanch iboralar 8. o'z-o'zini tekshirish uchun savollar 9. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. o'g'itlarning tuproqka solish usullari va mudatlari. o'g'itlarning yillik normasi va dozasi. o'g'itlarni tuproqka solishning uch xil usuli bo'ladi. 1. Ekishgacha (asosiy o'g'itlash) 2. Ekish vaqtida (katorlarga, uyalarga, chuqurlarga) 3. Ekishdan keyin (vegetatsiya davrida oziqlantirish). o'g'itlarni bir necha muddatlarda solinadi. 1. Kuzda (xaydov ostiga) 2. bahorda (ekishdan oldin va ekish bilan) 3. Yozda (oziqlantirishda). o'g'itlarni plugning ostiga, kultivator - oziklantirgichlar bilan va diskali boronalar bilan solinadi. o'g'itlarni xaydov ostiga solish uchun traktorlarga osib ishlatiladigan agregatlar bilan tuproq yuzasiga sepiladi va plug bilan 35-40 sm chukulikka agdarib xaydaladi. o'g'itlarni ekish bilan birga va oziqlantirish davrida kultivator ozikantirgichlar bilan tuproqning maxlum bir chuqurligiga solinadi. o'g'itlarning yillik normasi bu qishloq xo'jalik ekinlariga ishlatiladigan o'simliklarning butun vegetatsiya davri uchun mo'ljallangan o'g'itlarning umumiy miqdoridir. Bu norma bir gektar yerga solinadigan o'g'itlarning kg hisobidagi miqdoridir. o'g'itlarning dozasi bu qishloq xo'jalik ekinlarini bir marta oziqlantirishda sarf buladigan o'g'itlar miqdori bo'lib, xar gektarga kg hisobida belgilanadi. o'g'itlarning tuproqka shunday solish keraki, ular usuv davri eng ko'p miqdorda o'simliklarga uzlashadigan bulsin. Ildiz sistemasining rivojlanadigan qatlamda bo'lib, tuproq bilan kamrok boglansin. tuproqning chuqurrok nam qatlamiga solingan o'g'itdan o'simliklar butun vegetatsiya davrida yaxshi foydalanadi. Mexanik tarkibi yengil tuproqlarda o'g'itlarni mexanik tarkibi ogir tuproqlarga nisbatan chuqurrokka solish kerak. o'g'itlarni chuqurokka solishda ularni tuproq qatlamlari buylab harakatlanishini xam hisobga olish lozim. Nam iqlimli mintaqalardagi mexanik tarkibi yengil tuproqlardan sezilarli darajada yuviladi. Nitratlarning ko'p yuvilishi tuproq yuzasini o'simliklar koplamagan paytda, erta bahorda va kech kuzda sodir bo'ladi. Issik iqlimli mintaqalarda sugorilib dehqonchilik kilinadigan mintaqalarda azotli o'g'itlar solinib, ekinlar sugorilib bo'lgandan keyin tuproqdagi kapillyar naychalarning tiklanishi va parchalanishi oibatida egatlarning yon boshida va pushtaga nitratlarning kutarilishi ruy beradi. Fosforli o'g'itlar solingan qatlamda turadi, ular tuproq qatlamlari buylab, deyarli harakatlanmaydi. Kaliy to'g'risida xam shunday xulosaga kelish mumkin. Chunki kaliy xam almashinuvchi arakterda tuproqka singdiriladi va u boglangan tuproqlarda yaxshi tutib turiladi. Bunday jarayonlar ayniqsa kislotali muhitga ega bo'lgan podzol, chimli podzol tuproqlarda kuchli sodir bo'ladi. Chunki bu tuproqlara ko'p miqdorda temir va alyuminiy oksidlari bo'lib, ular bilan temir va ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.63 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.63 KB
Ko'rishlar soni
148 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:56 ]
Arxiv ichida: doc