Optika fanining rivojlanish tarixi KIRISH. Reja: a) Optikaning ilm fan va texnika taraqqiyotidagi roli. b) Optika sohasidagi nazariyalar, taraqqiyotdagi bosh davrlar. v) Hozirgi kunda optikaning o'rni. Xulosa. OPTIKA Optika - grekcha (optiks) - ko'rish degan ma'noni bildiradi. Optika fizikaning yorug'lik tabiati, uning qonuniyatlari modda bilan ta'siri protsesslarini o'rganadigan bo'limidir. Optika yorug'lik to'g'risidagi fan bo'lib, elektromagnit to'lqinning juda qisqa kam sohasini tashkil etadi. Tabiy yorug'lik manbai quyoshdir. Yorug'lik to'g'risidagi fan ham quyosh kabi qadimiydir (optika-ko'rish). Optika ya'ni yorug'lik haqidagi birinchi ta'limot nima uchun odam o'z atrofidagi narsalarni ko'radi degan savolga javob berishga urinishlar natijasida vujudga kelgan. Bu yorug'lik haqidagi ta'limot, fizikaning boshqa bo'limlari bilan uzviy bog'lanishdadir. Optik hodisalarni chuqur o'rganish fizikani boshqa bo'limlarini rivojlanishi uchun zamin yaratdi. Masalan: atom va molekulalar tuzilishi haqidagi zamonaviy nazariya spektroskopiya sohasidagi kashfiyotlar natijasida yuzaga keldi. Fizika texnika bilan zich aloqadorligi tufayli texnikaning ko'p sohalarida optikadan foydalaniladi. Masalan: fotografiya, kino, televedenie va x.k. Fizikaga yaqin bo'lgan boshqa tabiiy fanlar - biologiya, ximiya va astronomiyada ilmiy ko'zatish va analizning optik metodlarini qo'llash natijasida keyingi yillarda katta yutuqlarga erishildi. Gyugens Xristian (1629-1695) Keyingi yillarda optika sohasida yirik kashfiyotlar qilindi. V.A.Fabrikant, Basov N.G., A.M.Proxorov, Ch.Tauns va boshqalar tomonidan yorug'likning yangi xossalari payqaldi va uning yangi manbalari-lazerlar-optik kvant generatorlari (OKG) yaratildi. Bu yorug'lik manbalari optikaning qo'llanilish chegarasini fizika va texnikada yanada kengaytirdi. Yaqin kelajakda yorug'lik nuri faqat yerda emas, balki kosmik masshtabda aloqaning asosiy kanali bo'lib qoladi. Optikaning ana shu yutuqlarga olib kelgan uning asosiy qonun qoidalarini qarashdan oldin uning fan sifatida rivojlanishini tasdiqlovchi tarixiy faktlarga qisqacha to'xtalib o'tamiz. Yorug'likning tabiati va uning tarqalish qonunlari haqidagi masala qadimgi grek faylasuflari tomonidan o'rtaga tashlangan edi. Bizning eramizdan 300 yil oldin yozilgan «Optika» va «Katoptrika» (Yorug'likning qaytishi) nomli asarlarda ko'rish nurlari haqida ma'lumot berilgan. Go'yo bu nurlar ko'zdan chiqib xuddi barmoqlarga o'xshab jismni ushlab ko'rgandek bo'lar emish va bizga xabar berar emish. Albatta bunday nazariya tajribada isbotlanmadi va uning noto'g'riligi aniqlandi. Yorug'likning sinish qonunining aniq ifodasini grek faylasuflari topolmadilar. Ptolomey o'z zamonasiga xos aniqlikda tajriba o'tkazib yorug'likning tushish burchagi α ning turli qiymatlarda sinish burchagi r ning qiymatlarini o'lchab quyidagi xulosaga keldi. Ptolomey tajribalarida yorug'likning tushish burchagi katta bo'lgan xollarda bajarilmaydi. Shunday qilib yorug'likning sinish qonuni Ptolomey tomonidan uzil-kesil hal etilmadi. Yorug'likning tushish va sinish burchagi o'rtasidagi proporsionallikning yo'qligi XI asrda Arab olimi Haysam Abu Ali tomonidan aniqlandi. Bundan tashqari bu olim ko'rsatdiki, tushuvchi nur, singan nur va tushish nuqtasidan r muhit chegarasiga o'tkazilgan normal (N) bir tekislikda yotadi. XVII-asrning boshida mikroskop ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
370.48 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:00
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
370.48 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:00 ]
Arxiv ichida: pptx