O'ta o'tkazgichlar Reja : O'ta o'tkazuvchanlik haqida ma'lumot. O'ta o'tkazuvchanlikka haroratning roli. Krioo'tkazgichlar. O'ta o'tkazuvchanlik haqida ma'lumot. Metall o'ta sovitilishi natijasida uning solishtirma qarshiligi keskin pasayib ketadi. Jismda solishtirma elektr o'tkazuvchanlik deyarli cheksizlikka intilgan holat o'ta o'tkazuvchanlik deb, sovitilishi natijasida jismning o'ta o'tkazuvchanlik holatiga o'tishidagi temperatura esa o'ta o'tkazuvchanlikka o'tish temperaturasi deb ataladi. O'ta o'tkazuvchanlikda (absalyut nolga yaqin (-273 0S=O K) temperaturada) o'tkazgichning elektr qarshiligi deyarli yo'koladi. Ayrim o'tkazgichlarning o'ta o'tkazuvchanlik holatiga o'tish temperaturalari: rux uchun 0,82 K; alyuminiy uchun 1,2 K; titan uchun 4,4 K; nisbiy uchun 9,17 K. O'ta o'tkazuvchanlik holatiga o'tish hodisasi qaytariluvchandir. Temperatura ko'tarilishi natijasida o'ta o'tkazuvchanlik holati buziladi va jism normal sharoitda o'zining asl solishtirma o'tkazuvchanlik holatiga qaytadi. Jism qayta sovitilsa, u o'ta o'tkazuvchanlik holatini oladi. Buni simob misolida ko'rish mumkin. Hozirgi paytda bizga 35 ta o'ta o'tkazuvchan metall va 100 dan ortiq o'ta o'tkazuvchan qotishma va kimyoviy birikmalar malum. Shu bilan birga, bazi metallar ( kumush, mis, oltin, platina) ning qiymati normal temperaturada juda past bo'lgani bilan, chuqur sovitilganda ular o'ta o'tkazuvchanlik holatiga o'tmaydi. O'ta o'tkazuvchanlikka haroratning roli Absolyut nolga yaqin temperaturada (Tu dan past qiymatda) o'ta o'tkazgich zanjiriga kiritilgan elektr toki uzoq vaqt (yillar davomida) o'z kuchini yo'qotmay, zanjirda aylanib yuradi, deb faraz qilinadi. Bunday o'ta o'tkazuvchan zanjir uni o'rab turgan muhitda magnit maydoni hosil qiladi. O'ta o'tkazuvchanlik holatining buzilishi fakat temperatura (Tu dan yuqori) ko'tarilishidagina emas, balki o'ta o'tkazgich sirtida magnit induksiyasi hosil bo'lganda xam kuzatiladi. O'ta o'tkazuvchan holatdagi material temperaturasining xar bir qiymatiga o'zining induksiya o'tish qiymati V u mos keladi. Mazkur o'ta o'tkazgich materialining eng katta o'tish temperaturasi Tuo ga magnit induksiyasining juda kichik qiymatida erishiladi. Agar material X nuqtaga to'g'ri keluvchi. Temperatura va magnit induksiyada ishlasa, o'ta o'tkazuvchanlik xossasi material, isishi (PQ chizig'i orqali) va magnit induksiya ortishi natijasida pasayadi. O'ta o'tkazuvchanlik holati xarakteristikasining shtrixlangan qismiga to'g'ri keladi. Diomagnetikka - o'ta o'tkazuvchanlik materiallar normal holatdan o'ta o'tkazuvchi holatga o'tishda ideal diomagnetikka aylanadi, yani ularning nisbiy magnit singdiruvchanligi Mg keskin pasayib, nolga yaqinlashadi. Shu sababli, tashqi magnit maydoni o'ta o'tkazuvchan jismga singa olmaydi. Agar jismning o'ta o'tkazuvchanlik holati magnit maydonida ro'y bersa, bu maydon o'ta o'tkazgichlar «siqib» chiqariladi. Krioo'tkazgichlar O'tkazuvchanlik xossaga ega sof metallar I darajali o'tkazgichlar deb, shu xossaga ega qotishma va kimyoviy birikmalar esa II darajali o'ta o'tkazgichlar deb ataladi. II darajali o'ta o'tkazgichlar normal holatdan o'ta o'tkazuvchanlik holatiga keskin sakrab o'tmasdan, balki asta - sekinlik bilan o'tadi va bu ikki holat «oralik» holat bilan chegaralanadi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
132.8 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:57
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
132.8 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:57 ]
Arxiv ichida: ppt