o'simliklarning kimyoviy tarkibi. o'simliklarda suv kuruk modda Reja: o'simliklarning kimyoviy tarkibi. o'simliklardagi suv va uning ahamiyati. o'simliklardagi kuruk modda o'simliklar kuruk moddasining organik birikmalari. Tayanch iboralar o'z-o'zini tekshirish uchun savollar Foydalanilgan adabiyotlar o'simliklarning kimyoviy tarkibi o'simliklar o'z organizmlarini tashqi muhitda bo'lgan maxlum bir kimyoviy elementlardan tuzadi. Tirik o'simlik va ko'rib kolgan o'simliklar massasi bir-biridan elementar tarkibi bilan farq qiladi. o'simliklar organizmi suv va kuruk moddadan tashkil topadi. Kuruk modda esa organik va mineral birikmalardan iborat. Kupchilik qishloq xo'jalik ekinlarining vegetativ organlaridagi suvning miqdori 70-95 %, uruglarida esa 5 % dan 15 % gacha bo'ladi. o'simliklar kuruk massasining 90-95 % ni organik birikmalar va 5-10 % ni mineral tuzlar tashkil etadi. o'simliklardagi asosiy organik moddalar: oqsillar va boshqa azotli birikmalar, yoglar, kraxmal, kand moddalari, klechatka va pektin moddalaridan iborat bo'ladi. o'simliklarda kechadigan fotosintez jarayonida o'simliklarning bargi orqali yutilgan karbonat angidrid gazi va ildizi orqali olingan suvdan uglerod, kislorod va vodoroddan iborat bo'lgan oddiy azoti bo'lmagan organik moddalar hosil bo'ladi. o'simliklar kuruk massasining 95 % ni uglerod, kislorod, vodorod va azot tashkil etadi. Bu yuqoridagi 4 element organogen elementlar deb yuritiladi. o'simliklarni kuydirganda koladigan elementlarni kul elementlar deyiladi va ular o'simliklar kuruk massasining 5 % ni tashkil qiladi. Bunday elementlarga natriy, magniy, fosfor, oltingugurt, kaliy va birnecha miqdor mikroelementlar kiradi. XX asrning boshlarida shu narsa aniklandiki, o'simliklarningnorma o'sishi va rivojlanishi uchun uglerod, kislorod va vodoroddan tashqari yana 7 elementlar azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, oltingugurt va temir xam kerak bo'ladi. Bu elementlar makroelementlar deyiladi. Keyinrok yana shu narsa kursatib utildiki, ushbu 7 elementdan tashqari o'simliklarga juda oz miqdorda boshqa elementlar xam zarur ekan. Bular jumlasiga marganets, bor, molibden, mis, rux, kobald, yod. Ulardan o'simliklardagi miqdoriy foizning mingdan xatto yuz mingdan bir ulushiga to'g'ri keladi. Bunday elementlarni mikroelementlar deb ataladi. Makro va mikroelementlardan tashqari o'simliklarda juda oz miqdorda ultramikroelementlar xam uchraydi. Bunday elementlarga rubidiy, tseziy, selen, kadmiy, kumush, simob va boshqalar kiradi. Agarda o'simliklar tarkibidagi kimyoviy elementlarning xammasini kushib hisoblaganda 70 dan ortik elementlarni tashkil etadi. o'simliklardagi azot va kul elementlarining miqdori o'simlikni yoshiga va uni etishtirish sharoitiga bog'liq bo'lib, har xil organda, to'qimalarda har xil miqdorda bo'ladi. Masalan, o'simliklarning ildizida, poyasida va bargida kul elementlari ko'p bulsa, urugida esa kam bo'ladi. o'simliklarning kuli tarkibidagi fosfor va kaliy miqdori ushbu elementlarning oksidlari shaklida ifodalash kabul qilingan. Kupchilik o'simliklar bargining kulida kaliy 30-50 % ni tashkil etadi. Beda va vikaning bargida esa kaliyga nisbatan kaltsiy ko'p bo'ladi. o'simliklarning kari barglarida kaliy, fosfor va oltingugurtning ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.79 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.79 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:56 ]
Arxiv ichida: doc