Organik o'g'itlar va ularning turlari. Go'ng

Organik o'g'itlar va ularning turlari. Go'ng

O'quvchilarga / Fizika
Organik o'g'itlar va ularning turlari. Go'ng - rasmi

Material tavsifi

Organik o'g'itlar va ularning turlari. Gung Reja: 1. Organik o'g'itlar, ularning turlari va ahamiyati. 2. Gung, uning turlari va tarkibi. 3. Gungning tuproq xususiyatlariga va o'simliklarga taxsiri. 4. Turli tuproq-iqlim sharoitlarida gungning samaradorligi va undan foydalanishning xususiyatlari. 5. Gungni tuproqka solish muddati va chuqurligi. 6. Sapropel nima? 7. Tayanch iboralar 8. o'z-o'zini tekshirish uchun savollar 9. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Organik o'g'itlar, ularning turlari va ahamiyati. qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini oshirish uchun organik o'g'itlarni qo'llash katta ahamiyatga ega. Organik o'g'itlar deb, yangi yoki biologik qayta ishlangan, kelib chiqishi jihatidan o'simliklar yoki hayvonlar chiqindilaridan bo'lgan, tuproqka solinganda uning unumdorligini va ekinlar hosildorligini oshiradigan moddalar kompleksiga aytiladi. Organik o'g'itlarga gung, torf, parranda kiyoi, suyuk gung, najas, turli xil kompostlar, kukat o'g'itlar, yirik aholi punktlari va shaharlarning chiqindilari va boshqalar kiradi. Bularning xammasi mahalliy o'g'itlar xam deyiladi, chunki ular xo'jaliklarning uzida tuplanadi, tayyorlanadi va yashil o'g'itlar etishtiriladi. tuproqning biologik xususiyatlari organik o'g'itlar ishlatish xhisobiga tubdan yaxshilanadi. tuproqning xaydalma kavatida doimo yashab, o'simliklarning normal o'sishi uchun sharoit yaratib beradigan mikroorganizmlarning miqdori gektariga 4-5 t ni tashkil etadi. Mikroorganizmlarning taxsiri ostida doimo tuproq unumdorligini oshiradigan jarayonlar kechadi va ularning faoliyati tufayli tuproqdagi foydali birikmalar miqdori ortib boradi. Organik o'g'itlar ishlatilganda mikroorganizmlarning umuiy soni ortadi va ulardagi turli xil guruhlarning xam o'zaro rivji va nisbati yaxshilanadi. Shunga ko'ra, organik o'g'itlar tuproqdagi chiqindi moddasi miqdorini oshirishda asosiy rol uynaydi. Olib borilgan tajribalarning natijasilarga karaganda, xar gektariga 150 kg azot, 100 kg fosfor va 50 kg kaliy ishlatilganda, tuproqdagi chirindi miqdori 15-18 % ga ortadi, gung ishlatilganda esa uning miqdori ikki martaga kupayadi. tuproq unumdorligini oshirishda unda mavjud bo'lgan juda ko'p xildagi fermentlarning ahamiyati xam kattadir. Fermentlar tuproq tarkibidagi ozik moddalarni o'simliklar uzlashtira oladigan shaklga aylantirib beradi, o'simliklarda modda almashinuvini tezlashtiradi. tuproqka organik o'g'itlar solinganda shu xildagi fermentlarning miqdori 3-4 marta ortgan. Organik o'g'itlar ishlatilganda mikroorganizmlar hayot faoliyatining jadallashishi evaziga tuproqdagi biologik aktiv moddalarning turi va miqdori kupayadi. Biologik aktiv moddalardan hisoblangan auksinlar, geteroauksinlar, organik moddalar va aminokislotalar, vita'minlar o'simliklar tomonidan juda oz bulsa xam uzlashtirilishiga qaramasdan, unda kechadigan modda almashinuv jarayonlarini tezlashtiradi. Natijada o'simliklar tomonidan ko'p miqdorda mineral o'g'itlar uzlashtiriladi, ekinlarning hosildorligi ortadi va mahsulotlarning sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. Olib borilgan ko'p sonli tajribalarda kompost qilingan gungda va organik o'g'it solingan tuproqlarda vitamin V12, riboflavin, nikotin kislotasi, biotin, pentsillin, streptomitsitin, terramitsin kabi fiziologik aktiv moddalar bo'lishi aniqlangan. tuproqda penitsillin, streptomitsin, terromitsin kabi antibiotik mddalarning bo'lishi, birinchidan, undagi kasallik tarkatuvchi mikroorganizmlarni yukotsa, ikkinchidan, o'simlik tomonidan oz miqdorda uzlashtirilishiga qaramay ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.35 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.35 KB
Ko'rishlar soni 158 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga