O'zgarmas tok elektr yuritmalarining rostlash xususiyatlari va mexanik tavsiflari

O'zgarmas tok elektr yuritmalarining rostlash xususiyatlari va mexanik tavsiflari

O'quvchilarga / Fizika
O'zgarmas tok elektr yuritmalarining rostlash xususiyatlari va mexanik tavsiflari - rasmi

Material tavsifi

O'zgarmas tok elektr yuritmalarining rostlash xususiyatlari va mexanik tavsiflari Reja: 1. Elektr yuritmalarning aylanish tezligini rostlashning asosiy ko'rsatkichlari 2. Generator-dvigatel tizimining mexanik tavsiflari 3. Boshqariluvchi to'g'rilagich-dvigatel tizimlari 1. Elektr yuritmalarning aylanish tezligini rostlashning asosiy ko'rsatkichlari Zamonaviy sanoat mexanizmlarining ish organlari tezlikni keng ko'lamda o'zgartirishni talab etadi. Jumladan, metallga ishlov berish dastgohlari, prokat stanlari, ko'tarma kran va transport qurilmalari, qog'oz ishlab chiqarish, ko'mir qazib olish, to'qimachilik va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladigan mexanizmlar kiradi. Bu mexanizmlarning barchasida yuqori ish unumdorligini va talab etiladigan sifat ko'rsatkichlarini ta'minlash maqsadida tezlikni rostlash zarur. Tezlikni rostlash deb texnologik jarayon talablaridan kelib chiqqan holda elektr yuritma tezligini majburiy o'zgartirishga aytiladi. Bu yerda tezlikni rostlash tushunchasini ishlab turgan mashina o'qida yuklama o'zgarishi hisobiga dvigatel tezligini tabiiy ravishda o'zgarishi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak. Tezlikni rostlash yuritma dvigateli yoki ishlab chiqarish mexanizmi uzatish tezligiga operator yoki maxsus avtomatik qurilma yordamida qo'shimcha ta'sir natijasida amalga oshiriladi. Elektr yuritmalar tezligini rostlashning turli usullarini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkichlar quyidagilardan iborat: 1) rostlash diapazoni; 2) rostlash ravonligi; 3) rostlash tejamkorligi; 4) berilgan tezlikda mo'tadil ishlashi; 5) tezlik rostlanayotgandagi yo'nalish (asosiy tezlikka nisbatan ko'payishi yoki kamayishi); 6) turli tezliklardagi joiz yuklama. 1. Rostlash diapazoni. Maksimal wmaks tezlikni minimal wmin tezlikka nisbati bilan aniqlanadi: D = wmakswmin. Elektr yuritmalarni rostlashning zamonaviy tizimlari teskari bog'lanishlar hisobiga aylanish tezligi diapazonini anchagina kengaytirish imkonini beradi. Turli sanoat mexanizm va mashinalari turli rostlash diapazonini talab qiladi. Masalan, metall qirqish dastgohlarining bosh mexanizmlarining rostlash diapazoni D = (4 : 1) - (100 : 1) va undan yuqori bo'ladi, universal dastgohlarning uzatish mexanizmlari 100 : 1 va undan ortiq diapazonda ishlaydi. Gazeta qog'ozi tayyorlanadigan mashinalar rostlash diapazoni doirasi D = 3 : 1; yuqori sifatli qog'oz tayyorlaydigan dastgohlarni esa D = 20 : 1. Ayrim prokat stanlarining rostlash diapazoni D = (20 : 1)ё(25 : 1) ga teng. 2. Rostlash ravonligi. Ma'lum rostlash diapazoni oralig'idagi ustuvor tezliklar soni bilan tavsiflanadi. Ravonlik koeffitsiyenti Krav ikkita bir-biriga qo'shni tezliklar nisbati bilan aniqlanadi: . Bu yerda wi va wi-1, mos ravishda i- va i-1- rostlash pog'onasidagi tezliklar. Mazkur tezlikdan mumkin bo'lgan darajadagi yaqin tezlikka sakrash qancha kam bo'lsa, ravonlik shuncha yuqori bo'ladi. Bir rostlash pog'onasidan ikkinchisiga ravonlik bilan o'tish ishlov berilayotgan mahsulot sifatini belgilaydi. Amalda ikkita tezlikka ega bo'lgan asinxron dvigatellar eng kam rostlash ravonligiga ega. O'zgarmas tok dvigateli tezligi yakorga qo'yilayotgan kuchlanishni yoki qo'zg'atish chulg'amidagi magnit oqimini o'zgartirib rostlanadi. Yuritmani rostlashdagi tejamkorlik uni yaratish va foydalanishga ketgan sarf-xarajatlar bilan tavsiflanadi. Tejamkorlikni baholashda rostlash jarayonidagi energiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.84 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 58.84 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga