O'simliklarning oziqlanishi va uning turlari. Oziqlanish nazariyasining asosiy bosqichlari

O'simliklarning oziqlanishi va uning turlari. Oziqlanish nazariyasining asosiy bosqichlari

O'quvchilarga / Fizika
O'simliklarning oziqlanishi va uning turlari. Oziqlanish nazariyasining asosiy bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

o'simliklarning oziqlanishi va uning turlari. oziqlanish nazariyasining asosiy bosqichlari Reja: o'simliklarning oziqlanishi uning hayotidagi muhim omildir. oziqlanish nazariyasining asosiy bosqichlari. oziqlanish turlari. a) o'simliklarning havodan oziqlanishi b) o'simliklarning ildiz orqali oziqlanishi v) o'simliklarning ildizdan tashqari oziqlanishi o'simliklarga zarur va nozarur bo'lgan kimyoviy elementlar. o'simliklar kimyoviy elementlarning tuplovchisidir. Tayanch iboralar o'z-o'zini tekshirish uchun savollar Foydalanilgan adabiyotlar o'simliklarning oziqlanishi uning hayotidagi muhim omildir qishloq xo'jalik ekinlari bir vaqtning uzida ikki muhitdan oziklanadi, 1) tuproqdan atmosferaning pastki qatlamidan. o'simliklar barglari orqali havodan karbonat angidridni yutadi, ildizi orqali esa suv, mineral moddalar va organik moddalarni xam tuproqdan oladi. o'simliklarning havodan va ildizdan oziqlanishi utgan asrning o'rtalariga kelib yoritildi. Yani fiziologlar o'simlik bargining yashil rangini va quyosh yoro'g'ligining rolini bir-biri bilan boglaganlaridan sung va o'simliklar tomonidan karbonat angidridning uzlashtirilishi maxlum bo'lganda, shuningdek agroimyogarlar esa o'simliklarni tarkibi oldindan maxlum bo'lgan ozikali tuzlar eritmalarida xam o'stirish mumkin ekanligini aniklaganlaridan sung maxlum buldi. o'simliklarning havodan oziqlanishi to'g'risida K.A.Timiryazev juda katta olamshumul ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirdi va uzining mumtoz asarlarida yoritib berdi. Uning shogirdi D.N.Pryanishnikov esa o'simliklarning ildizdan oziqlanishi haqidagi mukammal ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirdi. D.N.Pryanishnikov dehqonchilikda azot almashinuvi va o'simliklarni azotli o'g'itlar bilan oziqlantirish mumkin ekanligini kursatib berdi. D.N.Pryanishnikov 1892 yilda g'arbdagi Vlibexning kimyo maktabiga teng keladigan va unga qarshi tura olish qobiliyatiga ega bo'lgan ilmiy agrokimyo maktabini yaratdi va agrokimyoda fiziologiya yo'nalishini yaratdi. o'simliklarning mineral oziqlanishi to'g'risidagi nazariyalar va ularning tarafdorlari o'simliklarning mineral oziqlanishi to'g'risida bir necha nazariyalar mavjud bo'lib, bu nazariyalar 1858 yilda o'z tasdigini oldi. Yani shu yilda sun'iy ozikaviy muhitda birinchi marta o'simliklarni tulik rivojlantirib, pishgunga qadar olib borildi. Keyinchalik o'simliklarni kumli muhitda o'stirish uchun tulakonli sun'iy ozuka aralashmasi taklif etildi. 1837 yilda Dyutroj tomonidan tirik hujayralar tomonidan moddalarning yutilishi to'g'risida maxlum bir fikrlar aytilgan edi, yani hujayraga kirayotgan suv va unda erigan moddalar tsitoplazmatik membrananing teshiklari orqali diffuziya yo'li bilan kiradi degan edi. Saksning fikriga ko'ra, hujayrada ruy beradigan kimyoviy jarayonlar hujayra ishlab chiqarishidagi moddalar va uni urab turgan eritma o'rtasidagi kontsentratsiya muvozanatini buzadi. Diffuzion osmotik nazariyasining tarafdorlari professor Defriz, Mayer va boshqa olimlar kiradilar. Bu nazariyaga ko'ra ildiz sistemasi orqali suv bilan birga ozika moddalari suriladi, Suv esa doimo parlanib turadi. Shunday qilib, ozika moddalarni o'simlikka kabul qilinishi uning transpiratsiyasiga bevosita bog'liqdir. Lekin bu fikrlar o'simliklarga ozika moddalarni kabul qilinishi to'g'risidagi qonuniyat doirasiga to'g'ri klmaydi. o'simlikka kabul kilinayotgan su va ozuka moddalari o'rtasida malum aloqadorlik yukligi to'g'risida Timiryazev xam aytib utgan edi. Yani o'simliklarning oziqlanishi uchun parlanishga sarflangan miqdorda ko'p suv kerak emas. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.04 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.04 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga