Oqsillar va peptidlarning uchlamchi va to'rtlamchi tuzilishi Reja Oqsillar va peptidlarning uchlamchi tuzilishi. Oqsillar va peptidlarning to'rtlamchi tuzilishi. Fibrillyar va globulyar oqsillar. Oqsillarning uchlamchi strukturasi. Ikkilamchi strukturaning u yoki bu elementi mavjud bo'lgan polipeptid zanjiri fazoda malum bir ko'rinishga ega bo'lishi mumkin. Bunda aminokislota qoldiqlarining polipeptid zanjirlarini bukilgan joylaridagi yon radikallari o'zaro ta'sirlashib ixcham struktura hosil qiladi. Oqsillar va peptidlarning bunday tuzilishiga uchlamchi struktura deyiladi. Ko'pchilik oqsillarning uchlamchi strukturasi bilan fazoviy strukturasi ekvivalent bo'ladi. Uchlamchi strukturaning barqarorlashuvida vodorod bog'lar katta ahamiyatga ega. Vodorod bog'lar harakatchan vodorod atomi va geteroatom orasida, hamda aksariyat holda vodorod atomi va kislorod atomi o'rtasida hosil bo'ladi. Oqsillarning fazoviy tuzilishida peptid asosining CO va NH guruhlari o'rtasidagi vodorod bog'lar katta ahamiyatga ega. Qutbsiz muhitda CO--NH vodorod bog'ining energiyasi 16,7 kJni tashkil qiladi. Muhitning qutbliligi ortishi bilan bu energiya kamayadi. Bundan tashqari yon zanjirdagi funksional guruhlar hisobiga ham vodorod bog'lar hosil bo'lishi mumkin. Oqsillar va peptidlarning uchlamchi tuzilishi turli atomlar orasidagi valent bo'lmagan o'zaro ta'sir bilan ham belgilanadi. Bularga van-der-vaals, elektrostatik yoki ion, ion-dipol, dipol-dipol, gidrofob, vodorod bog'lar va o'zaro torsion ta'sirlar kiradi. Gidrofob o'zaro ta'sirni tabiati biroz murakkabroq. Suvli eritmalarda qutbsiz o'rinbosarlar suv molekulalari tomonidan siqib chiqariladi. Natijada bunday o'rinbosarlar minimum energiyaga ega bo'lgan klasterlar ko'rinishida yigiladi. Van-der-vaals o'zaro ta'sir atomlarning dispersion tortishish kuchlari va ularning elektron qobiqlarini o'zaro itarilish kuchlaridan kelib chiqadi. Har bir ta'sirlashuv 0,42 kJG'mol energiyaga ega. Shuday bo'lishiga qaramasdan van-der-vaals o'zaro ta'sirlashuvning soni ko'p bo'lganligi uchun oqsil va peptidning fazoviy strukturasini tashkil qilishda muhim o'rin tutadi. Ion yoki elektrostatik o'zaro ta'sir aminokislota qoldiqlaridagi ionogen funksional guruhlar hisobiga vujudga keladi. Bunday guruhlarga avvalo qo'shimcha karboqsil va aminoguruhlar kiradi. Ion bog'larning energiyasi 42 kJ-molga etadi. Ion bog'lar molekula ichida yoki molekulalararo bo'lishi mumkin. Lekin ion bog'larning miqdori oqsilda nisbatan kam bo'ladi. Ion bog'lar bir-biriga tortiluvchi guruhlar, masalan tuz hosil qiluvchi guruhlar orasida hosil bo'ladi. Ion-dipol va dipol-dipol elektrostatik o'zaro ta'sirlashuv ham ayni tabiatga ega. O'zaro torsion ta'sir birlamchi bog'ning aylanishi bilan bog'liq. Biror guruhning birlamchi bog' atrofida burilishi ushbu bog'ning elektron strukturasini o'zgartirishi va qarshi ta'sir keltirib chiqarishi mumkin. Torsion kuchlar nisbatan kuchsizdir, lekin oqsillar va peptidlarning tuzilishini tahlil qilganda ularni hisobga olish zarur. Uchlamchi strukturani belgilovchi omillardar yana biri disulfid bog'lar hisoblanadi. Bunday bog'lar bitta polipeptid zanjiri ichida yoki boshqa-boshqa zanjir orasida hosil bo'ladi. Disulfid bog'lar vazopressin, oksitotsin, insulin, lizotsim, keratin kabi ko'plab peptidlar va oqsillarda uchraydi. Oqsillarni uchlamchi strukturasini aniqlashning eng asosiy metodi rentgenostruktura analizi (RSA) hisoblanadi. Buning uchun oqsilning monokristallini olish ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.34 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.34 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:00 ]
Arxiv ichida: doc