Optikaga oid umumiy ma'lumotlar. Optika sohasidagi nazariyalar taraqqiyotidagi bosh davrlar Reja: Kirish 1. Optikaning rivojlanish tarixi 2. Optika sohasidagi nazariyalar, taraqqiyotdagi bosh davrlar 3. Hozirgi kunda optikaning o'rni 4. О'zbekistonlik va chet ellik olimlarni optika sohasida qilgan va qilayotgan ishlari xususan kafedrada Xulosa Optika, ya'ni yorug'lik haqidagi birinchi ta'limot, nima uchun odam o'z atrofidagi narsalarni ko'radi degan savolga javob berishga urinishlar natijasida vujudga kelgan (Optika grekcha so'z bo'lib, «Opticos» - ko'raman degan ma'noni anglatadi). Ushbu qo'llanmada eng avvalo yorug'lik manbalariga qisqacha to'xtalishni o'rinli deb o'yladik. «Yorug'lik - kishining eng nozik, universal va kuchli sezgi organi - ko'zning ishlashi uchun zarur bo'lgan shartdir. Tun kishini bu organdan foydalanishdan mahrum qilib, aktiv hayotni passiv hayotga aylantiradi. Sun'iy yorug'likning roli - kishi ongining samarali, bardam ishlashini to'xtatmaslikdan iboratdir. Yorug'lik, aslini olganda, kishini ongli hayotini uzaytiradi, yorug'likning buyuk ahamiyati ham avvalo, ana shunda. Turli jismlardan yorug'lik chiqib ko'zimizga tushgandagina biz bu jismlarni ko'ramiz. Ba'zi jismlarni biz atrofimiz yorug' yoki qorong'i bo'lishidan qat'iy nazar ko'raveramiz. Chunki bu jismlarning o'zlari atrofdagi muhitga nur sochadi. Bunday jismlar yorug'lik manbalari deb ataladi. Ko'pchilik jismlarni esa ularni yorug'lik manbalari yoritgandagina ko'raolamiz. Yorug'lik manbalarini ikkiga, ya'ni tabiiy va sun'iy manbalarga bo'lish mumkin. Yorug'likning tabiiy manbalaridan biz uchun eng ahamiyatlisi Quyoshdir, chunki Quyoshdan chiqayotgan yorug'lik hozirgi vaqtda insoniyat ixtiyorida bo'lgan energetik zahiralardan ko'pchiligining bosh manbai hisoblanadi. Quyoshdan chiqayotgan nur yer yuzidagi butun tirik organizmlarning - o'simlik, hayvonot va kishilarning hayot manbaidir. Yorug'likning insoniyat o'z taraqqiyoti davomida bilib olgan va hozirgi kunda ham hammamizga uchrab turadigan sun'iy manbalari (gulxan, gugurt, sham, kerosin lampa va elektr lampalari), Quyosh singari doim issiq bo'ladi. Bu manbalardan qizdirilgan holdagina yorug'lik chiqadi. Shuning uchun ular yorug'likning issiq manbalari deyiladi. Hozirgi texnikaga va turmushga yorug'likning issiq manbalari bilan bir qatorda, yorug'likning yangi xil manbalari ham tobora keng kirib bormoqda; bularda gazlardan o'tayotgan elektr toklarining ta'siri natijasida gazlarning shu'lalanishidan foydalaniladi. Shu'lalanish vaqtida bunday lampalardagi gazning temperaturasi deyarli o'zgarmaydi desa bo'ladi. Shuning uchun ularni, ba'zan, «sovuq yorug'lik» manbalari deb ataydilar. Bunday manbalar elektr chug'lanma lampalarga nisbatan ancha tejamlidir. Optika - fizikaning bo'limi bo'lib, yorug'likning fizik tabiatini va xossasini hamda moddalar bilan o'zaro ta'sirini o'rganadi. Bu yorug'lik haqidagi ta'limot, fizikaning boshqa bo'limlari bilan uzviy bog'lanishdadir. Optik hodisalarni chuqur o'rganish fizikaning boshqa bo'limlarini rivojlanishi uchun zamin yaratdi. Masalan: atom va molekulalar tuzilishi haqidagi zamonaviy nazariya spektroskopiya sohasidagi kashfiyotlar natijasida yuzaga keldi. Fizikaning texnika bilan uzviy aloqadorligi tufayli texnikaning ko'p sohalarida optikadan foydalaniladi. Masalan: fotografiya, kino, televideniye va h.k., fizikaga yaqin bo'lgan boshqa ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.38 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.38 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:00 ]
Arxiv ichida: doc