O'txona qurilmasi

O'txona qurilmasi

O'quvchilarga / Fizika
O'txona qurilmasi - rasmi

Material tavsifi

O'txona qurilmasi Reja: 1. O'txona qurilmalarining asosiy tushunchalari. 2. Qatlamli, kamerali va siklonli o'txonalar. 3. Yoqilg'i yoqiladigan gorelka va forsunkalar. Yoqilg'ini yonish jarayoni kechadigan qurilma o'txona qurilmasi deyiladi. Sanoatdagi har qanday o'txonani yondirish qurilmasi bilan o'txona bo'shlig'i (kamerasi) ning qo'shilmasidan iborat deb qarash mumkin. Qattiq yoqilg'ini yoqishdi yoqilg'i bo'laklarini tutib turadigan kolosnik cho'g'don yondirish qurilmasi bo'lib xizmat qiladi. Suyuqlik va gaz holidagi yoqilg'ini yoqishda o'txonaga uzatilgan yoqilg'ini va yonish uchun zaruriy havoni purkab beradigan forsunka yoki gorelkalar yondirish qurilmasi bo'ladi. O'txonalarni konstruksiyalashda quyidagi asosiy shartlar: Yoqilg'ini tejab yoqishga, yani ortiqcha havo koeffitsenti minimal bo'lganda yoqilg'ini eng to'liq yonishiga. Qozon agregatiga o'txona gazlari va havoning harakatlanishining to'g'ri tashkil etilishiga. O'txonaga xizmat ko'rsatishga oid barcha og'ir ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga rioya qilish lozim. Yoqilg'ini yoqish usuliga qarab o'txonalar qatlamli va kamerali o'txonalarga bo'linadi. Qatlamli o'txonalarda yoqilg'i qatlam usulida, kamerali o'txonalarda esa mashala va uyurma usulida yoqiladi. Qatlamli o'txonalar Qatlamli o'txonaning asosiy elementi kolosnikli cho'g'dondir. U balkali (a) yoki plitali (b) kolosniklardan iborat bo'lib, yonish vaqtida yoqilg'i bo'laklari uchun tayanch hisoblanadi. Balkali kolosniklar orasidagi tirqichlar 1 yoki plitali kolosniklarda teshik 1 lar yoqilg'ining yonishiga zaruriy havoning kirish uchun mo'ljallangan. Bundan tashqari, kul va shlak shu tirqish yoki teshiklardan kulxonaga tushadi. Kolosnikli cho'g'dondagi barcha tirqish yoki teshiklar ko'ngdalang kesimlari-ning yig'indisi panjaraning jonli kesimi deyiladi. Kolosniklardagi shlaklar, ularning qalinligi va cho'g'donni jonli kesimining turiga va undagi bo'laklarining katta-kichikligiga bog'liq. Uchuvchan moddalar ko'p chiqadigan yirik bo'lakli yoqilg'i (o'tin, torf) yoqilganda balkali kolosnikli cho'g'donlar ishlatiladi. Ularning jonli kesimi cho'g'donning umumiy sirtining 20-40% ni tashkil etadi. Uchuvchan moddalar kam chiqadigan mayda donali va ko'p kulli yoqilg'i (masalan, antratsit) yoqilganda jonli kesimi 10-15 % bo'ladigan plitali kolosnik cho'g'donlar ishlatiladi. Rasmda eng oddiy qatlamli o'txona ko'rsatilgan. Yoqilg'i solish darchasi 1 orqalt vaqti-vaqti bilan kolosnikli cho'g'don 2-ga tashlab turiladi. Yonish uchun zaruriy havo yoqilg'i qatlamiga havo yo'li orqali 3 va kolosnikli cho'g'don orqali kiradi. Isitilganda yoqilg'i quriydi va undan uchuvchan moddalar ajralib chiqib, havo bilvn aralashadi, so'ngra o'txona bo'shlig'i 4-da yonadi. Qatlamli o'txonalar xizmat ko'rsatish usuliga qarab qo'lda xizmat ko'rsatadigan, yarim mexanizatsiyalashgan va mexanizatsiyalashgan o'txonalarga bo'linadi. Yarim mexanizatsiyalashgan o'txonalar. Faqat bazi jarayonlar mexanizatsiyalashgan tashlagichlar ishlatiladi, ular juda mashaqqatli ishdan-yoqilg'ini kolosnikli cho'g'donga qo'lda tashlashdan ozod qiladi. Yoqilg'ini aralashtirish va kul hamda shlakni qisman yo'qotib turish uchun o'txonada tebranib turadigan kolosnikli cho'g'donlar o'rnatiladi. Bu kolosniklar vaqti-vaqti bilan tebranib, shlakning oralarini bo'shatib uni kulxonaga tushiradi. Bu hol kolosnikli cho'g'donni to'la tozalash ishini kamroq o'tkazishgi imkon beradi. Kolosniklar tebranganda yoqilg'i aralashib yonishi yaxshilanadi. Mexanizatsiyalashgan o'txonalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 138.29 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 138.29 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga