o'rta maktabda organik moddalarning ayrim sinflarini o'rganish Reja: 9-sinfda organik moddalar bilan tanishish 10-sinfda uglevodorodlarni o'rganish 10-sinfda kislorodli organik birikmalarni o'rganish 11-sinfda azot saklovchi organik birikmalarni o'rganish 11-sinfda umumiy kimyo kursini o'rganish metodikasi Organik moddalarni o'rganish «Anorganik va organik moddalar»dan boshlanadi. o'quv materialining o'zi xam, uni bayon qilish formasi xam etarli darajada aniq va ishontirarli bo'lishi lozim. Kirish kismining konkret materialida: a). «Organik modda»lar tushunchasini oydinlashtirish; b). Organik moddalarning xarakterli xususiyatlarini alohida kayd qilish; v). Organik moddalar haqidagi idealistik, vitalistik qarashning asossizligini ko'rsatish; g). Organik moddalarning amaliy ahamiyati haqida bazi tasavvurlar hosil qilish lozim. o'quvchilarga «Organik moddalar» tushunchasi «Uglerod» bo'limidayok berilgan edi. Bu bo'limda ular uglerod kislorodli birikmalargina emas, balki vodorodli birikmalarni xam hosil qilishini bilib olgan edilar. Endi o'qituvchi uglerodning kimyoviy xossalarini bayon qilish bilan birga, uglerodning oksidlaridan va karbonat kislota tuzlaridan, shuningdek, uglerodning metallar bilan (metallarning kabitlari) va bazi metallmaslar bilan bergan birikmalaridan tashqari, uning umuman barcha birikmalari organik moddalar katoriga kirishini alohida takidlaydi. Sungra o'qituvchi o'quvchilarga organik moddalarga bo'lgan qarashlarning qisqacha tarixini Organik kimyo darsligida bayon qilingan xajmda aytib beradi. Bunda o'qituvchi alohida «hayotiy kuch» borligi haqidagi tasavvurlarning puchga chiqishi - bir kimyoviy qarashning boshqacha qarash bilan almashinuvigina bo'lib kolmay, balki materializmning idealizm ustidan kilgan buyuk galabasi ekanligini alohida tushuntiriladi. Bundan keyin o'qituvchi organik moddalar nima uchun kimyoning alohida bo'limi bo'lib ajratilganligini tushuntirishga utadi. Ammo o'quvchilar shu davrgacha bo'lgan bilimlari bilan bu savolga tulik javob beraolmaydilar. o'qituvchi hozircha uglerod birikmalarining fakat bir xususiyati - ularning nixoyatda ko'p sonli ekanligini takidlaydi, xolos. Organik moddalarning tuzilishi, xossalari, o'ziga xosligi haqidagi masalaga kelganda esa, o'quvchilar bu masala bilan keyinchalik - organik moddalarning o'rganish jarayonida tanishadilar. o'qituvchi kirish kismida organik moddalarning amaliy ahamiyati haqidagi masalani juda qisqa bayon qiladi. U fakat hozirgi vaqtda neft, toshkumir, yogrch va shu kabilarni kimyoviy qayta ishlashda olinadigan eng muhim mahsulotlarni sanab chikadi (tegishli sxemalardan kursatadi) shu bilan birga o'qituvchi mamlakatimizda sintetik mahsulotlar, jumladan, sun'iy yul bilan olingan suyuk yoqilg'i (masalan yuqori sifatli aviatsiya benzini) tarkibi va xosslari jihatdan turli-tuman bo'lgan kauchuk, plastik massalar, sun'iy tola va charm sintetik spirtlar, kislotalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga alohida etibor berilaetgani uktiriladi. o'rta maktab kimyo kursida moddalarning quyidagi sinflari: uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, karbon kislotalar, uglevodlar, nitrobirikmalar, aminobirikmalar va oqsillar urganiladi. Organik moddalarning klassifikatsiyasi A.M.Butlerovning kimyoviy tuzilishi nazariyasi bilan chambarchas bog'liqdir. Organik moddalarning asosiy sinflarini o'rganishning umumiy xarakteri shu bog'lanish bilan belgilanadi. Organik moddalarni o'rganish, ximiyaviy tuzilish nazariyasini o'rganishdagidek, konkret moddadan - metan va ximiyaviy xossalari metanga o'xshash ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.3 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.3 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:56 ]
Arxiv ichida: doc