O'lchamlar zanjirini hisoblash

O'lchamlar zanjirini hisoblash

O'quvchilarga / Fizika
O'lchamlar zanjirini hisoblash - rasmi

Material tavsifi

1. O'lcham zanjirlarining sxemasini tuzish. 2. Berkituvchi zvenoning yoyilish maydonini (dopuskini) hisoblash. 3. Berkituvchi zvenoning yoyilish maydonini (dopuskini) hisoblash. Reja: Mavzu: O'lchamlar zanjirini hisoblash 1-rasm. O'lcham zanjirlarining turlari 2-rasm. Yassi o'lcham zanjirini chiziqli o'lcham zanjiriga keltirish 3-rasm. O'lcham zanjirlarini tuzish 4-rasm. Amaliy hisoblashlarda o'lchamlarning yoyilish egri 5-rasm. Gauss simmetrik egri chizig'i yoyilish maydoni o'rtasining koordinatasi Yec0 va to'planish markazining koordinatasi YemA0 O'lcham zanjirlari va zvenolari. O'lcham zanjiri deb, alohida detallarning yoki yig'ma birliklarning bir nechta detallari sirtlarining va o'qlarining o'zaro joylashishini aniqlovchi, berk kontur bo'yicha joylashgan o'lchamlarning yig'indisiga aytiladi (1-rasm, a). Konstruktorlik o'lcham zanjiri mahsulotdagi detallarning sirtlari yoki sirtlarining o'qlari ora-sidagi masofani yoki nisbiy buri-lishni aniqlaydi (1-rasm, b-g). Texnologik o'lcham zanjiri ishlov berish yoki yig'ish operatsiyasini bajarishda, dastgohni sozlashda yoki operatsiyalararo o'lchamlar yoki qo'yimlarni hisoblashda buyumning sirtlari ora Odatda, berkituvchi (boshlang'ich) zvenoning o'lchami detalning chizmasida ko'rsatilmaydi. Yig'ish o'lcham zanjirlarida to'g'ri yoki burchak o'lchamlari berkituvchi zveno bo'lishi mumkin va ularni texnik shartlarda ko'rsatib o'tiladi. O'lcham zanjirining tashkil etuvchi zvenosi o'sib borishi bilan berkituvchi zveno ham o'sib borsa, bunday tashkil etuvchi zvenoni o'sib boruvchi zveno deb ataladi va belgi bilan belgilanadi. tashkil etuvchi zvenoning o'sib borishi bilan berkituvchi zveno kamayib borsa, bunday tashkil etuvchi zvenoni kamayuvchi zveno deb ataladi va bilan belgilanadi.sidagi masofani aniqlaydi (1-rasm, d). O'lcham zanjirlarining sxemasini tuzish. O'lchamlarning joylashishiga qarab o'lcham zanjirlari quyidagilarga bo'linadi: chiziqli o'lcham zanjirlari, burchakli o'lcham zanjirlari, yassi o'lcham zanjirlari, fazoviy o'lcham zanjirlari (fazoviy bo'lmagan tekisliklarda zvenolar joylashgan). 2-rasmda yassi o'lcham zanjirlari keltirilgan. Qo'yilgan masalaga qarab, o'lcham zanjirining berkituvchi (boshlang'ich) zvenosi aniqlanadi. Odatda, ikki sirt (ularning o'qi) orasidagi masofa yoki ularning nisbiy burilishi berkituvchi zveno bo'la oladi. O'lcham zanjirlarining sxemasini tuzishda berkituvchi zveno bilan chegaradosh bo'lgan sirtlarning biridan boshlanadi va berkituvchi zvenoning ikkinchi chegaradosh bo'lgan sirtigacha davom etadi. Texnologik o'lcham zanjirlarida berkituvchi zveno qilib odatda, xomakiga ishlov berish uchun qoldirilgan qo'yim qatlami olinadi. O'lcham zanjirlarini hisoblash. O'lcham zanjirlarini hisoblashning maqsadi quyidagi ikkita masalalardan birini yechishdir. Berkituvchi zvenoning yoyilish maydonini (dopuskini) hisoblash. Teskari (tekshiruvchi) masalani yechishda o'lcham zanjirining A0 berkituvchi zvenosining nominal o'lchamlarini tashkil qiluvchi Ai zvenolarning nominal o'lchami bilan bog'liqligini ifodalovchi tenglamadan foydaniladi yoki har qanday sondagi zvenoli chiziqli o'lcham zanjiri uchun umumiy ko'rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: bu yerda m-umumiy zvenolar soni (berkituvchi zveno ham kiradi); n- o'suvchi zvenolar soni. Ehtimollik usuli bilan berkituvchi zvenoning yoyilish maydonini (dopuskni) hisoblash (teskari masala). Berkituvchi zveno o'lchamining yoyilish maydoni 0 yoki uning dopuski TA0 quyidagicha aniqlanadi: bu yerda t - tavakallik (himoyalash) koeffitsenti, berkituvchi zvenoning o'lcham dopuski chegarasidan chetga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 542.84 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:56 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 542.84 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga