O'zbekistonda fizika ta'limining rivojlanishi Reja: 1. Ta'lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi ni yaratilish sabablari. 2. 2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini mazmun va mohiyati. 3. 2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining besh yo'nalishini hayotga tadbiq etish yuzasidan fizika o'qituvchilarning vazifalari. 1. 2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini mazmun va mohiyatini fizika o'qituvchilariga singdirish Ta'lim to'g'risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy Dasturini yaratilish sabablari haqida I.Karimovning O'zbekiston XXI asrga intilmoqda asarida rivojlangan davlatlar misolida quyidagicha fikr bildirilgan. Yaponiya va AQSH davlatlari 50 yil ichida qanday rivojlanish bosqichiga erishdi ekan? Javob: Yaponiyada ta'limga Ishonch bor, AQSHda intelektual kuchlarni boshqa davlatlardan taklif etish hisobiga rivojlangandir. Ma'lumki, 2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi besh yo'nalishdan ibotar bo'lib, uning ijrosini ta'minlashda malaka oshirish institutlari alohida o'rin tutadi. Mazkur dasturni malaka oshirish tizimiga tadbiq etish birinchi navbatda uning mazmun va mohiyatini ijtimoiy, umumkasbiy, ixtisoslik metodikasi fanlari o'quv-mavzu rejalari tarkibiga ikki soatlik ma'ruzalar kiritish zarur. Bu esa toifalar bo'yicha kurslardan o'tgan tinglovchilarning ish faoliyatida dasturiy yo'nalishlar belgilab beradi. Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining birinchi yo'nalishi umumta'lim maktablarini qurish, kapital rekonstruksiya qilish demakdir. Mazkur yo'nalishni hukumat tomonidan belgilangan korxonalar, qurulish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Malaka oshirish tizimida qolgan yo'nalishlar o'zining mazmun va mohiyati jihatidan maktab ta'limini rivojlantirish va ta'lim tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik mahsulotlar bilan ta'minlashni ko'zlab ish ko'rishni taqozo etadi. Masalan, ikkinchi yo'nalish yuzasidan institutning professor-o'qituvchilari quyidagi holatlarni o'rganishi va tinglovchilarga yetkazishi zarur: -umumta'lim maktablarini o'quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darslik va o'quv uslubiy materiallar bilan ta'minlanish darajasi; -davlat tomonidan ta'minlangan o'quv qurollar, asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi va boshqa texnika-texnologiyalarni saqlash va asrash qoidalari; -o'quv-laboratoriya uskunalaridan dars jarayonida foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantirish; -o'quv-laboratoriya uskunalari bo'yicha instruksiya va didaktik materiallar tayyorlash texnologiyalari bilan tanishtiris; -umumta'lim fanlaridan dars o'tish uchun kompyuter texnikasini chuqur bilish, shu bilan birga tinglovchilarning kompyuter savodxonligini oshirish, o'tiladigan mavzuni mazmuniga mos kompyuterda tasvirlash chizish, figuralarni yasashni o'rganish, kompyuterda elektron matnlar yaratish texnologiyasi bilan tanishtirish; Uchunchi yo'nalishni ta'lim tizimida qo'llanilayotgan o'quv standartlari, o'quv dasturlarni takomillashtirilgan variantini yaratish hisoblanadi. Bu borada malaka oshirish tizimida quyidagi ishlar amalga oshiiladi: -ta'lim tizimida qo'llanilayotgan mavjud o'quv reja va dasturlar Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlar va darsliklarning takomillashtirilgan variantlari bilan solishtiriladi, o'zgarishlar aniqlanadi, o'zgarish sabablari izchillik bilan o'rganiladi. O'zgarish natijalari asosida metodik tavsiyalar, qo'llanmalar va boshqa metodik mahsulotlar yaratilib, institut va Respublika ta'lim markazining ilmiy-metodik kengashi muhokamalaridan o'tkazilib amaliyotda foydalanish uchun joylarga yetkaziladi. Umumiy o'rta ta'limning takomillashtirilgan davlat ta'lim ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.16 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.16 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:57 ]
Arxiv ichida: doc