O'zbekistonda energetika resurslarining holati haqida Reja: Boshlang'ich energiya resurslari O'zbekistonning amaldagi asosiy energiya manbalari Energetika siyosatini shakllantirish O'zbekiston energetika siyosatining asosiy yo'nalishlari O'zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning mavjud imkoniyatlari Muammoning yechimi 1991 yildan 2008 yillargacha bo'lgan davrda O'zbekistonda neft va gaz sanoati ishlab chiqarish va texnika-iqtisodiy hamma ko'rsatkichlari tubdan o'zgarib, rivojlanish jarayonida katta yutuqlarga erishildi. Uglevodorodli xom ashyo qazib olish 2005 yilda 80 mln. tonna shartli yoqilg'iga etdi, yoki 1991 yilga nisbatan 1,5 barobar ko'p qazib olingan. O'zbekistonda 225 ta neft va gaz konlari malum. Ulardan: neft - 51 ta kondan qazib olinadi, gaz - 27 tasidan, 17 ta kondan esa kondensat qazib olinadi. O'zbekiston mutaxassislarining bahosiga ko'ra, ko'mir resurslarining prognoz ko'rsatkichi 3 mlrd. tonnadan ortiqni tashkil etadi. Ko'mirning sanoat zaxirasi 1,9 mlrd. t.ni tashkil etadi, shu jumladan: qo'ng'ir ko'mir - 1853 mln. t, toshko'mir - 47 mln.t. Ko'mirning bashorat resurslari 5,76 mlrd. tonnani, shundan, 70 foizini qo'ng'ir ko'mir tashkil etadi. Ko'p miqdordagi toshko'mir zaxirasi Respublikaning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan. O'zbekiston uran zaxirasi bo'yicha dunyoning 10 ta mamlakatlari orasida birinchilardan hisoblanadi va zarur ishlab chiqarish texnologiyalari va quvvatlariga ega. Uran ishlab chiqarish O'zbekistonda bugun dunyo ishlab chiqarish hajmining 7 foizini tashkil qiladi. Shuningdek, mamlakatdagi malum qayta tiklanadigan energiya manbalari: gidroenergiyani qo'shganda, quyosh energiyasi, shamol va biomassaga ega bo'lsa ham qayta tiklanadigan energiya manbalaridan hozircha etarlicha foydalanilmayapti. Boshlang'ich energiya resurslari Tabiiy gaz. Barcha ishlab chiqarish shakllaridagi boshlang'ich energiyaning 85 foizi - tabiiy gazga to'g'ri keladi. Uni ishlab chiqarish 1990 yildan 2004 yilgacha 1,45 marta ko'paygan, yiliga 38,1 dan 55,8 mlrd. m3. 2005 yil yakuniga ko'ra, u 60 mlrd. m3 tashkil etgan. Oxirgi yillarda o'rtacha 60 foizni ishlab chiqarilgan gaz, iste'molchilarni gaz bilan taminlovchi «O'zbekkommunxizmat» davlat agentligiga yetkazib berilgan. Mamlakatdagi «O'zbekenergo» DAK tabiiy gazning yirik iste'molchisi hisoblanadi. Uning tabiiy gaz shaklidagi istemoli 35 foizni tashkil etadi. Uncha ko'p bo'lmagan, chiqarib olinadigan siqilgan tabiiy gaz (siqilgan gaz, propan-butan) va propilen ishlab chiqarishda foydalaniladi. Rasmiy statistika ma'lumotlariga ko'ra, 2005 yilda uglevodorodli siqilgan gaz ishlab chiqarish 8 foizga ko'paygan va 200 ming tonnaga yaqinni tashkil etgan. Tabiiy gaz Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistonga eksport qilinadi. O'zbekistonda yillik tabiiy gaz istemoli ko'zda tutilgan 2020 yilga qadar 32 mlrd. m3 gacha energiya tejamkorligiga erishish dasturi ishlab chiqilgan. Neft va gaz kondensati. O'zbekistonning asosli neft qazib olish zaxirasi 82 mln. tonna deb baholangan. Neftni taxminiy suyuq uglevodorodning kelajak resurslari, 1 yanvar 2005 yilga 817,7 mln. t. va 360 mln. tonna gaz kondensatini tashkil etadi. Ko'pchilik neft ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
188.61 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
188.61 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:57 ]
Arxiv ichida: doc