O'zaro induksiya koeffitsiyentini aniqlash

O'zaro induksiya koeffitsiyentini aniqlash

O'quvchilarga / Fizika
O'zaro induksiya koeffitsiyentini aniqlash - rasmi

Material tavsifi

O'zaro induksiya koeffitsentini aniqlash Reja: 1. O'zaro induksiya koeffitsiyentini ampermetr va voltmetr metodi bilan aniqlash 2. O'zaro induksiya koeffitsiyentini altaklarni ketma-ket ulash usuli bilan aniqlash . Ishni bajarishdan maqsad, o'zaro induksiya hodisasini o'rganish va bu hodisani xarakterlovchi parametrlarni o'lchashdir.Elektr kursidan malumki, qandaydir o'tkazgichdan o'zgaruvchan tok o'tayotganda, har qanday o'tkazgichda o'zgaruvchan elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi. Bu elektr yurituvchi kuchning oniy qiymati: (1) ko'rinishdagi Faradey qonunidan aniqlanadi, bu yerdagi F21-ikkinchi o'tkazgich hosil qilgan kontur yuzi orqali o'tayotgan magnit induksiya vektori oqimi. Bio-Savar-Laplas qonuniga asosan, ikkinchi o'tkazgich konturi yuzining har qanday nuqtasidagi magnit maydon kuchlanganligi agar ikkinchi o'tkazgich ochiq bo'lsa birinchi o'tkazgichdagi tok kuchiga proportsional bo'lganligi uchun, ikkinchi o'tkazgich konturi orqali o'tayotgan magnit induksiya vektorining oqimi ham bu tokka proportsional bo'ladi, yani F21 = M21 J1 (2) Bu yerdagi J1-birinchi o'tkazgichdagi tok, M21 -o'zaro induksiya koeffitsenti. O'sha Bio-Savar-Laplas qonunidan quyidagi xulosa chiqadi: agar ikkinchi o'tkazgichdan J2 = J1 tok oqayotgan bo'lib, birinchi o'tkazgich ochiq bo'lsa, u orqali o'tayotgan magnit induksiya vektorining oqimi F12 = F21 bo'ladi.Boshqacha aytganda,hamma vaqt M21 = M12 (3) tenglik o'rinlidir. Shuning uchun kelgusida o'zaro induksiya koeffitsiyenti M ni indekssiz yozamiz. M ning kattaligi haqida gap yuritilganda esa, ravshanki, ikkala o'tkazgich hosil qilgan konturlarning yuzasini kattaligiga, ularning geometriyasiga va o'zaro joylashishiga bog'likligi ko'rinib turibdi. (2) va (1) ni nazarda tutgan holda ikkinchi o'tkazgichda induksiyalangan e.yu.k. ning oniy qiymati kattaligi uchun quyidagini hosil qilamiz: (4) Yana shuni aytish kerakki, magnit induksiya vektori oqimi faqatgina ikiinchi o'tkazgich konturi orqali o'tmasdan, birinchi o'tkazgich konturi orqali ham o'tadi. Demak, birinchi konturda ham (5) e.yu.k. induksiyalanadi. L1 -kattalik o'zinduksiya koeffitsiyenti deb ataladi. Agar (5) ifodani birinchi konturdan induksiyalanadigan e.yu.k. sifatida qaralsa, u agar boshqa hamma o'tkazgichlar ochiq bo'lgan holdagina o'rinli bo'ladi. Aks holda o'tkazgichlar ochiq bo'lgan holning shu konturning o'zidagi tok bilan aniqlanadigan va 11 ning ikkinchi indeksi bilan taqidlanadigan qisminigina aniqlaydi. Huddi shuningdek, (4) ifodani birinchi konturda o'zgaruvchan tok o'tishiga bog'liq bo'lgan ikkinchi konturda induksiyalanadigan e.yu.k. ning qismi sifatida qarash mumkin. Bu e.yu.k. ning ko'rinishi endi ikkinchi konturning ochiq yoki yopiq bo'lishiga bog'liq bo'lmaydi. Shuni aytish kerakki, gap 11 yoki 21 larning qiymatlari haqida bormasdan, balki bog'lanishlar ko'rinishi haqida ketayapti. Birinchi konturni taminlovchi tashqi e.yu.k. o'zgarmagani sharoitida ikkinchi kontur yopiq yoki ochiq bo'lishiga qarab 11 yoki 21 shubhasiz har xil bo'ladi, chunki bu paytda J1 ning qiymatlari har xil bo'ladi. Bu ishning eksperimental vazifasi-umumiy karkasga o'ralgan ikkita g'altakning o'zaro induksiya koeffitsiyentini o'lchvshdir. Bu o'lchashni ikki xil metod bilan bajarish mumkin. 1-mashq. O'ZARO ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.62 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 46.62 KB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga