8-sinf fizika darsligi asosida 6-mavzu: O'tkazgichda zaryadlarning joylashishi Elektr zaryadlari yakkalangan o'tkazgichda qanday taqsimlangan bo'ladi? O'tkazgich ichida ham zaryad bo'ladimi? Metall sharchaga musbat zaryad berilgan bo'lsin. Ma'lumki, bir xil ishorali zaryadlar bir-biridan qochadi. Shu sababli shar ichida zaryad bo'lgan taqdirda ham, ular o'zaro bir-biridan itarilib, imkon qadar bir-biridan uzoqroq masofada joylashishga intiladi. Natijada shaming butun hajmidagi zaryadlar uning sirtiga chiqib qoladi. Metall sharga berilgan musbat zaryadlar shaming sirti bo'ylab bir tekis joylashadi (19-a rasm). Elektr maydon kuchlanganlik chiziqlari esa, shar radiusi bo'ylab tashqariga yo'nalgan bo'ladi. Shaming ichida zaryad yo'qligini qanday tekshi-rish mumkin? Ikkita elektrometr olib, ularning biriga ichi kovak va tepasida teshigi bo'lgan metall shar o'rnatiladi. Sharga elektr zaryadi berilsa, elektrometr ko'rsatkichi ma'lum burchakka buriladi. Metall sharga berilgan musbat zaryadlar shaming sirti bo'ylab bir tekis joylashadi (19-a rasm). Elektr maydon kuchlanganlik chiziqlari esa, shar radiusi bo'ylab tashqariga yo'nalgan bo'ladi. Shaming ichida zaryad yo'qligini qanday tekshirish mumkin? Ikkita elektrometr olib, ularning biriga ichi kovak va tepasida teshigi bo'lgan metall shar o'rnatiladi. Sharga elektr zaryadi berilsa, elektrometr ko'rsatkichi ma'lum burchakka buriladi. Izolatorli tayoqcha uchiga mahkamlangan metall sharchani ichi kovak shaming ichiga tekkizmasdan kirgizib, songra tayoqcha sharchasini zaryadlanmagan elektrometrga tekkizamiz (19-b rasm). Bunda ikkinchi elektrometr-ning ko'rsatkichi joyidan qo'zg'almaydi. Demak, shar ichida zaryad bo'lmas ekan. Endi tayoqcha sharchasini birinchi elektrometr ustidagi shar sirtiga tekkizamiz. Bunda shu elektrometr ko'rsatkichi zaryadning biroz kamayganini ko'rsatadi. Tayoqcha sharchasini ikkinchi elektrometr sharchasiga tekkizamiz. Bunda elektrometr ko'rsatkichi biroz buri-Tadi, ya'ni uning zaryad olganini ko'rsatadi (19-d rasm). Bundan, elektr zaryadi o'tkazgich sirti bo'ylab taqsimlanadi, degan xulosaga kelish mumkin. Yakkalangan o'tkazgichda elektr zaryadlari uning sirti bo'ylab taqsimlanadi. O'tkazgich ichida zaryad bo'lmaydi. Faradey qafasi M. Faradey o'tkazgich ichida elektr zaryadlari bo'Lmasligini isbotlash uchun yasagan qurilmasi bilan tanishamiz. U yog'ochdan yasalgan qafasning tashqi sirtini yupqa folga bilan qoplagan. Faradey qo'liga elektroskop olib, qafas ichiga kirib olgan. Uning yordamchilari qafasni ipak arqonlar bilan osishgan, so'ngra qafasga elektr zaryadlar berishgan. Qafas ichidagi elektroskop qafasning zaryadlanishini sezmagan. Demak, metall qafas ichida elektr maydoni mavjud bo'lmas ekan (20-rasm). Bugungi kunda bu qurilmani odamlarga namoyish qilishning bir qancha turlari mavjud (21-rasm). Faradey o'tkazgan bu tajriba ham o'tkazgich ichida zaryad bo'lmasligini, elektr zaryadlari faqat o'tkazgich sirti bo'ylab joylashishini isbotlaydi. Bu hodisadan amaliyotda keng foydalaniladi, masalan, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari bilan ishlaydigan kishilar uchun po'lat va mis tolalaridan maxsus kiyimlar tikiladi. Minglab kilometrlarga uzatilgan elektr tarmoqlari, hatto ular tarmoqdan uzilgan bo'lganida ham katta miqdordagi zaryadlar to'planishi mumkin. Kiyimlar esa, insonlarni elektrlanishdan saqlaydi. O'tkazgich sirtida zaryadlarning taqsimlanishi Zaryadlar metall shaming sirtida bir ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.28 MB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:57
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.28 MB
Ko'rishlar soni
119 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:57 ]
Arxiv ichida: ppt