O'zbekistonda fizik tadqiqotlar, fizika ta'limining rivoji va shakllanishi

O'zbekistonda fizik tadqiqotlar, fizika ta'limining rivoji va shakllanishi

O'quvchilarga / Fizika
O'zbekistonda fizik tadqiqotlar, fizika ta'limining rivoji va shakllanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda fizik tadqiqotlar fizika ta'limining rivoji va shakllanishi. Reja 1. O'zbekistonda fizika fanining rivojlanishida dastlabki qadamlar. 2. Jahon miqyosida tan olingan fizik tadqiqotlar 3. Buxoro Davlat Universitetida amalga oshirlayotgan ishlar 4. Buxoro Davlat Universiteti Giotexnika maktabi. Natural falsafaning matematik asoslari O'zbekistonda fizika fanining rivoji, boshqa fanlarni rivoji bilan bir qatorda o'tgan asrning 20-30 yillaridan boshlangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Ma'lumki, O'zbekistonda birinchi oliy o'quv yurti 1920 yilda tashkil topgan bo'lib, dastavval u Turkiston universiteti, keyinchalik O'rta Osiyo universiteti, Toshkent davlat universiteti, hozirgi kunda esa O'zbekiston Milliy Universiteti nomi bilan yuritiladi. Ushbu universitet negizida birin-ketin institutlar tashkil topaboshladi va O'zbekiston Fanlar Akademiyasini tuzishga zamin paydo bo'laboshladi. O'zbekiston Fanlar Akademiyasining tarkibi bir qator bo'linmalardan, shu jumladan Fizika-matematika hamda Mexanika, jarayonlarni boshqarish va informatika bo'linmalaridan iborat. Akademiyaning Fizika-matematika bo'linmasi tasarrufiga V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Yadro fizikasi instituti (Radioapparat ishlab chiqarish korxonasi bilan), S.A. Azimov nomidagi Quyosh fizikasi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, U.O. Orifov nomidagi Elektronika instituti, lazer fizikasi tatbiqi instituti bilan birgalikdagi Issiqlik fizikasi bo'limi, Astronomiya instituti (Ulug'bek nomidagi xalqaro Kitob kenglik stantsiyasi va tog'lardagi observatoriyalar kompleksi bilan). Akademiyaning bu bo'linmasi tarkibida Matematika fanlari, Yadro fizikasi va uning tatbiqi, Qattiq jism fizikasi, Umumiy fizika va astronomiya Ilmiy Kengashlar faoliyat yuritadi. Akademiyaning Mexanika, jarayonlarni boshqarish va informatika bo'linmasi tasarrufiga M.T. O'rozboev nomidagi Mexanika va inshootlarning zilzilaga mustahkamligi instituti, Kibernetika ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tarkibidagi Kibernetika instituti, ushbu institut tarkibiga kiruvchi hisoblash markazi va Algoritm ilmiy-tadqiqot instituti, Energetika va avtomatika instituti va suv muammolari institutlari kiradi. O'zbekistonda fizika fani va bu fan bilan bog'liq sohalarning rivojlanishi, avvalambor, O'zbekiston Fanlar Akademiyasining quyidagi institutlari, markaz va laboratoriyalarining faoliyati bilan bevosita bog'liq . Ilmiy asbobsozlik 1975 yilda O'zR FAning Davlat konstruktorlik byurosi bazasida Markaziy ilmiy asbobsozlik loyiha-kostruktorlik va texnologik byuro tashkil etildi. Unig asosiy vazifasi etib respublika fani, sanoati va qishloq xo'jaligi ehtiyojlar uchun eng yangi tadqiqot asboblarini ishlab chiqish va yasash belgilandi. Quyidagi ustuvor yo'nalishlar belgilandi: - ion-nurlanishli ishlov berishda materiallar parametrlarini modifikatsiyalash va ionli-stimulyatsiyalangan qatlamlar hosil qilish (akad. T.D. Rajabov); - yangicha texnologiyalar va materiallar asosida yuqori sezgirlikdagi (selektiv) kichik gabaritli datchiklar yaratish; - atrof muhitni, shu jumladan yer silkinishlarini avtomatik nazorat qiluvchi apparatlar yaratish (texn. f. d. A.Ya. Yafasov); - aniq mexanika elementlaridan foydalangan holda mikroprotsessorli texnika bazasida ishlaydigan asbob va sistemalar ishlab chiqish; - mikroelektronika va yarim o'tkazgich mahsulotlarini ishlab chiqarilishini nazorat qiluvchi asboblar yaratish; - gelotexnika va yoruhlik texnikasi optikasi. Azimov Sodiq Azimovich Azimov Sodiq Azimovich, 7.XI.1915 - 12.ХI.1988 Uzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (1962 yil)., ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.52 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:57 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.52 MB
Ko'rishlar soni 83 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga