Oqsillarning birlamchi tuzilishi

Oqsillarning birlamchi tuzilishi

O'quvchilarga / Fizika
Oqsillarning birlamchi tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Oqsillarning birlamchi tuzilishi Reja -aminokislotalarning sinflanishi. -aminokislotalarning olinishi. Oqsillarning birlamchi tuzilishi. Oqsillarning struktura elementini -aminokislotalar, yoki 2-aminokarbon kislotalarning qoldiqlari tashkil qiladi. -aminokislotalar bir-biridan yon zanjirdagi o'rinbosarlari bilan farq qiladi. Deyarli barcha oqsillar va peptidlar 20 ta (bazi ma'lumotlarga ko'ra 22 ta) -aminokislotadan tashkil topadi. Bulardan 8tasi (jadvalda ajratib ko'rsatilgan) almashinmaydigan aminokislotalar deyiladi. Organizm ularni tashqaridan oladi. Qolgan aminokislotalar bevosita organizmda hosil bo'ladi. Bundan tashqari oqsillar va peptidlar tarkibida tsisteinning hosilasi tsistin uchraydi. Tsistin ikki molekula tsisteinning sulfgidril (tiol) guruhlar bo'yicha disulfid bog' orqali bog'lanishidan hosil bo'ladi. -aminokislotalar yon zanjirdagi funksional guruhlar tabiatiga ko'ra ikkiga bo'linadi: 1) gidrofob guruhli aminokislotalar, 2) gidrofil guruhli aminokislotalar. 1-guruhga 8ta aminokislota, shu jumladan 6ta ochiq zanjirli va 2ta aromatik qoldiq tutuvchi aminokislota kiradi. Asparagin va glutamin kislotalari aminodikarbon kislotalar qatoriga kiradi. rNq7da ular manfiy zaryadga ega. Lizin, arginin va gistidin diaminomonokarbon kislotalar hisoblanib, rNq7da musbat zaryadga ega. Ishqoriy sharoitda tirozin va tsisteinning yon guruhlari manfiy zaryadlanishi mumkin. 20 ta aminokislotadan tashqari ayrim oqsillar tarkibida ushbu aminokislotalarning hosilalari ham uchraydi. Masalan, kollagenning fibrillyar oqsilida va bazi o'simlik oqsillari tarkibida 5-gidroqsilizin uchraydi. Fosfoproteinlar O-fosfoserin, bazan O-fosfotirozin tutishi mumkin. Shuningdek, ayrim polipeptid antibiotiklarda D- konfiguratsiyaga ega bo'lgan kamyob aminokislotalar ham uchraydi. Aminokislotalar suvda nisbatan yaxshi eriydi. Uglevodorod zanjirining kattalashib borishi bilan aminokislotalarning suvda eruvchanligi kamayib, spirtda eruvchanligi ortadi. Masalan, 100 gr. suvda L-alaninning eruvchanligi 16,65 gr. bo'lsa, L-valinning eruvchanligi 9,1 gr. ga teng. 20 ta aminokislotadan birortasi spektrning ko'rinadigan sohasida nur yutmaydi. Tirozin, fenilalanin, ayniqsa triptofan uchun UB sohada yutilish maksimumlari xosdir(260-280 nm). Tsistin esa 240 nmda nurni kuchsiz yutadi. -aminokislotalarning asosiy manbai oqsillar hisoblanadi. Hozirda tabiiy materiallardan 200ga yaqin aminokislotalar ajratib olingan. Aminokislotalarni ajratib olish usuli ularni oqsil tarkibida qanday holatda bo'lishiga bog'liq. Erkin, yani bog'lanmagan aminokislotalarni odatda 75-80 %li metanol yoki etanol yordamida ajratib olinadi. Shuningdek aminokislotalarni ajratib olishda 5 %li CF3COOH dan ham foydalaniladi. Bundan tashqari aminokislotalarni ajratib olishda suv, kislotalai atseton va suyultirilgan sirka kislotadan ham foydalanish mumkin. Bog'langan aminokislotalarni ajratib olish uchun dastlab oqsillar gidroliz qilinishi kerak. Gidroliz kislotali sharoitda, masalan, 20 % li xlorid kislota, 30 % li sulfat kislota, yoki ishqoriy sharoitda, masalan, 5 n. li natriy gidroksid, 14% li bariy gidroksid eritmalari yordamida, hamda fermentativ usul bilan olib boriladi. Oqsillar gidroliz qilinganda aminokislotalar aralashmasi hosil bo'ladi. Oqsillarning kislotali gidrolizi maqbulroqdir, chunki ishqoriy gidroliz jarayonida aksariyat aminokislotalar, parchalanib ketadi. Oqsillar va peptidlarning kislotali gidrolizi odatda kavsharlangan ampulada, vakuum sharoitida yoki inert gaz muhitida 24 soat davomida 20 %li xlorid kislota bilan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 606.74 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 606.74 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga