O'zgarmas elektr toki

O'zgarmas elektr toki

O'quvchilarga / Fizika
O'zgarmas elektr toki - rasmi

Material tavsifi

O'zgarmas elektr toki Moddaning tuzilishi, atomlarning tarkibi, elementar zarrachalarning ayrim xususiyatlari elektr va magnit hodisalariga bog'liq. Elektr so'zi grekcha «elektron» so'zidan olingan bo'lib, qahrabo demakdir. Elektr to'g'risidagi ta'limot, ya'ni zaryadlangan zarrachalar, masalan, elektron, pozitron, proton, ion va hoka'zolarninng mavjudligi, harakati hamda o'zaro ta'siri bilan bog'liq elektromagnit hodisalari majmui. Elektrning harakat holatiga elektr toki deyiladi. Fizikaning muvaffaqqiyatlariga asoslansak, elektr tokini elektrlangan materiya va uning mayda zarrachalarining harakatlaridan iborat deb tushunmoq mumkin. Bu zarrachalarning harakati turli muhitda turlicha bo'lishi mumkin. Elektr o'tkazadigan muhitda ro'y bergan tok (o'tkazgich toki) dielektriklardagi tok (siljish toki) dan farq qiladi. Elektrolitlar va gazlarda elektrlangan zarrachalarning harakati natijasida hosil bo'lgan tok (konveksion tok) yana boshqacha. Ya'ni turli muhitda elektr harakati, elektrokinetik jarayoni - elektr toki turlicha tabiatga ega bo'ladi. Elektr zaryadlarining tartibli harakati elektr toki deyiladi. Metallarda o'tkazgich toklari elektr harakati vaqtida sodir bo'ladi. O'tkazgichlardagi elektr toki ulardagi erkin elektronlarning harakatidan iborat. Tashqaridan elektr kuchi ta'sir etmasa, bunday elektronlarning tartibsiz (xaotik) harakati hech qanday elektr xususiyatlarini namoyon qilmaydi. Ammo biror elektr maydoni ta'sir etsa, elektronlarning harakati aniq tomonga yo'naladi. Demak, o'tkazgichlardagi erkin elektronlarning yo'nalgan harakatini o'tkazgich toki deb ataladi. Umumiyroq qilib olsak, elektr toki qanday va qayerda sodir bo'lmasin, u muayyan elektr miqdorining harakatidir, deyishimiz mumkin. Harakat ishtirok elektr miqdorlari oz yoki ko'p bo'lishi mumkin. Buning uchun tok kuchi degan tushuncha ishlatiladi. O'tkazgichning ko'ndalang kesimidan vaqt birligi ichida o'tgan elektr miqdoriga tok kuchi deb aytiladi. Umuman tok kuchi o'zgaruvchan bo'lishi mumkin, demak, tok kuchi: (1) bu yerda: dq - dt qisqa vaqt ichida o'tkazgichning ko'ndalang kesim yuzidan o'tuvchi elektr zaryad. Agar vaqt o'tishi bilan tok kuchi va uning yo'nalishi o'zgarmasa, ya'ni I = const bo'lsa, tok o'zgarmas deb ataladi. O'zgarmas tokning kuchi quyidagiga teng: (2) Elektr zanjirini hisoblashda zanjirdan o'tayotgan tok kuchi yoki qisqacha tok muhim ahamiyatga ega. SI sistemada tokning asosiy birligi amper (A) hisoblanadi. Tok birligining nomi fransuz fizigi A.Amper sharafiga amper deb ataladi. (2) formuladan elektr miqdorining SI sistemadagi o'lchov birligini aniqlashda foydalanish mumkin, ya'ni: q = Jt (3) [q] = [J] [t] = 1A · 1c = 1Kl. Amalda tokning ancha kichik birliklari - milliamper (mA) va mikroamper (mkA) lardan foydalanishga to'g'ri keladi: 1mA = 10-3 A; 1mkA = 10-6 A. Zanjirda tok kuchini o'lchash uchun ampermetr deb ataluvchi asbobdan foydalaniladi. Ampermetr zanjirga faqat ketma-ket ulanadi. Ba'zida zanjirdan o'tayotgan tok shunchalik kichik bo'ladiki, uni ampermetr bilan o'lchab bo'lmaydi. Bunday hollarda galvonometr deb ataluvchi asbobdan foydalaniladi. Kuchsiz toklar, uncha katta bo'lmagan kuchlanish va kichik elektr ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 569.46 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 569.46 KB
Ko'rishlar soni 140 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga