Olamning hozirgi zamon fizik tasavvuri Reja: 1. Modda va maydon. Moddaning atom-molekulyar tuzilishi, atom yadrosi, kvarklar. 2. Elementar zarralar (maydon kvantlari, leptonlar, adronlar) va ularning bir-biriga aylanishi. 3. Kuchli, elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion o'zaro ta'sirlar. 4. Bosqichma-bosqich o'zaro ta'sirlashish. Materiyaning yagona nazariyasi haqida. 5. Olamning fizik tasavvuri falsafiy kategoriya sifatida. 1. Modda va maydon. Moddaning atom - molekulyar tuzilishi, atom yadrosi, kvarklar. Oliy texnika o'quv yurtlarida Fizika kursini o'qitishning eng muhim vazifalaridan biri bo'lg'usi injener, mexanik va boshqa ixtisos bakalavrlarida olamning hozirgi zamon fizik manzarasini shakllantirishdir. Bizni o'rab olgan moddiy olam - tabiat bizning ongimizga bog'liq bo'lmagan obyektiv borliq, real mavjudot - materiyadan tashkil topgan. Materiya ikki turda - modda va maydon ko'rinishlarida yashaydi. Modda tinchlikdagi massaga ega bo'lgan materiya turi bo'lib, oxir-oqibatda tinchlikdagi massasi nolga teng bo'lmagan elementar zarralar (elektron, proton va neytronlar) yig'indisiga keltiriladi. Fizik maydonlar materiyaning maxsus shakli bo'lib, erkinlik daraja soni cheksiz fizik sistemadir. Tabiatda to'rt xil fizik maydon mavjud: gravitatsion, elektromagnit, yadroviy va kuchsiz o'zaro ta'sir maydonlari. Maydonlar zarralar o'zaro ta'sirini uzatuvchi fazoning maxsus uyg'ongan holatigina bo'lib qolmasdan, ularni vujudga keltirgan zarralardan mustaqil holda ham mavjud bo'la oladi (masalan, elektromagnit to'lqinlar). Tajribalar ko'rsatadiki, maydon energiyasi va impulsi diskret o'zgaradi, ya'ni har bir fizik maydonga ma'lum elementar zarralar - maydon kvantlari mos keladi (masalan, elektromagnit maydonga - fotonlar, yadroviy maydonga - , K- mezonlar va glyuonlar, gravitatsion maydonga - gravitonlar, kuchsiz o'zaro ta'sir maydoniga - W va Zo oraliq bozonlar). Modda atom va molekulalardan tashkil topgan. Ular mikrodunyoning (xarakterli chegarasi 10-18 m R ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.57 KB
Ko'rishlar soni
221 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
89.57 KB
Ko'rishlar soni
221 marta
Ko'chirishlar soni
46 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:00 ]
Arxiv ichida: doc