O'zgarmas tok zanjirlarini hisoblash Reja: Elektr zanjiri va uning elementlari. Energiya manbalari. Om va Kirxgoff qonunlari. Elektr zanjirlarini hisoblash usullari. Elektr zanjiri va uning elementlari. Energiya manbalari. Har qanday elektr qurilmaning tarkibiy qismini elektr zanjirlar tashkil etadi. Elektr zanjiri deb elektr manbai, elektr iste'molchilari va ularni o'zaro tutashtirib elektr toki uchun yo'l hosil qiluvchi simlar birgalikda elektr zanjiri deb ataladi. Elektr manbalari 2 turga bo'linadi: EYUK manbai; Tok manbai. EYUK manbai: Iste'molchi toki o'zgarishi bilan EYUK yoki uning qismalari orasidagi kuchlanish o'zgarmaydigan manbadir. Tok manbai : Iste'molchi qarshiligi o'zgarishi bilan undan o'tayotgan tok qiymati o'zgarmas bo'ladigan manba tok manbai deyiladi. Eslab qoling ! Elektr zanjiri va uning elementlari: Elektr zanjirlarini hisoblashda uning ba'zi - bir elementlarini bilish va ularni bir- biridan farqlash zarur. Tarmoq - bu elektr zanjirlarining bitta yoki bir nechta elementlari ulangan qismi bo'lib ulardan faqat bittayu bitta tok o'tadigan qismidir. 2-rasm. Tugun - bu elektr zanjirlarining 3 ta yoki undan ortiq tarmoqlari ulangan nuqtasidir. 3- rasm Om va Kirxgoff qonunlari Elektr zanjirlarini hisoblashda ko'p hollarda zanjir qismlaridagi qarshiliklar va EYUK beriladi va tarmoqlardagi toklarni, zanjirning alohida qismlaridagi kuchlanishlarni hamda quvvatni topish talab etiladi. Elektr zanjirlarini hisoblash esa Elektrotexnikaning asosiy qonunlari Om va Kirgoff qonunlariga asoslanadi. Om qonuni: Berk elektr zanjiridan o'tayotgan elektr toki EYUK ga tog'ri va zanjirning qarshiligiga teskari proporsionaldir. (1) Zanjirning umumiy qarshiligi EYUK va tok kuchining nisbatiga teng: (2) Agarda uchburchakdagi zanjir qismidagi U kuchlanish o'rniga E.YU.K. E qo'ysak, unda qarshilikni zanjirning to'la qarshiligi R deb tushunish kerak 4-rasm. 5-rasm. Kirxgoff qonunlari Gustav Robert Kirchhoff (1824-1887) Germaniyalik nemis olimi. U oddiy elektr zanjirida elektr zaryadlar harakatini, ya'ni manbadan elektr lampagacha va elektr lampadan manbagacha bo'lgan masofada zarydlar harakatini kuzatdigan. Kirxgoffning 1-qonuni: (Tok qonuni) Kirxgoffning 1-qonunining 2 ta ta'rifi mavjud: 1-ta'rif: Tuginga kelayotgan toklar yug'indisi tugundan ketayotgan toklar yig'indisiga teng: (2) 6-rasm 2- ta'rif: tugundagi toklarning algebraik yig'indisi nolgа teng. (3) (4) Kirxgoffning 1 - qonuni: 7-rasm. 8-rasm. Kirxgoffning 2 - qonuni: (kuchlanish qonuni) Kirxgoffning 2 -qonuni EYUK va zanjirning barcha qarshiliklarida kuchlanishlar tushuvi o'rtasida bog'liqlikni belgilaydi. Ta'rif: Zanjirdagi barcha EYUK larning algebraik yig'indisi shu konturdagi qarshiliklarda kuchlanish tushuvining algebraik yig'indisiga teng. (5) 9-rasm Qarshiliklari ketma - ket ulangan zanjir. Agar hamma elementlardan bir xil tok (bir xil qiymatga ega) o'tsa bunday zanjirlar ketma-ket ulangan deyiladi Kirxgoffning 2-qonuniga binoan: (6) yoki (7) (8) 10-rasm (8) ifoda qarshiliklari ketma-ket ulangan elektr zanjirining ekvivalent (umumiy) qarshiligini topish formulasidir. Bu ifodaning chap va o'ng tomonlarini I ga qisqartirsak ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
830.34 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
830.34 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:58 ]
Arxiv ichida: pptx