O'zgaruvchan tok zanjiridagi induktiv g'altak

O'zgaruvchan tok zanjiridagi induktiv g'altak

O'quvchilarga / Fizika
O'zgaruvchan tok zanjiridagi induktiv g'altak - rasmi

Material tavsifi

11-sinf fizika darsligi asosida 16-mavzu: O'ZGARUVCHAN TOK ZANJIRIDAGI INDUKTIV G'ALTAK Shunday tajriba o'tkazaylik. O'zgarmas tok manbayiga ketma-ket holda elektr lampochkasi va induktiv g'altakni ulaylik. Bunda lampochkaning yonish ravshanligiga e'tibor beraylik. So'ngra elektr lampochkasi va induktiv g'altakni ketma-ket holda effektiv kuchlanishi o'zgarmas kuchlanishiga teng bo'lgan manbaga ulab, lampochkaning yonish ravshanligiga e'tibor beraylik. Shunda o'zgaruvchan tok zanjiriga ulangan lampochkaning ravshanligi kamroq bo'lar ekan. Buning sababini aniqlash uchun faqat induktiv g'altak ulangan holni qaraylik (3.16-rasm). Induktivligi L ga teng bo'lgan g'altakdan o'tayotgan tok kuchi qonuniyat bo'yicha o'zgarsin. Ulanish simlarining va g'altakning qarshiligi Rs = RL= 0 bo'lsin. G'altakdan o'tuvchi tok, g'altakning induktivligi tufayli unda o'zinduksiya elektr yurituvchi kuchni (EYuK) hosil qiladi. Uning oniy qiymati bilan aniqlanadi. Bunda: i´ - tok kuchidan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosila i´=I mω sin ωt ekanligi hisobga olinsa, EYuK ning oniy qiymati E=-ImωL sinωt ga teng bo'ladi. Zanjirdagi EYuK, g'altak uchlaridagi kuchlanish va aktiv qarshilikdagi potensial tushuvi munosabat orqali bog'langan. R = 0 ekanligi hisobga olinsa, (3-16) tenglama ko'rinishga ega bo'ladi. U holda kuchlanish tenglama bilan aniqlanadi. Uni kuchlanishning oniy qiymati bilan solishtirilsa, Um = Im ωL ekanligi kelib chiqadi. Bunda: Um - kuchlanishning amplituda qiymati. U holda g'altak uchlariga qo'yilgan kuchlanish tenglamasi quyidagicha bo'ladi: Bu tenglamani g'altakdan o'tayotgan tok kuchi ifodasi (3-14) bilan solishtirilsa, g'altak uchlariga qo'yilgan kuchlanish tebranishlari, tok kuchi tebranishlaridan faza bo'yicha ga oldinga borishini ko'ramiz (3.17- rasm). 3.18-rasmda o'zgaruvchan tok zanjiriga faqat induktiv g'altak ulangan hol uchun o'zgaruvchan tok kuchi va kuchlanishning vektor diagrammasi keltirilgan G'altakdagi kuchlanishning amplituda qiymatini, zanjirning bir qismi uchun yoziladigan Om qonuni bilan solishtirilsa, ωL ko'paytmaning qarshilikni ifodalashi ma'lum bo'ladi. Belgilash kiritamiz: U holda tok kuchining amplituda qiymati quyidagicha bo'ladi: Bu ifoda zanjirning bir qismi uchun Om qonuni bo'lib, aktiv qarshilik o'rnida XL kattalik turibdi. Shuning uchun uni induktiv qarshilik (reaktiv qarshilik) deyiladi. Induktiv qarshilik ham Ω (Om) larda o'lchanadi. Bundan g'altakdan o'tuvchi tok kuchi g'altakning induktivligiga va o'zgaruvchan tok chastotasiga bog'liq bo'lishi kelib chiqadi. Induktivlik va chastota qancha katta bo'lsa, zanjir qarshiligi shuncha katta bo'ladi va mos ravishda o'tayotgan tok kuchi kichik bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.42 MB
Ko'rishlar soni 161 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:59 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.42 MB
Ko'rishlar soni 161 marta
Ko'chirishlar soni 26 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga