O'zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlar va ularning natijalaridan xalq xo'jaligida foydalanish

O'zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlar va ularning natijalaridan xalq xo'jaligida foydalanish

O'quvchilarga / Fizika
O'zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlar va ularning natijalaridan xalq xo'jaligida foydalanish - rasmi

Material tavsifi

11-sinf fizika darsligi asosida 45-mavzu: O'zbekistonDA YADRO FIZIKASI SOHASIDAGI TADQIQOTLAR VA ULARNING NATIJALARIDAN XALQ XO'JALIGIDA FOYDALANISH O'zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi ishlar o'tgan asrning 20- yillarida boshlangan. Lekin muntazam tadqiqotlar 1949-yilda Fizika-texnika institutida yo'lga qo'yilgan. Akademiklar I.V. Kurcxatov, U. O. Orifov va S.A. Azimovlarning tashabbusi bilan 1956-yilda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yadro fizikasi instituti tashkil qilingandan keyin, bu tadqiqotlarni yanada kengaytirish imkoni tug'ildi. Hozirgi paytda yadro spektroskopiyasi va yadro tuzilishi; yadro reaksiyalari; maydonning kvant nazariyasi; elementar zarralar fizikasi; relyativistik yadro fizikasi va boshqa yo'nalishlar bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Radiatsion fizika va materialshunoslik bo'yicha o'tkaziladigan tadqiqotlar nafaqat fan va texnika, balki xalq xo'jaligi uchun ham muhimdir. Bu yo'nalishda radioaktiv nurlarning yarimo'tkazgichlar, dielektriklar, sopollar, yuqori temperaturali o'ta o'tkazuvchan materiallarning elektr o'tkazuvchanligi, mexanik, optik va boshqa xossalariga ta'siri o'rganilmoqda. O'zbekistonda yuqori energiyalar fizikasi sohasida olib borilayotgan ishlar ham talaygina. Bunday izlanishlar «Fizika-Quyosh» ishlab chiqarish birlashmasining Fizika-texnika institutida, O'zbekiston Milliy universitetida va Samarqand davlat universitetida olib borilmoqda. 1970-yilda Cherenkov hisoblagichlari asosida zarralarning yadro bilan o'zaro ta'sirini o'rganuvchi ulkan qurilma yaratilib, hosil bo'lgan zarralarning xarakteristikalari o'rganildi. Tezlashtirilgan zarralar va yadrolar ta'sirlashuvlarini o'rganish maqsadida pufaksimon kameralardan olingan filmli axborotlarni qayta ishlash markazi tashkil qilindi. Markazning samarali tadqiqotlari natijasida komulativ izobarlar hosil bo'lishi o'rganildi va massalari 1903, 1922, 1940, 1951 va 2017 MeV bo'lgan tor, ikki barionli rezonanslar mavjudligi haqida ma'lumotlar olindi. Quyosh atmosferasida bo'ladigan hodisalar Yerdagi hayotga bevosita ta'sir etishi mumkinligi uchun ham, uni o'rganish sohasidagi tadqiqotlar muhim ahamiyatga egadir. Aynan shuning uchun ham O'zbekiston Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti 1980-yillarning o'rtalaridan boshlab fransuz olimlari bilan hamkorlikda, Quyoshning global tebranishini tadqiq etish sohasida izlanishlar olib borilgan O'zbek olimlarining yadro fizikasi sohasida olib borayotgan ishlari ko'lami ancha katta va ularning natijalari xalq xo'jaligida ham muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda. O'zbekistondagi birinchi tadqiqotlarning o'ziyoq bevosita xalq xo'jaligiga aloqador bo'lgan. Bunga U. Orifov tomonidan ishlab chiqilgan «Gammanurlar yordamida pilla ichidagi ipak qurtini o'ldirish» usuli misol bo'ladi. Keyinchalik esa suv, tuproq, mevali daraxtlar, yovvoyi va madaniy o'simliklarning tabiiy radioaktivligi o'rganildi. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti radioaktiv izotoplar, jumladan, farmatsevtik radioaktiv preparatlar ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi tashkilotlardan biri hisoblanadi. Bu yerda 1995-yilda 60 dan ortiq nomdagi mahsulot ishlab chiqarilgan. Radioaktiv va gamma-nurlarning o'simliklarga ta'sirini o'rganish ham qishloq xo'jaligi, ayniqsa, urug'shunoslik sohasida muhim ahamiyatga ega. O'zbekistondagi g'o'za navlarining radioaktiv nurlarga sezgirligini o'rganish, g'o'za seleksiyasida bu usuldan foydalanilayotganligi - yadro fizikasining bevosita ishlab chiqarishga qo'llanilayotganligining yaqqol dalilidir Yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlarning tibbiyotda keng qo'llanilayotganligi ham ma'lum. Bunga, ayniqsa, radioaktiv nurlar va zarralar oqimi yordamida saraton ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 965.01 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:57 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 965.01 KB
Ko'rishlar soni 200 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga