O'zgaruvchan tok magnit zanjirlari Reja: 1. Magnit o'tkazgichli g'altakning o'zgaruvchan magnit oqimi. 2. Magnit o'tkazgichli g'altakning volt-amper tavsifi 3. Magnit o'tkazgichli g'altakning holat tenglamasi. 4. O'zgaruvchan tok stabilizatori. Magnit o'tkazgichli g'altakning o'zgaruvchan magnit oqimi Induktiv g'altakli o'zgaruvchan magnit zanjirlaridagi elektromagnit hodisalarning xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz. Tahlil qilish uchun elementlarni ideallashtirib olish qulay hisoblanadi. Buning uchun tarqalish oqimi va g'altak cho'lg'amining qarshiligini hisobga olmaymiz. U holda g'altakdagi kuchlanish faqat EYuK bilan muvozanatlashadi (6.1-rasm). 6.1 - rasm. u= - e, (6.1) bu yerda - ishchi oqim bilan induksiyalangan EYuK; - cho'lg'amlar soni. Elektr holati (6.1) ifoda bilan tavsiflanadigan 6.1-rasmdagi zanjir ideallashtirilgan magnit zanjiri deb ataladi. (6.1) tenglamaga muvofiq , (6.2) K - integrallash doimiysi, doimiy oqim bo'lmagan holatda K=0 bo'ladi. (6.2) ifodadan, shunday xulosa qilish mumkinki, o'zgaruvchan oqimning o'zgarish qonuniyati to'lig'i bilan g'altak cho'lg'amlaridagi kuchlanishga bog'liq bo'lib, magnit zanjirining parametrlariga bog'liq emas. Induktiv elementdagi kuchlanish va tokni to'g'ridan - to'g'ri o'zaro bog'lovchi quyidagi ifoda malum . (6.3) Magnit o'tkazgichida magnit oqimining qiymati F ga teng bo'lgan cho'lg'amda (6.3) ifoda chiziqli bo'lmaydi. 6.1-rasmda ifodalangan zanjir uchun quyidagi tenglamani yozish mumkin. , (6.4) , (6.5) bu yerda S - magnit o'tkazgichning ko'ndalang kesimi; l - magnit chizig'ining uzunligi. Bu tenglamalarga muvofiq oqim ilashishi magnit induksiyasi V ga, tok esa magnit maydon kuchlanganligi N ga proportsional. 6.2 - rasm. B(t) va H(t) o'zgaruvchan kattaliklar o'zaro magnitlanish tavsifi bilan bog'langan. Kuchlanish u(t) ning davriy o'zgarishida, oqim F(t) va magnit induksiyasi B(t)=FS siklik o'zgarish ostida bo'ladi. U holatda V va N orasidagi bog'lanish dinamik magnitlanish sirtmog'i bilan ifodalanadi (6.2-rasm). V(N) bog'lanish chiziqlimas bog'lanish bo'lib, () ham chiziqlimas bo'ladi. ddi hosila uzluksiz ravishda shu egri chiziqda o'zgaradi, demak . Magnit o'tkazgich g'altagining induktivligi doimiy bo'lmay, zanjirdagi elektr tokiga bog'liq bo'ladi. Induktiv g'altakdagi kuchlanish va tok bir - biri bilan chiziqli bo'lmagan quyidagi tenglamaga binoan bog'liq: . (6.6) Bu munosabat shuni ko'rsatadiki, g'altakdagi kuchlanish sinusoidal bo'lganda cho'lg'amlardagi tok nosinusoidal bo'ladi. Magnit maydonining o'zgarishi gisterezis hodisasi va uyurma toklar tahsirida magnit o'tkazgichning qizishiga sabab bo'ladi. Natijada magnit o'tkazgichda elektr energiya isrofi vujudga kelib uni magnit isroflari deyiladi. Ferromagnit materialni siklik ravishda magnitlanganda, magnit induksiyasi, magnit oqimidan orqada qoladi. V(N) bog'lanish gisterezis sirtmog'i deb atalishi bizga mahlum. Magnit maydoni kuchlanganligining (Nm) har xil qiymatlarida o'zaro simmetrik bir necha gisterezis sirtmoqlarini hosil qilish mumkin. Bu gisterezis sirtmoqlarining uchlarini birlashtirib hosil qilingan tavsifnoma asosiy magnitlanish egriligi deyiladi. Eng katta gisterezis sirtmog'i esa, chegaraviy gisterezis sirt-mog'i deyiladi. Uning yordamida ferromagnit materialning asosiy parametrlarini aniqlash ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:16:31
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
222.69 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:59
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:16 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
222.69 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:59 ]
Arxiv ichida: docx