O'zbekistonda fizika ta'limi tarixidan. Barkamol insonni shakllantirishda fizika ta'limining imkoniyatlari

O'zbekistonda fizika ta'limi tarixidan. Barkamol insonni shakllantirishda fizika ta'limining imkoniyatlari

O'quvchilarga / Fizika
O'zbekistonda fizika ta'limi tarixidan. Barkamol insonni shakllantirishda fizika ta'limining imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda fizika ta'limi tarixidan. Barkamol insonni shakllantirishda fizika ta'limining imkoniyatlari Reja: 1. Toshkentda dastlabki maktab ochilishi. 2. Abdulla Shunosiy tomonidan yaratilgan birinchi darslik va unga kiritilgan bo'limlar. 3. Fizika o'qitish tizimini rivojlanishi. 4. O'zbekistonning didakt olimlari haqida ma'lumot. 5. Barkamol avlodni shakllantirishda fizika ta'limining roli. 6. Fizika ta'limining g'oyaviy imkoniyatlari. 7. Fizika ta'limining texnika imkoniyatlari. 8. Fizika ta'limining g'umanitar imkoniyatlari. 9. XX asrda yaratilgan kashfiyotlar. 10. Fizika sohasini rivojlantirishga hissa qo'shgan O'zbekistonlik olimlar. 11. Fizika o'qitish metodikasini rivojlantirishga hissa qo'shga O'zbekistonlik didakt olimlar. Toshkentda 1879-yilda o'qituvchilar tayyorlash 4 sinflik kursi ochildi. Bunga milliy kadrlardan 75 kishi jalb etildi. 1883-yilda kursni 141 kishi bitirdi va ularning bir qismi maktablarga o'qituvchi sifatida yuborildi. 1890-yilda yangi usuldagi maktablar dastlab Toshkent, Buxoro, Qo'qon, Samarqand, Farg'ona so'ng esa o'lkaning boshqa shaharlarida barpo etildi. Bu maktablarda hikmat-fizika va tabiyatshunoslik, ximiya, biologiya, geologiya hamda gumanitar fanlar o'qitila boshladi. Mazkur maktablarda fizika fani Abdulla Shunosiy darsligi asosida o'qitildi. Unda mexanika, issiqlik, elektr, bug' mashinalarining ishlash jarayoni haqida ma'lumotlar berilgan edi. O'lkamizda sotsial-iqtisodiy talablar asosida mavjud eski usuldagi maktablar qatorida yangi tipdagi maktablar paydo bo'ldi: Eski usuldagi maktablar. Xatiya usuldagi maktablar (1902-1905-yillar). Jadid (yangi usuldagi) maktablar (1905-1915- yillar). Rus-tuzem maktablar (1917- yilgacha) Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra yuqorida ko'satilgan 2-3 tipdagi musulmon maktablarida juda oz miqdorda bo'lsa-da, hikmatshunoslik (fizika) fanidan dastlabki ma'lumotlar berilar edi. Ma'lumki, bu davrda fizika, ximiya, biologiya, geologiya kabi fanlaridan o'qituvchilar deyarli bo'lmagan, ularni tayyorlashga esa kam e'tibor berilgan. Xatiya va jadid usulidagi maktablarda hikmatshunoslikdan ibtidoiy ma'lumotlar berilib borilgan hamda rus-tuzem maktablariga nisbatan keng hajmda o'qitilgan. 1919-yilda Qori-Niyoziyning Tabiatan bir parcha nomli kichik risolasi nashr etildi. Unda jism agregat holatining o'zgarishi oddiy-hayotiy tajribalar asosida tushuntirilgan bo'lib, bu o'sha davr fizika o'qituvchilari uchun katta yangilik edi. Qo'qonlik fizika o'qituvchisi Xusainxon-Niyoziy 1140 terminni o'z ichiga olgan fizika lug'atini yaratdi, bu lug'at 1932- yildagina nashr etildi. Maktablarda fizika va boshqa tabiiy fanlarni o'qitishga e'tibor 1919-yildan keyingina kuchaydi. Jumladan Toshkentning eski shahar markazida (eski Juvada) fizika, ximiya, biologiya, geologiya, zoologiya fanlari bo'yicha laboratoriya ishlarini ko'rsatish uchun Markaziy laboratoriya tashkil etildi. 1918-yilda Toshkent va Farg'ona shaharlarida o'qituvchilar kurslari tashkil qilinib, unga 300 nafardan kishi jalb etildi. Shu yili O'zbek milliy universiteti tashkil etilgan bo'lib u 1923-yilda O'rta Osiyo davlat universiteti nomini oldi. Uning takibida fizika-matematika fakulteti va fizika kafedrasi ishlay boshladi. 1927-yilda Samarqandda oliy pedagogika o'quv yurti tashkil etildi. 103-yildan esa u O'zbekiston davlat universitetiga aylandi. Bular boshqa mutaxassislar qatori fizik kadrlar tayyorlash vazifasini bajardilar. 1922-yilda birinchi marta Xusainxon-Niyoziy o'zining Hikmat-kimyo darsligini yaratdi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.04 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.04 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga