O'quvchilarni fizikadan o'quv va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga o'rgatish REJA: I.KIRISH. 1. MUSTAQIL ISHLAR VA ULARNING TA'LIM TARBIYADAGI AHAMIYATI. II.ASOSIY QISM: 1. MUSTAQIL ISHLARNING TURLARI. 2. O'QUVCHILARNI DARSLIK BILAN ISHLASHGA O'RGATISH. 3. O'QUVCHILARNI ILMIY OMMABOP ADABIYOTLAR BILAN ISHLASHNI tashkilLASHTIRISH. 4, O'QUVCHILARNING FIZIKADAN MUSTAQIL UY ISHLARINI tashkilLASH. II.XULOSA. IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. INTERNET MA'LUMOTLARI. Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o'sib, ulg'ayib, qanday inson bo'lib hayotga kirib borishiga bog'liqdir. Biz bunday o'tkir haqiqatni aslo unutmasligimiz kerak. I.A.Karimov. O'quvchilarning mustaqil ishlari deganda o'qituvchi topshirig'ini maxsus ajratilgan vaqt ichida o'quvchilar bajarishi tushiniladi. Bu vaqt ichida o'qituvchi kuzatib, rahbarlik qilib turadi. Fizikani fanini o'qitish jarayonida o'quvchilar tomonidan quyidagicha mustaqil ishlari bajarishlari mumkin. O'quv va ma'lumotnoma, adabiyotlar bilan ishlash. Masala yechishda turli ish shakllari. Labaratoriya amaliy ishlar. Qidiruv elementiga ega bo'lgan frontal tajribalar. Tarqatma materiallar bilan ishlash. Kinetik sxemalar bilan ishlash, O'rtoqlarining javoblari va chiqishlarini taqriz qilish, axborot va referatlar tayyorlash, tajribalarni kuzatish va undan hulosalar chiqarish. Asbob va ko'rgazmalar tayyorlash va hk. Mustaqil ish qanday bo'lishidan qat'iy nazar rahbarlik rolini o'qituvchi bajaradi. Shuning uchun o'quvchilarni mustaqil ravishda ta'lim olishlarini rejalashtirishtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg'ulotlarida talabalarni o'qitish bilan bir qatorda ularni ko'proq o'qishga o'rgatish, bilim olish yo'llarini ko'rsatish, mustaqil ta'lim olish uchun yo'llanma berish, umum ta'lim maktablarining ham asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, o'quvchi mustaqil ravishda shug'ullansa va o'z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o'zlashtirishi mumkin. O'quvchilarning asosiy bilim, ko'nikma va malakalari mustaqil ta'lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko'rsatish qobiyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo'ladi. O'quvchilarning mustaqil iahi - muayyan fandan o'quv dasturida belgilangan bilim, ko'nikma va malakaning ma'lum bir qismini talaba tomonidan fan o'qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o'zlashtirilishiga yo'naltirilgan faoliyatdir. Avvalo o'quvchilarni mustaqil ta'lim olishga ruhan tayyorlash zarur.Shuning uchun har bir o'qituvchi dastlab talabada o'z qobiliyatlari va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg'otishi,ularni sabr toqat bilan,bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishlarini to'g'ri tashkil qilishga o'rgatib borishi lozim bo'ladi. Fizika o'qitish jarayonida o'quvchilar tomonidan quyidagicha mustaqil ishlar bajarilishi mumkin: -O'quv va ma'lumotnoma adabiyotlari bilan ishlash -Masala yechishda turli ish shakllari -Labaratoriyadagi ishlar -Tarqatma materiallari bilan ishlash -Sxemalar bilan ishlash -Asbob va ko'rgazmalar tayyorlash Mustaqil ish qanday bo'lishidan qat'iy nazar rahbarlik rolini o'qituvchi bajaradi.U mustaqil ish hajmini va mazmunini,darsdagi o'rnini,uslubini aniqlaydi,vazifa tuzadi,o'quvchilarga yo'llanma beradi,o'z-o'zini nazorat qilishga o'rgatadi. Mustaqil ishlar o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos tushishi,uni bajara oladigan va qiziqarli bo'lishi kerak. O'quvchi mustaqil ishlarining shaklini va hajmini belgilashda ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:56
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:56 ]
Arxiv ichida: pptx