O'zgarmas tok kuchaytirgichi Reja: a) Ketma-ket balansli kuchaytirgichlar b) parallel balansli kuchaytirgichlar v) defferensial kuchaytirgichlar Xulosa Adabiyotlar Ko'pincha avtomatik nazorat va boshqarish, radioo'lchash sistemalari kabi radioelektron qurilmalarda tok kuchi va kuchlanishning o'ta sust (Gersning bo'laklariga teng chastotali) o'zgarishlarini kuchaytirish talab qilinadi. Bunday tebranishlarni kuchaytirish uchun qo'llaniladigan kuchaytirgichning o'tkazish sohasi noldan () boshlanishi kerak. Shunga ko'ra o'tkazish sohasi dan biror в qiymatgacha yetadigan past chastotali kuchaytirgich - o'zgarmas tok kuchaytirgich deb ataladi. O'zgarmas tok kuchaytirgichning xarakterli belgisi shuki, ularda tashqi nagruzka zanjiriga kuchaytirilgan tebranishning ham o'zgarmas, ham o'zgaruvchan tashkil etuvchisi uzatiladi. Shuning uchun bog'lovchi zanjirning o'tkazish sohasi quyi chastota tomonidan chegaralanmagan bo'lishi kerak. Bu degan so'z, yuqorida ko'rilgan kuchaytirgichlaridagi kabi kaskadlar orasida ajratuvchi kondensator yoki transformatorlardan foydalanish mumkin emas. O'zgarmas tok kuchaytirgichning kaskadlari o'zaro galvanik bog'lanishda bo'ladi. Uning eng sodda usuli bir kaskadning chiqishini keyingi kaskadning kirishiga bevosita tutashtirishdir. Lekin bunday ulanish har bir kaskadning o'zgarmas tok bo'yicha ish rejimini o'zgartirib yuboradi. Shuning uchun ularni moslash chorasi ko'rilishi shart. Ulardan biri sxemaga tok bo'yicha manfiy teskari bog'lanish kiritishdir. 1- rasmda ikki kaskadli o'zgarmas tok kuchaytirgichning sodda sxemasi ko'rsatilgan. 1-rasm. O'zgarmas tok kuchaytirgich. Unda Т1 tranzistorning kollektori Т2 tranzistorning bazasi bilan bevosita tutashtirilgan. Shuning uchun ularning potensiallari o'zaro teng bo'ladi. Bazalarga beriladigan siljitish kuchlanishi esa son jihatdan kollektor kuchlanishi bilan keyingi kaskadning emitter kuchlanishi ayirmasiga teng. Masalan, Т2 tranzistor uchun Uб2=Uк1-Uэ2 Unda Uэ2=Iэ2 Rэ2 va hakozo. Shuning uchun baza kuchlanishining kerakli qiymatini Rэ rezistor qarshiligini o'zgartirib tanlash mumkin. Lekin bazadagi siljitish kuchlanishining qiymati katta emas(voltning bo'laklari), ya'ni Uк Uб. Shuning uchun tarmoqlardagi tok Iэ1=Iэ2 bo'lishi uchun Rэ ni orttirish, Rк ni kichraytirish kerak. Ikkala holda ham kuchaytirish koeffitsiyenti kichrayadi. Chunki Rк ning kichrayishi kuchaytirish koeffitsiyentini bevosita kichraytirsa, Rэ ning ortishi tok bo'yicha manfiy teskari bog'lanish chuqurligini orttiradi. Demak, umumiy kuchaytirishni orttirish uchun kaskadlar sonini ko'paytirish maqsadga muvofiq emas. O'zgarmas tok kuchaytirgichning asosiy kamchiligi ishining nostabilligidir. Manba kuchlanishining o'zgarishi, sxema elementlarining o'zgarishi va boshqalar kuchaytirgichning ichki zanjiridagi tok kuchi va kuchlanishni o'zgartiradi. Bu o'zgarish kuchaytirish pog'onalarida kuchaytirilib, kirish signali ta'sir etmaganda ham kuchaytirgichning chiqishida biror o'rtacha miqdor atrofida o'zgarib turadigan kuchlanishni hosil qiladi. Past chastotali kuchaytirgichlarda bu kuchlanish kuchaytirish stabilligiga ta'sir etmaydi. Ammo o'zgarmas tok kuchaytirgichlarida ularning ta'siri kuchli bo'ladi. Kuchaytiriladigan signalning kattaligi va tabiati shu o'zgarishlarga o'xshash bo'lganligi uchun foydali signalni ulardan farqlash qiyin bo'lib qoladi. Signal kuchlanishiga bog'liq bo'lmagan holda chiqish kuchlanishining vaqt bo'yicha o'z-o'zidan o'zgarishi kuchaytirgich nolining og'ishi - dreyfi deb ataladi. Nolning dreyfi vaqt birligi ichida ichki o'zgarishlari hisobiga ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.66 MB
Ko'rishlar soni
171 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:58 ]
Arxiv ichida: doc