O'lchash hatoliklari va ularni baholash

O'lchash hatoliklari va ularni baholash

O'quvchilarga / Fizika
O'lchash hatoliklari va ularni baholash - rasmi

Material tavsifi

O'lchash xatoliklari va ularni baholash Reja: 1. O'lchash xatoliklari va o'lchov asboblari haqida umumiy tushunchalar. 2.O'lchash xatoliklari va ularni baholash. 3.O'lchov vositalarining statik va dinamik tavsiflari. 4.O'lchov asboblarining ishonchliligi. Tayanch iboralar: O'lchash xatoligi, absolyut xatolik, muntazam xatolik, instrumental xatolik, variatsiya koeffitsenti, asbobning sezgirligi, sezgirlik chegarasi, shkala bo'linmasining qiymati, ishonchlilik, buzilish chastotasi. 1. O'lchash xatoliklari va o'lchov asboblari haqida umumiy tushunchalar Kattalikning o'lchash usuli bilan topilgan usuli bilan topilgan qiymati o'lchash natijasi deyiladi. O'lchash natijasi bilan o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farq o'lchash xatoligi deyiladi. O'lchanayotgan kattalik birliklarida ifodalangan o'lchash xatoligi o'lchashning absolyut xatoligi deyiladi. (1) bunda - absolyut xatolik; X - o'lchash natijasi; - o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati. O'lchash absolyut xatoligining o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga nisbati o'lchashning nisbiy xatoligi deyiladi. O'lchash xatoliklari ularning kelib chiqishi sabablariga ko'ra muntazam, tasodifiy va qo'pol xatoliklarga bo'linadi. Muntazam xatolik deyilganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o'lchanganda o'zgarmas bo'lib qoladigan yoki biror qonun bo'yicha o'zgaradigan o'lchash xatoligi tushuniladi. Instrumental xatolik deyilganda qo'llanayotgan o'lchov asboblari xatoliklariga bog'liq bo'lgan o'lchash xatoliklari tushuniladi. Tasodifiy xatolik deganda faqat bitta kattalikni qayta-qayta o'lchash mobaynida tasodifiy o'zgaruvchi o'lchash xatoligi tushuniladi. Qo'pol xatolik deganda berilgan shartlar bajarilganda kutilgan natijadan tubdan farq qiladigan o'lchash xatoligi tushuniladi. Kattalikning sanoqqa ko'ra topilgan qiymati o'lchov asbobining ko'rsatishi deyiladi. Asbobning ko'rsatishi va o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farq o'lchov asbobining xatosi deyiladi. O'lchov asbobining absolyut xatoligi deb shu asbobning ko'rsatishi bilan o'lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farqqa aytiladi. Agar bilan sanoq ko'rsatishidagi qiymatni ifodalab, bilan haqiqiy qiymatni belgilasak, quyidagi formuladan absolyut xatolikni topamiz. (2) Absolyut xatolikning kattalik haqiqiy qiymatiga nisbati nisbiy xatolik deb ataladi. (3) Odatda, Xnx -haqiqiy qiymat va Xn -topilgan qiymatlarga nisbatan «X» juda kichik bo'ladi, shuning uchun quyidagi formulani yozish mumkin: (4) Kattalikning asl qiymatini aniqlash uchun o'lchov asbobining ko'rsatishiga to'zatish kiritiladi. Uning son qiymati teskari ishora bilan olingan absolyut qiymatiga teng: d = Xnx - Xn yoki D = - X (5) Asbobning xatoligi shkala diapazonining foizlarida ifodalanadi. Bunday xatoliklar keltirilgan xatolik deyiladi va absolyut xatolikning diapozoniga bo'lgan nisbatiga teng bo'ladi, ya'ni (6) N - asbobning o'lchash chegarasi. xatolik qiymati o'lchash asbobi aniqligini, demak, o'lchash natijasini ham tavsiflaydi. O'lchov aniq bo'lishi uchun, xatosi kichiq bo'lgan asboblardan foydalanish kerak. Ammo xatosiz asboblar tayyorlash mumkin emas. xatosi kichik bo'lgan asboblar murakkab bo'lib, ularning bahosi qimmat. Bu asboblar bilan ishlash paytida katta ehtiyotkorlik talab qilinadi. Texnikaviy o'lchashlar uchun muayyan belgilangan qiymatdan oshmaydigan, yo'l qo'yiladigan xatosi bor asboblardan foydalaniladi. Asbob ko'rsatishining standartlar yo'l qo'yadigan eng katta xatosiga yo'l ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.4 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.4 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga